Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
167
yolg‘on ont ichmoq, makr va xiyonat qilmoqg‘a targ‘ib qilmoq uchun o‘z o‘rnida 
noib qo‘yg‘ondur. Alalxusus, bozorga ilgari kirib, keyin chiquvchilar birla to‘la 
xamrohchiliq qilib, makr, firib qilur. Bas, bo‘lg‘ayki, bozorg‘a chiquvchi 
kechroqchiqqay. Kundalik nasibasiga kifoyat qilg‘uncha foyda topsa, uyig‘a ertaroq 
qaytg‘ay. 
Xabarda kelibdurki, bozor xalqining yomonrog‘i uldurki, bozorg‘a hammadin ilgari 
borgay va hammadin keyin uyiga qaytgay. Salaf rahmatullohi alayxdan bir guruh bor 
edilarki, bozorg‘a haftada bir kundan ziyoda chiqmas edilar va har kuni chiqqanlar ham 
namozi peshingacha bo‘lib, so‘ng uylariga qaytar edilar. 
Oltinchi ehtiyot ulki, shubhali ishlardan yiroq bo‘lg‘ay. Haromg‘a yo‘llamag‘ayki, 
osiy va fosiq bo‘lur va zolimlar zulmida yordam beradirgan narsalarni sotmag‘ay. 
Yettinchi ehtiyot ulki, har kishi birla muomala qilsa, rostlik birla hisob qilg‘ay. 
So‘zlar so‘zida va qilur ishida, olish va berishda rostliq pesha qilg‘ay. Buzurglardan 
biri savdogarni tushida ko‘rdi. So‘radiki: «Xudoi taolo senga nima qildi?» Savdogar 
aytdi: «Ellik ming parcha xat oldimga kelturdiki, hammasi gunox va mas’iyat bitilgan 
xatlar ekan. Aytdilarkim: «Sen dunyoda ellik ming kishi birla savdo qilib eding, ul 
muomalaning xatidur». Ko‘rdumki, avvalidin oxiri hammasi mening qilgan amalimning 
xatidur. Bildimki, zarra chog‘lik narsada makr, firib bo‘lib o‘tsa, hammasi ma’lumdur. 
Muvohaza (jazo. ta’zirini) torgmasga hech chora yo‘qtur. 
Bilgilki, bu zamonada muomala amalini bilguvchilar ma’dum (yo‘q) va diyonat va rostliq 
qilg‘uvchilar noma’lumdur. Bas, o‘n sunnatdan birini bajo keltursa, savobi aziym 
topg‘usidur. Xabarda kelibdur, Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimg‘a bir 
zamona kelurki, sizlar qilg‘on ehtiyotlardan o‘ndan birini bajo keltirsalar kifoyadur». 
Arz qildilarki, «Nima sababdan?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilarki, sizlar ehtiyot 
ishlarini qilmoqda bir-birlaringiz yorsizlar, oxir zamondagi ummatlarim g‘ofillararo 
g‘aribdurlar. Bilgilki, bu ehtiyotlarni bajo keltirmak oson emas. Kishining oxiratni 
dunyodan sharofatlik ekanig‘a iymoni bo‘lsa, oxiratning abadul-abad rohati uchun besh 
kunlik dunyoi foniy mehnatini tortmog‘i osondur. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin