Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL Tijoratdagi ehtiyotlar bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL
Tijoratdagi ehtiyotlar bayonida 
Bu bob dunyoliq muomala bilan oxiratlikning ilojini qilmoq haqida. Bilgilki, har kishi 
oxirat tijoratin tashlab, bu dunyoliq tijoratini xushlasa badbaxtlik nishonasidur. Bas, 
nechuk bo‘lg‘ay ul kishining holiki, oltin oftobani kumush oftobag‘a badal qilg‘ay. 
Balki dunyo misoli sopol ko‘zaga o‘xshashdurki, badnamo va sing‘uvchi. Oxiratning 
misoli oltin oftobag‘a o‘xshashdurki, poydor va duraxshon (porloq). Bas, dunyo tijorati 
oxirat zodi rohi qilmoqg‘a arzimas. Balki jaxdi tamom qilg‘ilki, tijorati dunyo do‘zax 
yo‘lig‘a boshlagay va odamiyga oxirat sarmoyasi - dinu iymondir. Bas, sarmoyai 
oxirat qilmoqtsan g‘ofil bo‘lmag‘il. Inson dinu iymon shafqatini ul vaqtda rioya qilg‘on 
bo‘lurki, yetga ehtiyotni o‘zig‘a lozim tutsa: 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
166
Avvalg‘i ehtiyot ulki, har kuni bomdoddan keyin yaxshi niyatlarni ko‘nglida toza 
qilg‘ay. Bu niyat birla bozorg‘a borg‘ayki, o‘zini va ahli ayolining rizqini qo‘lg‘a 
kelturgay, farog‘at birla kun o‘tkirgay va balki Xudoi taoloning ibodatini qilmoqda 
betashvish bo‘lg‘ay va niyat qilg‘ayki, amri ma’rufni bajo kelturgay. Vaqtiki, bu 
niyatlarni qilsa, qilg‘on ishlari oxiratlik amalig‘a hisob qilinur. Dini-iymoni qaviy 
(kuchli) bo‘lur. Agar dunyolig‘dan bir bo‘lagini qo‘lig‘a keltursa barakat hosil bo‘lur. 
Ikkinchi extiyot ulki, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lamagay. Bir kun farovon umr ko‘rmagini 
jazm qilmag‘ay. Agar hunarmand bo‘lmoqni xoxlasa, xaloyiqg‘a manfaati yetadurg‘on 
hunarni ixtiyor qilg‘ay. Shariat hukmida makruh nimarsalarni qilmoqni ixtiyor qilmagay. 
Chunonchi zargarlik va abrishim (ipak) mato to‘qimoqni erkaklar iste’mol qilmagi 
makruhdur. Xabarda kelibdurkim, tijoratning behroqi dehqonchilikdur va hunarning 
yaxshiroqi do‘zandalikdur (tikuvchilik). Xabarda kelibdurki, agar 
tijoratmandlardan jannatga kirsa dehqon kirar va hunarmandlardan do‘zaxga 
kirsa sarrof (pul almashtiruvchi) kirar. 
Uchinchi ehtiyot ulki, dunyo bozorlari ani oxirat bozoridan man’ qilmag‘ay. Oxirat 
bozoridan masjidlardurki, masjidda namoz o‘tamakdan va zikr tasbih aytmoqdan 
g‘ofil bo‘lmag‘ay. Haq taolo xabar berur: 
«Yo ayyuhallazina o’manu, lo tuhlikum amvolukum va lo avlodukum an zikrilloh». 
(Munofiqun, 9). 
Xudoi taolo aytur: «Ey iymon keltirganlar, mol-dunyoingiz va avlodingiz sizni Xudo 
taolo zikridan to‘xtatmag‘ayki, ziyonkor bo‘lursizlar». Hazrati Umar r.a. savdogar va 
hunarmandlarga aytur edilarki, «Avval kunda oxirat amalini qilinglar, andin keyin dunyo 
ishig‘a mashg‘ul bo‘linglar». Va muqaddamlar odatlari ul erdiki, ertayu oqshom oxirat 
ishig‘a mashg‘ulluq qilur edilar. Yo masjidda Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul bo‘lur edilar va 
yo ulamolar majlisida hozir bo‘lur edilar. Xabar kelibdurki, har kuni farishtalar 
bandaning qilg‘on amal xatini osmong‘a elturlar. Kunning avvalida va oxirida yaxshi 
amal qilg‘on bo‘lsa, bu ikki vaqtning orasida qilg‘on gunohini mag‘firat qilurlar. Xabarda 
kelibdurki, kecha va kunduzning farishtalari har bora navbatlarin tugatib 
bo‘lganlarida Haq taolo xitob qilurki: «Farishtalarim, bandalarimni qaysi holda qo‘yib 
keldinglar?» Farishtalar aytur: «Namoz o‘qib qoldilar». Haq taolo aytur: «Guvoh 
bo‘linglarki, ul bandalarimni mag‘firat qildim, xar vaqtiki, azon ovozini eshitsalar, qilur 
ishdan to‘xtab, javob bergaylar». 
To‘rtinchi ehtiyot ulki. bozorda zikr, tasbih aytmoq va Xaq taoloni yod qilmoqdan 
g‘ofil bo‘lmag‘ay va bilgayki, hamma olamning foydasini qo‘lig‘a kiritish, Haq taolo 
zikridan bir soat g‘ofil bo‘lg‘ong‘a arzimas. Xazrat rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Kishi 
bozorg‘a kirsa va aytsakim: «Lo iloha illallohu, vaxdahu, lo sharika lahu, lahul-mulku va 
lahul-hamd, yuhyi va yumiytu va 
huva hayyun lo yamutu, bi-yadihil hayru va xuva ala kulli shay’in qadiyr», ul kishig‘a 
ming-ming savobni biturlar. Hazrati shayx Junayd rahmatullohi alayh aytur: «Bozor ichida 
bir odam borki, har kuni uch yuz rakaat namozning savobini topar, o‘ttiz mipg gasbih 
aytur. Al-hosil har kishiki, dunyo topmoqg‘a mashg‘ul bo‘lsa, oxiratlik sarmoyasidan g‘ofil 
bulmag‘ay va kishikim dunyo jam’ qilmoq vasvasasig‘a qolibdur, agarchi masjidda 
bo‘lsa ham parokandalik va tashvishlikdin forig‘ bo‘lmas». 
Beshinchi ehtiyot ulki, bozorg‘a chiqmoqqa o‘ch bo‘lmag‘ay. Andog‘ki: bozorga 
kirar xalqning avvali va bozordan chiqar xalqning oxiri bo‘lmag‘ay. Dunyo galabida 
uzoq, xatarnok safar ixtiyor qilmag‘ayki, harisliqniig dalilidur. Maoz Jabal r.a. aytur: 
«Iblis alayhi lananing‘ bir o‘g‘li bordurkim, oti Sud(Foyda)dur. Iblis bozor xalqini 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin