www.ziyouz.com кутубхонаси
164
oxiratning sarmoyasi exson qilmoqdadur. Bas, oqil ul kishidurki, oxiratning sudu
manfaatini qo‘lidan yubormagay va muomalada ehson uldurki, o‘zini manfaatini andek
kechikib yetkizmakdur (ya’ni, birinchi navbatda o‘zini foydasini ko‘zlamaslikdir).
Bas, ehson darajasini olti vajh birla hosil qilg‘ali bo‘lur.
Avvalg‘i vajh ulki, mato’ning qiymatidan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmagay.
Agarchi xaridor hojati bo‘lg‘on jihatdan rozi bo‘lsa ham.
Sariy Saqatiy rahmatulloqi alayh do‘konda o‘tirur edi, o‘n dirhamlik molda yarim
dirhamdan ziyoda foyda ko‘rmakni ravo ko‘rmas edi.
Bir daf’a oltmish dinorga bodom olib qo‘ydi. Necha vaqtdan keyin bodomning bahosi
baland bo‘ldi. Baqqol bodom olmoqg‘a kelib so‘radiki, necha dinorg‘a berursen? Sariy
Saqatiy dedikim, oltmish uch dinorga olg‘il. Olg‘uvchi dedikim, bu kunda bodomning
bahosi ziyodadur. To‘qson dinorg‘a bersang olayin. Sariy Saqatiy dediki, o‘n dinorda
yarim dinordan ziyoda olmasmen deb niyat qilib edim. Bu niyatimni sindurmoqni ravo
ko‘rmasman». Na baqqol kam bahog‘a va na Sariy Saqatiy ziyoda bahog‘a sotmoqqa rozi
bo‘lmadi. Buzurglardan Muhammad ibn Munkadir rahmatullohi alayh do‘kondor
edi. Kiyim-joma sotar edi. Bir kuni o‘zi do‘konda yo‘q edi, shogirdi bir a’robiyga bir
jomani o‘n dinorg‘a sotti. Kelib voqeani anglatdi. Xojasi faryod qilib aytdiki, «Besh dinorliq
kiyimni nima uchun o‘n dinorg‘a sotursen?» deb, to kechgacha izlab, ul a’robiyni
topdilar. Muhammad ibn Munkadir dediki, «Ey a’robiy, bu kiyim besh dinordan ortiqg‘a
arzimas». A’robiy dedikim, «Har nechuk bo‘lsa o‘zimga hisob, olg‘anim, olg‘on».
Muhammad dediki, «Men o‘zimga ravo ko‘rmagan ishni yana birovga ravo
ko‘rmasmen. Yo savdoni buzib, mendin pulingni qaytarib Oltil yo bo‘lmasa o‘n
dinorliq kiyim olg‘il, yo‘qsa mendan besh dinor pulni qaytarib Oltil». A’robiy besh
dinorni qaytarib oldi. So‘radiki, bu kimdur?
Aytdilarkim, Muhammad ibn Munkadirdur. A’robiy aytdikim, «Subhonalloh,
Subhonalloh! Bu kishidurkim, bir bodiyyada yomg‘ur talabida chiqqanimizda
muning nomini aytsak, yomg‘ur yoqqan edi. Bu tariqa kishi ham bo‘lur ekan. Men
bodiyaga borib, bilmaydurg‘on xalqg‘a bu kishini otini aytib berurman,» deb ketdi.
Salaf rahmatullohi alayhning odatlari savdoni ko‘p qilib, foydani oz ko‘rmakni
muborak bilur edilar. Hazrati Ali karramalloqu vajha Kufaning bozorida qichqirib
yurur edilar, «Ey musulmonlar! Oz foyda ko‘rmakni rad qilmanglarki,
oxiratni bisyor foydasidan mahrum qolursizlar!» Abdurahmon ibn Avf r.a.dan
so‘radi, «Muncha (boylik) va dunyodorliq nima jihatdandur?» Aytdikim, «Oz
foydani rad qilmag‘onimda, izhordurki, har kuni ming tuya sotdim. Bir ming tizbog‘i
foyda tegdikim, har birini bir dirhamdin olur edi. Bas, ming tuyada ming dirham
foyda qildim».
Ikkinchi vajh ulki, darveshning mato’ini (kambag‘alning molini) qimmatbahog‘a olg‘ayki, to ularga ko‘proq foyda bo‘lg‘ay. Bvva xotinlar va yupun norasidalarning qo‘lidagi mollarini qimmatbahoga sotib olg‘aykim, sadaqa bergandan yaxshiroqdur. Kishi shu tariqada ish tutsa, hazrati rasuli akram s.a.v.ning duolari anga yetar: Qola nabiyi alayhissalom: «Rahimal lohum-amran sahlal-bay’i vash-shifo». Ya’ni,
rahm qilg‘ay Alloh taolo ul kishig‘aki, oson va yengil qilibdur olmoq va sotmoqni.
Ammo boylardin bir nima olmokda va sotmoqda, arzon olib, arzon sotilsa,
oluvchilarga ancha manfaatli bo‘lur. Hazrati imom Hasan va imom Husayn r.a.
bozordan har nimarsa olur bo‘lsalar, arzon olmoqg‘a harakat qilur edilar. Bir kishi
savol qildiki, «Yo imom, har kuni necha ming dirham xaloyiqg‘a ato qilursiz,
savdo ishida esa arzon olmoqg‘a haddan ziyoda sa’iy ko‘rguzursiz, buning sababi
nimadur?» Hazrati imom javob berdilarki: «Xalqg‘a berganni Xudo uchun berurmen.
Xudo uchun berur narsa harchand ko‘p bo‘lsa ham ozdur. Ammo savdoda zarar