FASL Halol va haromda parhez qilmoq bayonida Bilgilki, harom va halolning darajalari bisyordur. Hammasi bir tariqa emasdur.
Chunonchi ba’zi haloldur va ba’zi halol-pok va ba’zi pokroqdur. Munga o‘xshash
haromdan ba’zi najas va ba’zi palidrokdur. Chunonchi issig‘dan bo‘lg‘on kasalga yana
issiq mijoz doruning zarari ziyodaroqdur.
Bas, haromning martabalari munga o‘xshashdur. Va shubhali ishlardan parhez
qilmokda musulmonchilik darajalari beshdur: avvalgi daraja - vara’i uduldurki, ommai
musulmonlarning vara’idur, zohiriy shariat haromlig‘iga fatvo bergan
nimarsadan yiroq bo‘lmoqdur. Bu vara’ darajalarining avval martabasidurki. bigov
molini aqdi fosid birla va birovning rizolig‘i birla olmoq haromdur, lekin g‘azab birla,
sevib olmoq qattiq haromdur. Va agar yetim va kambag‘aldan olsa yana azimroq
haromdur. Agar aqdi fosid birla, ribo - pora jihatdan bo‘lsa, ashaddiy haromdur.
Agarchi, xaromliq oti bu mazkurning hammasida bordur va lekin qaysiki haromroqdur,
oqibatda aning xatari ziyodaroqdur. Va afv umidi za’ifroq.
Halol va haromni tafsili birla ul kishi bilurki, ilmi fiqhni tamom bilgay va lekin ilmi
fiqhni tamom bilmak hamma musulmo.nlarga vojib emas. Balki savdogar bo‘lsa olmoq
va sotmoq ilmini bilmak vojibdur va agar muzdur (yollanib ishlovchi) bo‘lsa ilmi ijorani
bilmak vojibdur.
Ikkinchi daraja - yollanib ishlovchilar vara’idur. Bu ul martabadurki, har nimarsaki
muftiy ani haromligig‘a fatvo bersa va lekin shubhalik bo‘lsa, aningdan eranlar yiroq
bo‘lg‘ay. Shubhalik narsalar uch qismdur. Avvalg‘i qismdan yiroqbo‘lmoq vojibdur.
Ikkinchi qismdan yiroqbo‘lmoq mustahabdur. Uchinchi qismdan yiroq bo‘lmoq vas-
vasadur. Chunonchi, kishikim, sayl (ov) go‘shtini yemas, gumon qilurki, birovning
mulqidin qochib chiqqan bo‘lg‘ay. Munga o‘xshashlar vasvosning dalilidur.
Uchinchi daraja - parhezkorlar vara’idurki, ularni muttaqiylar atarlar va ul
martabadurki. harom va shubhanok bo‘lmasa, balki qaloli mutlaq bo‘lsa va lekin ul
halolni lozim tutgandan keyin yana bir shubhanok nimarsag‘a yo yana bir haromg‘a
yaqin bo‘lmoq ehtimoli bo‘lsa, ul haloli mutlakdin qochg‘ay. Hazrati rasul
alayhissalom aytibdurlar: «Muttaqiylar (Alloqdan qo‘rqib, pok luqma, ibodat. riyozat
va taqvo yo‘lini mahkam ushlaguvchilar) darajasig‘a yetmas, to shubhalik
nimarsalardan o‘zlarini tutib, parhezni to‘la qilmaguilaricha (oliy poklikka muyassar
bo‘lmaslar).
Hazrati Umar r.a. ayturlar: «O’n ehtimolning biriga shubhalik haloldan qo‘l
yig‘armen. Bu qo‘rqinchlidurki. shoyad haromga boshlamagay». Chunonchi birovning