www.ziyouz.com кутубхонаси
158
daraxt va nabotot suratini olmoq va sotmoq durustdur. Jondor suratini solib to‘qilg‘on
matoning bay’i durust. Ammo kiymagi makruhdur.
Uchinchi shart ulki, mol sotg‘uvchining o‘z mulki bo‘lg‘ayki, birovning molini
sotmoq fosiddur.
To‘rtinchi sharti ulki, andoq nimarsani sotg‘ayki, olg‘uchig‘a topshurmoqg‘a qodir
bo‘lg‘ay. Chunonchi qochgan qul va suvdagi baliqva havodagi qush va hayvon va kanizakni
qornidagi bolasini sotmoq nodurustdur, olishga qodir emas va hayvonning yungini
ujasida (ustida) turg‘uzib va sutni emchagida turg‘uzib sotmoq nodurustdur. Va garovga
qo‘yilgan narsani to garovdan olmaguncha sotmoq nodurustdur va kanizakning bolasi kichik
bo‘lsa, onasini bolasidan ayirib sotmoq nodurustdur. Birini-biridan ayirmoq nodurustdur va
haromdur.
Beshinchi shart ulki, oladurg‘on molning mikdori va sifati ma’lum bo‘lg‘ay. Chunonchi bir to‘da
qo‘ylar orasidan bir qo‘yni va yo bir boylam matoning orasidan ta’yin qilmay bir matoni
olmoq va sotmoq nodurustdur. Balki sotuvchi ishorat qilib ushbu xomni va yo ushbu qo‘yni
munchag‘a sottim degay. Yong‘oqni, pistani, bodomni va lo‘viyani po‘sti birla sotmog‘i durust.
Uchinchi rukn - ijob va qabuldurki, to oldim va sotdim demaguncha bay’ mun’aqid
(qat’iy, mahkam) bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, sotuvchi «sotdim» va olg‘uvchi «oldim» va yo
«qabul qildim» degay va yo ushbu ma’nog‘a dalolat qiladurg‘on bir lafzni degay. Bas,
kam baho va og‘ir bahoda bay’i ta’otiy durust debdurlar. Bay’i ta’otiy uldurki, pulni
mol egasiga berib, molni xaridor olmog‘i, oldim va sotdim demasa ham joyizdur.
Masalan: bir pulni bir nong‘a berib, nonvoy ul kishiga non bersa, oldim va sotdim
demagiga hojat yo‘q.
Ikkinchi aqd - aqdi rizodir. Bir nimarsakim, kayliy (maxsus g‘alla o‘lchaydigan idish)
va yo vazniy bo‘lsa, o‘z jinsig‘a bir nimarsani ziyodasig‘a sotmoq va olmoq haromdur.
Kayliy deb paymonlab (bir idishda o‘lchab) sotadurg‘on narsani, vazniy deb, tarozuda
tortib sotadurg‘en nimarsani ayturlar. Nimarsaki, hazrati rasul alayhissalom kayliy
debgurlar, chunonchi bug‘doy va arpa va tuz, xurmo va mosh bu nimarsalar kayliydur.
Agarchi, urf-odatda qop, idish, chelaklab sotmoqni tark qilib, tarozuda tortib sotmoq
joriy bo‘lsa ham vazniy deb bo‘lmas, va ul nimarsaki hazrati rasul alayhissaloi
vazniy debdurlar, chunonchi oltin va kumush hamisha vazniydur. Agarchi tortib
sotmoqni tark qilib, qoplab sotmoq joriy bo‘lsa ham, kayliy deyilmas. Bu mazkurdan
o‘zgasini urf-odatg‘a qaramoq kerak.
Agar xalq orasida kayliy bo‘lsa kayliy, vazniy bo‘lsa vazniylikig‘a hukm qilinur. Bas,
kayliyni kayliyga, vazniyni vazniyga, xoh naqd bo‘lsun, xoh nasya bo‘lsun, barobar
sotmoq haloldur. Agar bir nimarsasi kam bo‘lsa hammasi haromdur.
Bas, bir hayvonni go‘shtini yana bir qismi (boshqa) hayvonning go‘shtiga barobar
va ziyoda sotmoq joizdur. Charbi yog‘ini va quyruq (dumba) yog‘ini ziyodasig‘a
sotmoq joizdur va yog‘ni go‘shtg‘a sotmoq va nonni bug‘doyg‘a va ung‘a sotmoq
durustdur. Agarchi, biri nasya bo‘lsa ham ribo bo‘lmas. Xo‘jasining va qulining
orasida va musulmon dorul-harbda pulini puli juzonaga, ya’ni foydag‘a bersa ribo
bo‘lmas.
Uchinchi aqd - bay’i salam (oldindan pul berib turish) deb, bug‘doy va arpaga pul
berib, to‘rt-besh oy, aqalli bir oydan keyin bug‘doy va arpani Oltonga ayturlar. Bay’i
musallam fihi derlar va salamni, ya’ni pulni ra’silmol derlar va sotuvchini musallimi
ilayhi atarlar va olg‘uvchini rubbus-salam (mol egasi) atarlar.
Bilgilki, bay’i salam yetti shart birlan durust bo‘lur. Avvalg‘i shart - jinsi ma’lum
bo‘lg‘ay. Chunonchi, bug‘doy, arpa deb ta’yin qilg‘ay. Ikkinchi shart - nav’i
ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi obiy va yo boroniy degay. Uchinchi shart - sifati ma’lum
bo‘lg‘ay, chunonchi sara yo miyona (o‘rtacha). To‘rtinchi shart - miqdori ma’lum