Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
155
hamisha pokiza tutg‘ay. Chunonchi, (o‘zini) suhbat va mubosharatg‘a loyiq tutg‘ay va
qo‘lidan kelgan xizmatni bajonidil qilg‘ay. Va husni jamolig‘a fahonoz qilmag‘ay va
eridan ko‘rgan yaxshilig‘iga noshukrlik qilmag‘ay. Va aytmagaykim «Man
sendin nima ko‘rdim?» Besabab «Ani olib ber, muni olib ber» demagay. Hazrati
rasul alayhissalom aytibdurlar: «Do‘zaxga qaradim, aksar xotinlarni do‘zaxda ko‘rdim.
Birodarim Jabroil alayhissalomdan sababini so‘radim, aytdi: «Bu jihatdan do‘zaxga
giriftor bo‘lurlarkim, musulmonlarga la’nat ayturlar va erlariga ozor berurlar».
UCHINCHI ASL
Kasb va tijorat odoblari
Bilgilki, dunyo-oxirat zodi rohini - yo‘l ozig‘ini tayyor qilmoqg‘a manzildur va odamiy
yemak va kiymakka muhtojdur. Bas, libos va uy-joy, kasb va hunar qilmaguncha hosil
bo‘lmas. Bo‘lg‘ayki, kasb va tijorat odoblarini bilgaysen. Va kishi hamma himmatini
dunyo kasbiga
sarf qilibdur, badbaxtlik va shaqovatning nishonasidur va kishi hamma
himmatini oxiratga sarf qilibdur, baxt va saodat alomatidur. Va lekin mo‘‘tadilrog‘i uldurki,
ham maosh (hayot kechirish) uchun justu-jo‘ va ham oxirat talabida guftu-go‘ qilg‘ay va
maosh talabini farog‘at birla yaxshi ishlar qilishg‘a sabab bilgay. Ammo, onchakim
kasb va tijorat odobida bilmak zarurdur, besh bobda bayon qilg‘umdur.
* * *
Bilgilki, o‘zingni va ahli ayolingni xalkdan beniyoz qilmoq va ularning muhimmotini
(kerakli narsalarini) haloldan kasb qilmoqfi sabililloh jihod qilg‘ong‘a o‘xshashdur, va ko‘pincha
ibodatdan afzalroqdur. Bir kuni hazrati rasuli akram s.a.v. namozi bomdoddan qaytib sahobalar
birla o‘tirur edilar, bir baquvvat yigit bular oldidan tez o‘tib, bozorga borib do‘konda o‘tirdi.
Sahobalar aytdikim, darig‘o, mundog‘ erta turib do‘kong‘a bormoq? Oxirat talabida bo‘lg‘ay
erdi. Hazrati rasuli alayhissalom aytdilar: mundog‘ demangizlar, agar bu yigit o‘zini
xalqdan beniyoz qilmoq va yo ota-onasi va ahli ayoli nafaqasi (ularni boqish)
uchun bu
ishni qilsa, Haq taologa ibodat qilg‘onidur. Va agar dunyog‘a faho qilmoq va tavongirliq
(boylik) lofini urmoq uchun bu amalni qilsa, shaytonning fe’lidur.
Va hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi xalqdan behojat bo‘lmoq va yo
hamsoya, qarindosh-urug‘lariga manfaat yetkizmoq uchun
dunyoyi halol talab qilsa, ul
kishining yuzi qiyomat kuni o‘n to‘rt kunlik oydek bo‘lg‘ay».
Hazrati rasuli akram s.a.v aytibdurlar: «Luqmaning halolrog‘i hunarmandlar
kasbidan hosil bo‘lg‘on nimarsadur, vaqtiki rostliqni pesha qilsalar». Va yana
aytibdurlar: «Tijorat qilinglarki, tirikchilikning o‘n hissadan to‘qqiz hissasi tijoratdan hosil
bo‘lg‘usidur». (U zamonda arablarda shunday edi). Yana aytibdurlar:
Kim xalqdan
hojat tilamakni va gadoliqni lozim tutubdur, Haq subhonahu va taolo ul kishining
yuziga muhtojlik va kambag‘allikdan yetmish eshik ochar».
Iso alayhissalom bir kishidan so‘radilarkim, «Nima ish qilursen?»
Ul kishi aytdi: «Birodarim
bordurki, ro‘zonamni (kundalik ehtiyojimni) ul tayyor
qilib beradur». Iso alayhissalom: «Birodaring sendin obidroq ekan», dedilar.
Hazrati Umar r.a. aytur: «Kasb va tijoratdan qo‘l yig‘manglar va aytmanglarki,
sizlarg‘a Haqtaolo ro‘ziy beradur. Bas, osmondan oltin va kumush yog‘dirmoqg‘a Alloh
taolo odat qilmabdur». Luqmoni hakim o‘z farzandig‘a vasiyat qilibdurkim, «Kasb va
hunardan qo‘l yig‘mag‘il». Kim kambag‘al va hojatmand bo‘lsa, xaloyiq aning dini,
mazhabida shak qilurlar. Dangasa va kambag‘alning aqli za’if bo‘lur (emish yo‘kligidan -
M.M.) va xalq anga haqorat nazari birla boqarlar». Buzurglarning biridan so‘radilar: «Haq
taolog‘a ibodat qilg‘uvchi fozilroqmu va yo diyonatli tijorat qilg‘uvchi fozilroqmu?»
Ul aziz