Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
136
AVVALGI ASL
Taom yemak odoblari bayonida
Bilgilki, zodi ibodat ham, zodi roh ham ibodat jumlasidandur. Va har nimarsaki,
millatninganga hojati bordur, ul nimarsa millat jumlasidandur. Bas, dindorlikning taom
yemakka hojati bordur. Zotan, hamma obidlar murodi hazrati Haq taolo diydoridur. Ul
diydor farahosor (shodlik yetkazuvchi) tuxmi - ilm va amaldur. Bas, ilm
va amalga
davomat qilmoq badan salomat bo‘lmag‘uncha mumkin bo‘lmas. Va badan salomatligi
taom va sharobsiz (ichimliksiz) bo‘lmas. Bas, taom yemak zaruriyatdandur. Chunonchi,
Haq taolo Kalomi majidida xabar berur:
«Kuluu minat-tayyiboti va’mayau solihan».
Oyat tafsiri: «Luqmai haloldan yenglar va yaxshi ishlar qilinglar».
Haq taolo yemakni va yaxshilik qilmoqni bir oyatda jam’ qilibdur. Bas, odam
taomni ilm o‘rganmak va ilmga amal qilmoqg‘a quvvat va oxirat yo‘lida yurmakka
qudrat uchun yesa - ibodat jumlasidandur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar:
mo‘‘minning hamma xayrotiga savob biturlar. Hattoki luqmani o‘zining og‘ziga va yo
ahli baytning og‘zig‘a solsa ham savob biturlar. Bu vajhdanki, mo‘minning taom
yemakdan maqsudi - amali solih qilmoqdur. Bas, taom yemak rohi din jumlasidan
bo‘lg‘onining
nishoni uldurki, haromdan hazar qilg‘ay. Va haloldan rizq topib, toat
va ibodatg‘a quvvat bo‘lg‘uncha yegay. Va yemak odobi sunnatlarig‘a rioya qilg‘ay.
Bilgilki, taom yemakda necha sunnat bordur: ba’zisi taom yemakdin ilgaridur va
ba’zisi keyin. Ammo onchakim, taom yemakdan ilgaridur,
avvali ulki, qo‘lini va
og‘zini yuvg‘aykim, bu tariqa taom yemak ibodatdur. Va zodi oxiratdur. Taom yemakdan
ilgari qo‘lini va og‘zini yuvmoq namozdan ilgari tahorat olg‘onga o‘xshashdur.
Xabarda kelibdur: Kishikim, taomdan ilg‘ari qo‘lini yuvsa, kambag‘allik va
tangdastlikdan qutilar.
Ikkinchi odob ulki: Taomni dasturxonga qo‘yib yegay va xonga (xontaxtaga)
qo‘ymag‘aykim, rasul alayhissalom ushbu tariqa qilibdurlar. Dasturxon safarni
eslatar. Va dunyo safari oxirat safarini eslatar. Va ham tavozu’ga yaqindur. Bas,
agar xonda qo‘yib yesa ham joizdurki, xonda qo‘ymoqni nahiy (man’) ham
qilmabdurlar. Ammo o‘tmish kishilar odatlari sufrada ko‘ymoqdurki, hazrati Rasul
alayhissalom dasturxonda qo‘yibdurlar.
Uchinchi
odob ulki, o‘tirib taom yeg‘ay. Bu tariqa birlaki, o‘ng tizzasini ko‘tarib, chap
poyini bosib o‘tirgay. Va bir nimarsag‘a suyanib taom yemagay. Rasul
alayhissalom aytibdurlar: «Men taomni suyanib yemasmenki, bandadurman,
bandavor o‘tirurman va bandavor taom yerman».
To‘rtinchi odob ulki, niyat qilg‘ay taomni ibodatg‘a quvvat bo‘lmoquchun yeyishni.
Ziyoda shahvatni qasd qilmag‘ay. Ibrohim ibn Shaybon rahmatullohi alayh aytur:
«Sakson yildurkim, hech nimarsani baroyi
lazzat va shahvat uchun
yemabdurman». Bas, bu niyatning rostlig‘iga dalil ushbudurki, kam yemakni odat
qilg‘ay. Vaxo‘p yemak ibodatni man’ qilur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarki,
necha luqma taom odam pushtini rost tutqunchalik bo‘lsa kifoyadur. Odam
shunchalik taomga qanoat qilibdur, me’dasi toza va salomat bo‘lib,
kam yemagi va
ichmagi bilan badani yengil bo‘lg‘usidur.
Beshinchi odob ulki, to qorni obdon ochmaguncha taom yemagay, sunnatlarning
fozilrog‘i qorin ochganda taom yemakdurki, qorin ochmay taom yemak mazmum va
makruhdur. Kishi ochlik holatda taomga qo‘l ursa, to‘yib ketguncha yeb bo‘lmay (to‘ymay
turib) taomdan qo‘l yig‘sa, hargiz tabibg‘a hojati tushmas.
Oltinchi odob ulki, hozir bo‘lgan taomga qanoat qilg‘ay,
laziz va pokiza taom izlab