www.ziyouz.com кутубхонаси
175
qildi».
Haq taolo Iso alayhissalomga vahiy yubordikim. Agar hamma osmonu zamin xalqining
ibodatini qilsang, to xalqni do‘st va dushman tutmoqda mening rizoyim uchun
tutmasang hech foyda qilmas». Iso alayhissalom qavmig‘a dediki: «Xudo azza va jallag‘a do‘st bo‘linglar, osiy va zo/shmlarni dushman tutmoq birla. O’zinglarni Xudoi taolog‘a yaqin qilinglar, osiy va zolimlardan yiroq bo‘lmoq birla. Hau taoloning rizosini talab qilinglar, ularg‘a gina va adovat tutmoq. birla». Qavm so‘radilarki, «Kimni do‘st tutarmiz?» Iso a l a y h i s s a l o m a y t d i l a r : « U l
k i s h i n i d o ‘ s t tutinglarki, ani diydori sizlarg‘a Xudoi taoloni yaqinlashtirgay va
aning so‘zi amalinglarni ziyoda qilg‘ay va ravishlari sizlarni oxirat ishig‘a
rag‘bat va moyil qilg‘ay».
Haq taolo Dovud alayhissalomga vahiy yubordi: «Yo Dovud, xalkdan nima uchun
qocharsen?» Dovud alayhissalom aytdiki, «Ey, bor Xudoyo, sening do‘stlig‘ing xalqni
muhabbatini ko‘nglimdan chiqaribdur». Haq taolo aytdi: «Yo Dovud, birodar, mo‘‘min
ko‘nglini olmoqni qo‘lingga kelturgil. Kishikim, senga din ishida yordamchi bo‘lmasa,
aningdan yiroq bo‘lg‘ilki, ko‘nglingni qora qilur va mendan yiroq qilur».
Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taoloning farishtalari bordurki, badanining
yarmi o‘tdan va yarmi qordan. Bandaliq qilg‘aykim: «Parvardigoro, o‘t va qorni orasida unsu-
ulfat solg‘uvchisen. Man osiyg‘a xos bandalaring (darvesh, faqirlar)ning unsu-ulfatini nasib
qilg‘il». Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo qiyomat kuni bir-birini ba-rizoyi
Xudo do‘st tutg‘uvchilar uchun qizil yoqutdan bir baland minora barpo qilur va aningda yetmish
ming ayvon bino qilur. Bas, Xudoning do‘stlari ul ayvonlar ichida jannatni nazzora qilib
o‘tururlar. Oftob nuridan olam munavvar bo‘lg‘ondek ularning jamoli nuridan jannat purnur
bo‘lur. Axdi jannat ularning tomoshasig‘a borib ko‘rarlarki, yashil xullalar kiygan va
peshonalarida bu xat bitiklikkim, «Al-mutahabbuna fil-loh», ya’ni bular bir-birlarini xudo yo‘lida
do‘st tutg‘uvchidurlar. Mujohid rahmatullohi alayh ayturki «Xudo do‘stlari bir-birlarini ko‘rib
sevinsalar, xazon faslida daraxtning yaprog‘i to‘kilgandek, gunoxdari to‘kilar».
Bilgilki, maktabda, yo madrasa yo safarda, yo mahallada bir yerda bo‘lib, unsu-ulfat
paydo bo‘lsa, bu ham samimiy do‘stlikdur. Agar bir kimsani johu jaloli va moli amvoli va
yo dunyoyi jihatdan tutgan do‘stlig‘i, Xudo yo‘lidagi do‘stlik emasdur. Bas, Xudo
yo‘lida do‘stlik ikki daraja birla hosil bo‘lur: avvalgi daraja - bir kimsani yaxshi g‘araz -
maqsad birla do‘st tutg‘ay va ul g‘araz oxirat manfaati uchun bo‘lg‘ay. Chunonchi,
shogird ustozini do‘st tutmog‘iki, ilm o‘rganmak g‘arazida tutsa va maqsudi ul ilmg‘a amal
qilmoq bo‘lsa, do‘sti Xudoyi jumlasidandur. Agar ustoz shogirdni bu ma’noda do‘st
tutsaki, munga ilm o‘rgatib Haq taoloni xushnud qilay, bu ham do‘sti Xudoyi
jumlasidandur. Ala hazal-qiyos (shunga qiyosan boshqa ishlar ham). Ikkinchi daraja - bir
kimsani dunyo va oxiratlik, hech o‘rtada g‘araz bo‘lmay, do‘st tutmoqdur. Chunonchi.
ul kishi Haq taoloning amri-farmonig‘a itoat qilg‘uvchi va Xudoi azza va jallaning xos
bandasi deb bu ma’noda do‘st tutmoq do‘sti Xudoyining ulug‘ martabasidur. Haq
subhonahu va taoloning do‘stlig‘i samarasidur. Oshiqlik va ma’shuqlik darajasiga
yetkurguvchidur.
Bas, bu so‘zning tamomini to‘rtinchi ruknda muhabbat aslida bayon qilg‘umdur. Xullasi
kalom ulki, Haq taologa muhabbatining quvvati va za’iflig‘i, iymoni kuchli va za’ifligiga
vobastadurkim, kimning iymoni kuchliroq bo‘lsa, Haq subhonahu va taologa do‘stlig‘i
kuchliroqtsur va bu muhabbati ilohiyning siroyati (ta’siri) odamni Haq taoloning xos va
do‘st bandalari martabasiga yetkurur.
Bas, har kishikim, olimlarni va so‘fiylarni va xojalarni va ularning xizmatkor
tobe’larini Xudo yo‘lida do‘st tutsa, do‘sti Xudo jumlasidandur, va lekin do‘stlikni
martabasi va samarasi mol va johini Xudoi taoloning yo‘lida fido qilmoqning