www.ziyouz.com кутубхонаси
178
rafiqroq».
Ikkinchi, do‘st haqqi hamma vaqt muhtojlikda yordamdurki, hojatini izhor qilmoqg‘a
fursat qo‘ymag‘ay. Ochiq ko‘ngil va ochiq yuz bilan do‘stiga ko‘ringay.
Hasan Basriy raqmatullohi alayh ayturlar: «Menga do‘stlarim ahli ayollarimdan
ham azizroqdur, bu birodarlarim menga oxiratni eslatar va farzandlarim dunyoni
eslatar».
Uchinchi xaq - tilni asramokdur, do‘st aybini berkitg‘ay (agar gunoh ish bo‘lmasa).
Agar birov do‘stini g‘iybat qilsa, quloqsolmag‘ay va do‘stining sirini oshkora qilmag‘ay.
Xabarda kelibdurki, mo‘‘min odam uzrxoq (uzr aytuvchi) bo‘lur va munofiq - aybjo‘y
(birovni aybini qidirib yuruvchi) bo‘lur.
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan tilang‘lar asrashni ul
yomon do‘stdanki, aybinglarni ko‘rsa oshkora qilg‘ay va yaxshi ishlaringni ko‘rsa
bekitishga harakat qilg‘ay».
Abbos r.a. o‘g‘li Abdullohga aytdiki, seni Hazrati Umar do‘st tutarlar va
peshqadamlardan yaxshiroq ko‘rarlar. Bo‘lg‘aykim, besh ishni ehtiyot
qilg‘aysen: Avval - hech sirni oshkora qilmag‘il.
Ikkinchi - odamlar orasida do‘stni g‘iybat qilmag‘il.
Uchinchi - yolg‘on so‘zlamag‘il.
To‘rtinchi - do‘st yaxshi maslahat qilsa, rad etmag‘il.
Beshinchi - xiyonat qilmag‘il.
To‘rtinchi haq - ko‘nglingdagi do‘stlik va shafqatni tilingda ham izhor qilg‘aysen.
Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Izo axabba ahadikum axohu falyuxbirhu».
Ya’ni, kim mo‘‘min birodarini do‘st tutsa, muhabbatini ul do‘stiga bildirg‘ayki, aning
ko‘nglida ham do‘stliq paydo bo‘lib, do‘stlig‘i ikki hissa bo‘lg‘ay.
Bas, bo‘lg‘ayki, shodlikda va anduxda o‘zini sherik tutg‘ay va yaxshi nom birla
chorlag‘ay. Hazrati Umar r.a. ayturlar: «Do‘stliq uch ish birla sof va zo\ir bo‘lur.
Avval yaxshi nom birla chorlag‘ay. Ikkinchi - salomni ilgari berg‘ay. Uchinchi - yuqori
o‘tirmag‘ay».
Abu Dardo r.a. bir juft ho‘kizni ko‘rdilarki, biri yursa, yana biri ham yuradur.
Biri tursa, yana biri ham turadur». Yig‘lab dediki: «Alloh uchun do‘stlashgan
birodarlar ham yurmoq va turmoqda bu tariqada muvofaqat qilsalar edi».
Do‘stlikning beshinchi haqqi. Do‘sti nimaga hojatmand bo‘lsa, ravo qilg‘ay va shariat ilmini
o‘rgatgayki, birodarini do‘zax otashidan saklamoq yaxshidur va agar o‘rganib amal
qilmasa, nasihat qilg‘ay va Haq taoloning g‘azabidan qo‘rqitgay.
Nasihatni yakka o‘ziga xilvatda qilg‘ayki, shafqat jumlasidandur. Agar jamoat orasida
nasihat qilsa, aning ahvolini ko‘pchilik orasida oshkor qilgon bo‘lur. Bu esa muruvvatdan va
odobdan emasdur.
Bas, do‘stining aybini xilvatda muloyimlik birla aytmoq kerak. Hazrati rasul
alayhissalom aytibdurlar: «Vaqtiki bir birodar mo‘‘min aybingni xilvatda aytsa,
minnatdor bo‘lg‘il. Adovat tutmag‘ilki, odamiyning yomon sifatlari ilon va chayon
bo‘larki, aning zaxmi va alami inson ruhiga ta’siri bo‘lg‘ayki, bu olamning ilonu-
chayonlaridin bir necha chandon ziyodadurki, muning alami tang‘a (badanga)dur».
Hazrati Umar r.a. ayturki: Xudoi taoloning rahmati ul kishiga bo‘lsunki, aybimni
yuzimga aytg‘ay. Salmon r.a. hazrati Umarning qoshlarig‘a keldi. Hazrati Umar
aytdilarki, «Yo Salmon, rost aytg‘ilki, menda hech ayb ko‘rdingmu va yo
eshitdingmu?»
Salmon r.a. aytdi, «Bu so‘zni mendan so‘ramang». Hazrati Umar ayting deb qayta
so‘radilar esa, Salmon aytdiki: «Tushundim, xo‘b aytaman. Siz nonni ikki nonxo‘rish
birla yersiz. Biri suv va yana biri tuz va ikki ko‘ylagingiz bor emishki, biri kechalik va