Mobil aloqa tarmoqlari standart texnologiyalari reja



Yüklə 383,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2022
ölçüsü383,76 Kb.
#77708
  1   2   3
18-MA\'RUZA



18-MA’RUZA. MOBIL ALOQA TARMOQLARI STANDART 
TEXNOLOGIYALARI 
Reja: 
 
Sotali aloqa tizimlarida (yoki hozirgi vaqtda ko„pincha atalganidek mobil 
aloqa tizimlarida) “avlodlar” almashishi shaxsiy kompyuterlar industriyasi yoki 
televizion texnikaga nisbatan yaqqolroq va aniqrok bo„lmokda. Mobil aloqa 
dunyosida ko„p narsa hisoblidir: 1G (ingl. «First Generation»- birinchi avlod) – bu 
analog aloqa tizimlari (NMT, AMPS standartlari); ikkinchi avlod - 2G, kanallar 
kommutatsiyalanishi asosida ishlaydigan raqamli aloqa tizimlari (GSM, DAMPS 
va sdmaOne standartlari); uchinchi avlod - 3G, kanallar kommutatsiyalanishi bilan 
birga paketlar kommutatsiyalanishini ham ko„zda tutadi (UMTS va CDMA-2000 
standartlari); va, nihoyat, to„rtinchi avlod - 4G tarmoqlari to„liq paketli IP-
kommutatsiya asosida kuriladi (LTE Advanced, IEEE802.16m (WiMAX) va 
IEEE802.11ac (Wi-Fi) standartlari). Shunisi diqqatga sazovorki, mobil aloqa 
dunyosida avlodlarning almashishi muntazam ravishda har o„n yilda bo„lib 
o„tmoqda (18.1-rasm). 
18.1-rasm. Mobil va keng polosali tizimlarning evolyutsiyasi. 
Harakatdagi radioaloqa tizimlari rivojlanishining tarixi. Harakatdagi 
radioaloqa tizimlari (HRT) hozirgi vaqtda taqdim etiladigan xizmatlar sifati va 
hajmining 
kengaytirilishi 
hisobiga, 
ularning 
ommaviylashishi 
va 
foydalanuvchilarning individual talablariga moslashtirilishi hisobiga keskin 
sur‟atlarda rivojlanmoqda. Yangi imkoniyatlarning ishlatilishi ham mavjud 
tarmoqlarning takomillashtirilishi hisobiga, ham global tarmoq infratuzilmasini 
yaratish bilan bog„liq yangi texnik yechimlarning ishlatilishi hisobiga ta‟minlanadi. 
O„z o„rnida HRT tizimlari ham konvergensiya, universallashish va ichki raqobat 
jarayonlarini boshdan kechirmoqda. “Mobil radioaloqa tizimlari” atamasi ruscha 
adabiyotlarda quruqlikda harakatlanuvchi radioaloqa mutaxassislariga va 
fuqarolarga mo„ljallangan xizmatlarini belgilashda ko„p qo„llaniladi. Bu atama 
sotali aloqa, tranking, personal yo„ldoshli aloqa va simsiz telefon radioaloqa 
turlarining birlashtiruvchisi sifatida ishlatiladi. 
1. 3G (UMTS va WCDMA).3G atamasi bilan (ingl. third generation – 
«uchinchi avlod») ma‟lumot uzatish va Internet tarmoqlariga yuqori tezlikda mobil 
ulanish bilan birga, ma‟lumot uzatish kanalini yaratuvchi radiotexnologiya 
yordamida foydalanuvchilarga bir qator xizmatlar to„plamini taqdim etuvchi sotali 
aloqa tizimlari nomlanadi. 3G tizimlari mobil aloqaning turli xizmatlari, «global 
rouming» 
hamda 
multimediyaning 
keng 
imkoniyatlarini, 
jumladan: 


videotelefoniya va videokonferensiya xizmatlari; Internet va intranetga (ya‟ni, 
ichki tarmoqlarga) yuqori tezlikda ulanish; turli xildagi biznes, ko„ngilochar va 
ilmiy xizmatlarga aloqador ma‟lumotlarni uzatish kabilarni taqdim etadi. Ushbu 
tizimlar abonentlarning harakatlanish tezligi cheklanmagan holatida – 64 kbit/sek, 
harakatlanish tezligi cheklangan holatda (piyoda yurgandagi tezlik) – 384 kbit/sek, 
abonent harakatlanmagan holatida esa 2 Mbit/sek. gacha bo„lgan tezliklarda 
ma‟lumot uzatish iimkonini beradi. 3G tizimlarining ikkinchi avlod (2G) 
tarmoqlaridan asosiy farqi xam katta hajmdagi ma‟lumotlarni yuqori tezlikda 
uzatish imkoniyatidadir. Bu esa o„z navbatida mobil aloqani sifat jihatdan yangi 
darajaga ko„taradi: bir tomondan abonent Internetga to„laqonli ulanish, videoaloqa 
xizmatlari, yuqori tezlikda ma‟lumot uzatish imkoniyatlariga ega bo„lsa, ikkinchi 
tomondan - operatorlar an‟anaviy aloqa xizmatlaridan daromad olish bilan birga
turli xildagi qo„shimcha xizmatlarini ko„rsatish hisobiga yangi daromad 
manbalariga ega bo„ladilar. 3G tizimlari - videotelefon aloqasini tashkil etish, 
mobil telefon yordamida filmlar hamda turli teledasturlarni tomosha qilish 
imkonini ham beradi. Dunyoda 3G standartlarining asosiy ikki oilasi: W-CDMA 
(UMTS, FOMA) hamda CDMA-2000 ( Code Division Multiple Access) 
texnologiyalari asosidagi tizimlari mavjud. UMTS standarti asosan Yevropada, 
FOMA - Yaponiyada, CDMA-2000 esa Amerika va Osiyo qit‟alarida tarqalgan. 
Shuningdek, asosan Xitoyda tarqalgan TD-SCDMA standarti ham 3G 
texnologiyalari oilasiga kiradi (18.1-jadval). 
18.1-jadval. 2G avlodidan boshlab sotali aloqa tizimlarining standartlari. 

Yüklə 383,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin