Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
186
ko‘rgali borsa, jannatning o‘rtasida anga makon qilurlar. Vaqtiki, bemorni ko‘rib 
qaytishida yetmishta farishtani anga vakil qilurlar. To kecha bo‘lg‘uncha anga 
mag‘firat tilarlar». 
Kasal ko‘rmakda sunnat uldurki, kasalning qo‘lini yo peshonasini tutib, 
so‘rag‘aykim, nechuksiz?» Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay: 
«A’uzuka billohil-ahadis-samadil-laziy lam yalid va lam yulad va lam yakunlahu 
kufuvan ahadun, min sharri mo ta’jid». 
Hazrati Usmon roziyallohu anxu aytur: «Kasal bo‘ldim, onhazrat s.a.v. iyodatg‘a 
(ko‘rgani) keldilar. Bu duoni necha marotaba o‘qidilar. Shuningdek bemorning o‘zi 
ham bu duoni o‘qimog‘i sunnatdur. «A’uzu bi-izzatil-lohi va qudratihi min sharri mo-
a’jid». 
Agar kasal ko‘rgani kelgan odam bemordan qandaysiz deb so‘rasa, kasal odam 
o‘z kasalidan shikoyat qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki, banda bemor bo‘lsa Xudo 
taolo anga ikki farishtani vakil qilur. Tokim iyodatig‘a keluvchilarg‘a ranjdan 
shikoyat qilurmu va yo shukrona ayturmu? Agar shukr aytsa, «Alhamdulilloh» desa, 
Xudoi taolo aytur: «O’zimga vojib qildim bu bandamni, to rahmatim birla jannatga 
solurman. Kasal tufayli tortgan ranju-alamini gunoqiga kaforat qilurman». 
Hazrati Ali roziyallohu anhu ayturlar: «Kishikim dardi shikam (qorin og‘rig‘i) bo‘lsa, 
xotinining haqig‘a bergan mablag‘idan tilab olib, asal sotib olib, yomg‘ur suvida 
ezib ichsa, sihat topurki, Xudo taolo yomg‘irni muborak deb yod qilibdur. Asalni esa 
shifo debdur.. Xotinig‘a erining baxshida qilg‘on haqini totlig‘ va shifo debdur». Va 
kasal bo‘lg‘uvchig‘a adab buki, ranjidan (og‘rig‘idan) shikoyat qilmag‘ay va gunohig‘a 
kasali kaforat bo‘lmog‘ini umid tutg‘ay. Vaqtiki doru yesa, doruni qam yaratgan xalloqi 
olamg‘a tavakkul qilg‘ay. 
Kasal ko‘rguvchilarga adab ulki, kasal ko‘rgali kirsa, uyning har tarafig‘a qaramoqdan 
ko‘zini asrag‘ay. Yumshog‘lik va muloyimlik birla bemorning ko‘nglini ko‘tarmog‘ kerak. 
Yigirma birinchi haq ulki, agar birodari mo‘‘min vafot qilgan bo‘lsa, janozasida 
qatnashmoq kerak. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi janoza orqasidan «borsa 
bir qirot savob. Agar dafn qilg‘uncha o‘tirsa, ikki qirot savob berilur. Har qirot savobning 
kattalig‘i Uhud tog‘idan bir necha bor kattadir». 
Janozada ishtirok etgan odam ushbu odoblarga rioya qilgay: avvalo xomush bo‘lib 
borgay. So‘zlamagay va kulmagay. Afsus va nadomat birla, men ham bir kuni vafot 
qilaman, deb fikr qilg‘ay. 
Buzurglardan birlari aytdi: «O’zinglarni g‘aminglarni yenglarkim, bu vafot qilgan odam 
uch anduhni o‘zidan o‘tkaribdur: avval Malakul-mavtning yuzini ko‘rdi. Ikkinchi, jon 
achchig‘ini tortti. Uchinchi, xotima, ya’ni, iymon birla bormoq va bormaslikning g‘amidan 
xalos bo‘ldi. Sizlarda esa bu g‘am, qayg‘ular hali oldingizda bokiy turubdir». 
Yigirma ikkinchi haq ulki, axli go‘ristonlarni ziyorat qilg‘ay va duo qilg‘ay, ulardan ibrat 
olg‘ay. Bilgayki, ular ilgari boribdur. Bu ham tez kunlarda borg‘usidur. Borganlarning manzili 
munga ham makon bo‘lg‘usidur. 
So‘fyon Savriy aytur: «Kishi o‘limni ko‘p yod qilsa, go‘rini jannat bog‘chalaridan bir 
bog‘chadek topar. Kishi o‘limni esdan chiqarib qo‘ysa, go‘rini do‘zax g‘orlaridan g‘ordek 
ko‘rar». 
Rob’e ibn Xaysan tobe’inning ulug‘laridandur. Aning marqadi (mozori) Tus 
shahridadur. Hayotlik chog‘larida avvaldan o‘ziga go‘r kavlab qo‘ydi. Har bora ko‘nglida 
dunyo vasvasasidan futur (kuchsizlik, zaiflik) ko‘rsa, darhol o‘ziga tayyorlab qo‘ygan 
go‘rga kirib, soate anda yotar edi. Undan keyin aytur erdi: «Ey, bor Xudoyo, mani dunyog‘a 
chiqarg‘ilki, o‘tgan taqsirotlar (kamchiliklar)ning tadorikini qilg‘aymen». Go‘rdan 
chiqib aytur ediki, «Ey Robe’, sani bu dunyog‘a chiqardilar, yaxshi ishlarg‘a jahd qilg‘ilki, 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin