www.ziyouz.com кутубхонаси
193
sababdan hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Yomon do‘stlar badfe’l
temirchiga o‘xshashdurki, agarchi kiyimingni kuydirmasa ham, qora qilur. Yaxshi
hamnishin (yaxshi ulfatlar, odobli do‘stlar) go‘yoki attorg‘a o‘xshashdurki, agarchi ifor
bermasa ham, xushbo‘yluq yetar».
Xabarda kelibdur: «Kimning suhbati ko‘ngilni dunyodan sovutib, Haq taolo tarafig‘a
moyil qilsa, ul kishining suhbatini g‘animat tutg‘il va ul kishining suhbatikim ko‘ngilni
dunyog‘a moyil qilib, Haq taolodan g‘ofil qilsa, undan hazar qilmoq kerak». Alalxusus,
olimki, aytur so‘zi va qilur ishi muvofiq bo‘lmasa, undan qazar qilmoq yaxshidur.
Odamlarni gunoq qilmoqva harom yemakg‘a daler (dadil) qilur. Balki gunohga daler
qilg‘uvchi ul kishiki, olimliq birla shuhrat topg‘ay va lekin haqiqatdan hech xabari
bo‘lmagay.
Uchinchi foyda ulki, hech bir shaqar fitna va xusumatdan xoli bo‘lmas. Kishi
go‘shanishin bo‘lsa fitna va xusumatdan xoli bo‘lur. Abdullox ibn Mas’ud roziyalloxu anhu
Hazrati Rasul alayhissalomdan rivoyat qilur: «Musulmonlarga andog‘ zamona kelurkim,
dini islomlarini salomat saklayolmaslar, Magarki, sherdan qochg‘on tulki kabi, odamlar
yerdan yerg‘a, dala-dashtlarga qochib, dinlarini salomat saklarlar». Sahobalar arz
qildilarki, «Yo rasulalloh, ul zamona qaysi vaqtda bo‘lur?» Aytdilar, «Ul vaqtda
bo‘lurki, ma’ishatni (kundalik ro‘zg‘or tebratishni) ma’siyatsiz (gunohsiz) qo‘lg‘a kelturgali
bo‘lmas. Bas, bu vaqtlarda xotin olmagan yaxshirokdur». Sahobalar aytdilarki, «Bizlarni nima
uchun xotin olmoqg‘a farmon qilursiz?» Onhazrat alayhissalom aytdilarki, «Ul vakxda
eranlarning halok bo‘lmog‘i ota-onasi va axli ayoli qo‘lida bo‘lur».
Aytdilarky, «Rasulalloh, bu nechuk voqeadur?» Onhazrat alayhissalom aytdilar:
«Tangdastlik va kambag‘allikka malomat qilurlar va toat qilmoqg‘a yetgulik ozgina
ovqatga ko‘nmaslar. Nochor ul kishi o‘zini halokatg‘a tashlar».
Bu hadis agarchi g‘arib hadis borasidandur va lekin go‘shanishinlikni ma’qullashga
ochiq-oydin dalolat qilur. Bilgilki, Rasul alayhissalom va’da bergan zamonadan necha
muddat o‘tubdurki, Sufyoni Savriy o‘z zamonlarida aytibdurlar. «Vallohi la qad hallatil
g‘urubat, ya’ni: Qasam Xudogaki, xotin olmaslik bu vaqtda halol bo‘ldi».
To‘rtinchi foyda ulki, xalqning sharridan (yomonligidan) emin bo‘lur va xalq orasida bo‘lsa,
g‘iybat va badgumonlikdan va shubhali taomdan xoli bo‘lmas. Kambag‘allardan biri hamisha
go‘ristonda yolg‘iz bo‘lur edi. So‘radilarki, nima uchun mundog‘ qilursan? Aytdiki, salomat
bo‘lmoqg‘a tanholikdan bo‘lak chora topmadim. Go‘rdan xo‘broq va’ize (nasihatchi)
topmadim va kitobdan yaxshiroq munis (do‘st) topmadim.
Beshinchi foyda ulki, odamlarning tama’sidan va ham odamlar buning ta’masidan xoli
bo‘lurlar. Bas, ta’madin nechand ranj va ma’siyat paydo bo‘lur. Chunonchi kishi axli dunyoni ko‘rsa, bunda ham boylik-dunyo hirsi paydo bo‘larki, tama’ hirsning tobe’idur. Xorlik esa ta’madan paydo bo‘lg‘usidur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kimning dunyoliqlari ziyoda
bo‘lsa, aning birla hamsuhbat bo‘lmanglar, Xudo taoloni sizlarga bergan ne’mati
ko‘zinglarga oz va haqir ko‘rinur. Bu sababdan kufroni ne’mat qilg‘on bo‘lursizlar va agar
ulardek dunyo-boylik topmoqning sa’yida bo‘lsanglar, oxiratlikdan mahrum qolursizlar».
Oltinchi foyda ulki, ahmoq va johillarni ko‘rmakdan, tabiatingizga og‘irlik va malollik
yetadurg‘on toifalarning diydoridan xalos bo‘lursizlar. A’mash roziyallohu anhudan
so‘radilar, «Ko‘zing nima sababdan kasal bo‘ldi?» U: «Ahmoklarga qaragandan bu
kasalga giriftor bo‘ldim» deb javob berdi. Jolinus aytur: «Badan kasal bo‘lg‘ong‘a o‘xshash,
jon ham kasal bo‘lur. Jonning kasal bo‘lgani ahmoqparni ko‘p ko‘rishdandur (Ahmoklar
doimo asabni buzadi).