Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
195
Kasb va hunar qilmoq xalqga aralashmaguncha qo‘lga kirmas. Kishi ayolmand 
bo‘lsa, kasb qilmay xilvatnishin bo‘lmog‘i durust emas. Bu vajhdanki, ahli ayolini 
xor qilmoq gunohi kabira jumlasidandur. 
Agar kifoyat qilg‘unchalik moli bo‘lsa va ayolmand bo‘lmasa uzlat yaxshidur. Ammo 
elga manfaat yetkurmoq, sadaqa bermoq va axli hojatini ravo qilmoq uzlatdan 
yaxshiroqtsur. Agar uzlatda ibodati zohiridan o‘zgaga mashg‘ul bo‘lmasa, andin kasbi 
halol qilib, sadaqa bergani yaxshi. Shul ish fozilroqdur. Agar botiniy dili kushoda bo‘lib, 
Xudoi taoloning ma’rifati va zikri-fikriga uns-ulfatlik hosil bo‘lsa, hamma 
sadaqalardan fozilrokdur va jam’i ibodatdan maqsud ushbudur. 
Uchinchi ofat ulki, yolg‘iz yashovchi kishi odamlardan yetadigan alam, 
kamsitilish va kulfatga sabr qilmoq savobidin mahrum qolurki, yaxshi xulq hosil 
qilmoq hamma ibodatning aslidur. Bu ishlar odamlarga aralashmaguncha rost kelmas. 
Bas, yaxshi xulq sabr qilmoq va so‘fiylarga,xizmat qilmoq birla hosil bo‘lur. 
Kishidan bir nimarsa tilamak birla kibru naxvati sinar (Takabbur odam kishilardan 
biron masalani so‘rashga or qiladi). Yana so‘fiylarga nafaqa bermoq birla baxillikdan 
xalos bo‘lur va xalqning oxirini ko‘tarmak birla badxulk/shkdan xalos bo‘lur. 
So‘fiylarga xizmat qilmoq birla duo va barakot hosil qilur. 
To‘rtinchi ofat ulki, xilvatda vasvosa g‘olib bo‘lib, dilg‘a futur yetar. Zikrga malol 
yetar. To xalqg‘a munosabat qilmaguncha futur daf’ bo‘lmas. 
Ibn Abbos roziyalloxu anhu aytur: «Dilni rohatidan bir yo‘la judo qilmag‘il, dil 
nobino bo‘lur. Bas, har kuni bir soat bir kishi birla ulfatchilik qilg‘ilki, dilning nashoti 
(shodligi) ziyoda bo‘lg‘ay. Va lekin andog‘ kishi birla hamsuhbat bo‘lg‘ilki, mol-
dunyodan ko‘ngil sovutg‘ay va oxirat ishig‘a targ‘ib qilg‘ay». Ammo axli g‘aflat birla bir 
soat bo‘lmoqlik ziyonkordur. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: har kishi do‘sti va 
ulfatining sifati qanday bo‘lsa, bul ham xuddi o‘shandoq sifatga ega bo‘lur. 
Beshinchi ofat ulki, kasal ko‘rmoq, vafot etganlarning janozasida ishtirok etmoq, 
mehmondorliqg‘a bormoq, tahniyat (qutlash, tabriklash) va ta’ziya izhor qilmoq 
savobidan mahrum qolur. Bas, kishiki, musulmonlar huquqini ado qilmoq savobini 
ixtiyor qilsa, xalq orasida bo‘lmog‘i yaxshirokdur. Agar bu huquqparni ado qilolmasa, 
xilvat yaxshiroqdur. 
Oltinchi ofat ulki, xalqga aralashmoq va ular haqqin bajo keltirmoq tavoze’ 
jumlasidandur. Xilvatnishin bo‘lmoq nav’i takabburdandur. Bas, har kishiki xilvatni 
takabburlikdan ixtiyor qilibdur, ko‘rqarki, xalq aro bo‘lsam, izzat qilmaslar va yo ilmu 
amaldagi nuqsonimdan voqif bo‘lurlar, deb xilvatni ixtiyor qilur, bu nav’ xilvat ayni 
nifoqdur. 
Bilgilki, Xudo taolo uchun xilvatnishin bo‘lg‘onning ikki nishonasi bordur: biri ulki, 
zikr va fikr, yo ilm va amaldan o‘zga hech ishg‘a mashg‘ul bo‘lmas. Ikkinchi ulki, 
xalqani qoshig‘a kelishini xohlamas. Abul Hasan Hotamiy Tusning xojalaridan erdi. Shayx 
Abulqosim Gurgoniyning ziyoratig‘a keldi. Aytdiki: «Ey shayx, xizmatingizga bot-bot 
kelolmadim, ma’zur tuting». Shayx aytdi: «Ey xoja, uzr aytmag‘ilki, xalq birovlar 
kelganidan minnatdor bo‘lsalar, men kelmaganidan minnatdor bo‘lurman». Bir amir 
Hotam Asamning xizmatig‘a keldi. Aytdiki: «Nima hojating bor?» Hotam aytdiki: «Sen 
meni ko‘rmagaysan va men seni». 
Bas, xilvatnishin bo‘lmoqning foydasi va ofatlari filjumla bayon qilindi. Har kishi o‘z 
holini sarhisob qilib, xilvat va yo ixtilotni (odamlarga aralashishni) ixtiyor qilg‘ay. 
Odobi uzlat shulki, kishi xilvatni ixtiyor qilsa, bu niyatni qilg‘ayki, sirini odamlarga 
oshkora qilmag‘ay. Haq taoloning ibodati birla farog‘at topg‘ay va hech vaqtda 
bekor bo‘lmagay. Balki zikr va fikr, ilm va amalg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay va begonani o‘z 
xilvatig‘a yo‘latmagay va xaloyiq ahvolini so‘ramag‘ayki, eshitilgan xabardan 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin