www.ziyouz.com кутубхонаси
197
ko‘rmoq ham ibodatdur, ularning duolari barakotdur.
Bas, ulamo va buzurglarning foydasi ulki, ularga ergashmoq rag‘bati paydo bo‘lur.
Bilgilki, ularning diydori ham ibodat va ham tuxmi ibodatdur. Vaqtiki haqoyiq
(haqiqatlar) va maorif so‘zlardan bayon qilsa, foyda ikki hissa bo‘lur. Goho shuhado
(shahidlar) va avliyolar mazoratig‘a bormoq ham ravodur.
Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Lo tusaffur-rijolu illo ila salosati masojid». Ya’ni, masjidlarga safar qilsanglar, uch masjidg‘a safar qilinglar. Ya’ni, Makkai Mukarrama va Madinai Munavvara va
Baytul-Muqaddasg‘a. Bu hadis o‘zga masjid va baqi’a - (joy, makon, qabr)lar
ziyoratig‘a bormoqni man’ etmagay.
Ikkinchi safar toat va ibodatg‘a xalal beradigan narsalardan qochmoqdur.
Chunonchi joh va mol va mutasaddi bo‘lmoqki, dunyog‘a mashg‘ul qilib, zikr va
fikrg‘a mone’ bo‘lsa, bu safar farzdur. Ammo hojatga kifoyat qilgunchalik dunyoliq
ashg‘oli zarurdurki, «Vaqad najat muxaffifun» ya’ni albatta, najot topdi yuki
yengilroklar.
Sufyon Savriy aytur: «Andog‘ vaqt bo‘libdurki, sizlarni tanimaydurg‘on va
bilmaydurg‘on yerga qochinglar». Sufyon Savriyni ko‘rdilarki, xurjunini yelkasiga
solib ketib boradur. So‘radilarki, «Na yerga borursiz?» Aytdi, falon sahroda taom
arzon ermish, anda borurman. Aytdilar: «Sendin bu ish ravomudur?»
Aytdikim: «Har yerda hayot yengil bo‘lsa, anda bo‘linglarki, din salomat va dil
oriqroq bo‘lur». Ibrohim Xavvos hech safardan qaytib uyida qirq kundan ziyoda
turmagandur.
Uchinchi safar tijorat safaridurki, dunyo talabida safar qilmoq mubog‘dur (ruxsat
etilgan). Agar o‘zini va ahli ayolini odamlardan behojat qilmoq talabida safar qilsalar,
toat jumlasidandur. Agar ziyoda dunyo topmoq va anga faho-nozish qilmoq niyatida
safar qilsa, shayton yo‘lida yurgan bo‘lur.
Bas, aksar xaloyiq umri azizlarini dunyo jam qilmoq orzusida, safar ranjida zoye’
qilurlar. Oxiri yo g‘urbatda o‘lar, molini g‘oratgarlar (talonchilar) olur va yo o‘z
diyorida o‘lsa ham molini vorislari olib, havoyi nafsig‘a xarj qilurlar va ani aslo
yod qilmaslar va hech bir vasiyatini bajo kelturmaslar. Mundin ziyoda
ziyonkorlikbo‘lmaski, hamma ranjni bu kishi tortgay, rohatini esa o‘zgalar ko‘rgay.
To‘rtinchi safar tamosho va tafarruj (sayr-tamosho, ko‘ngil ochish) safaridur. Bu
niyat birla goh-goh va kam-kam safar qilmoq mubohdur. Ammo kishi shaharma-
shahar yurmak odati bo‘lsa, bu safarda ajoyib shaharlarni va g‘aroyib odamlarni
ko‘rmakdan o‘zga niyati bo‘lmasa, ulamolar bu nav’ safarda ixtilof qilibdurlar.
Ba’zilar aytibdurlarki, bu safar befoyda ranj va mashaqqat tortmokdan o‘zga natija
bermas. Bas, mening nazdimda tamosho uchun safar qilmoq mumkindir (harom
emas) Hirqapo‘shlardan ba’zilari shahardan shaharga va xonaqog‘a yurmakni odat
qilibdur. Qasdlari piri murshid topmoq va ani xizmatida bo‘lmoqda emas va
maqsadlari tamosho qilmoqdurki, bir yerda turib toat qilmoqg‘a toqatlari yo‘qdur, botin
yo‘lidan nasiba topmabdurlar. Qaysi xonaqoda ne’matlari ko‘p bo‘lsa, anda bo‘lib, tugasa,
yana bir boshqa xonaqoga borurlar. Bahonalari-avliyolar mazoratlarini ziyorat qilmoqdur. Bu
nav’ safar agarda harom bo‘lmasa ham makruhdur. (Ibn Battuta safarlari ilm va riyozat
uchun edi. - M.M.)
Ammo nodon va johil bo‘lib, o‘zini so‘fiylar suratida tutib, bu tariqa birla amal
qilsa fosiq va osiydur. Nazr va niyoz deb Oltan moli haromdur. Bas, har kishi
muraqqa’ (darvishlar kiyadigan quroq to‘n) kiyib, besh vaqt namoz o‘tagan birla so‘fiy
bo‘lolmas. Balki so‘fiy uldurki, hamisha safoyi botin (qalbni poklash) talabida bo‘lgay va
yo safoyi botin hosil qilg‘on bo‘lg‘ay va yo sa’y-harakatda bo‘lg‘ayki, bezarurat taqsir