www.ziyouz.com кутубхонаси
199
rasulalloh, safar iroda qilibman, vasiyatnoma bittim. Ul xatni otamga beraymu, yo
o‘g‘limga, yo birodarimga beraymu?» Rasul a.s. aytdilar: «Kishi safarga chiqsa
vasiyatini qo‘ymoqg‘a Xudoi taolo dargohida turib to‘rt rakaat namozdan do‘stroq nima
yo‘kdurki, birovga omonat qo‘ygon vaqtida o‘qigay... Oxirida salom bergandin keyin
aytgaykim: «Ey, bor Xudoyo, men senga muhtojdurman, bu namozni menga va ahli
ayolimga va molu mulkimga xalifa qilg‘il (posbon, o‘rinbosar qilg‘il). Haq taolo ul
namozni kishi safardan qaytib kelgunicha ahlu ayoliga va mol-mulkiga nigohbon qilur.
Beshinchi odob ulki, kishi safarga chiqmoqchi bo‘lib, uyining eshigi oldida
turganida bu duoni o‘qigay: «Bismillohi va billohi tavakkaltu alallohi, lo havla va
lo
1
quvvata illo billohi rabbi, auzubika min an azalla, av azlima, av uzlama,
av ajhala, av yujhala alayya». Ya’ni: «Ibtido qildim men bu safarni
Ollohtaoloning ismi birla va tavakkal qildim Olloh taoloning o‘ziga. O’zimni
gunoxdan tiyishga kuch-qudratim yo‘qdur. Kuch-qudrat va qo‘rqinch faqat
Xudoi taoloning o‘zidandur. O’zingdan panoh tilayman, lutfu karaming birla meni
xorlik, zillat va gumrohliklardan o‘zing asragaysan. Mendan birovga va birovdan
menga zulm va jaholat yetishidan o‘zing asragaysan». Vaqtiki (yo‘lovchi)
markabga (ya’ni, ot, ulov, arava, foytun, hozirgi zamonda mashina, tayyora,
vagonlarga) minsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Subxonallaziy saxxara lano va mo kunna
lahu muqriniyna va inna ila rabbino, la munqalibuna». Ya’ni: «Poklik birla yod
qilurman Xudoi taoloni, chunki menga musaxxar va munqod (itoat etuvchi)
qildi bizlarga bu markabni (ulovni). Agar Olloh taolo o‘z qudrati bilan bu
ulovlarni bizga itoat etadigan qilib qo‘ymaganida odamlarning bunga
qudratlari yetmas va ularga yaqin bo‘lolmas edilar. Haqiqatan bizlar Olloh
taoloning dargohiga qaytguvchilarmiz».
Jahd qilg‘ilki, safarning ibtidosi (boshlanishi) haftaning payshanba saharida bo‘lg‘ay.
Hazrati rasul a.s. payshanba kuni safar qilur edilar. Ibn Abbos roziyallohu anxu aytur:
«Kishi safar qilsa va yo boshqa murod hojat tilasa shanba va yo payshanbaning saharida
qilg‘ay. Hazrati rasul a. s. duo qilibdurlar: «Ey, bor Xudoyo, muborak qilg‘il ummatimga
shanba va payshanbaning saharini».
Oltinchi odob ulki, kishi (o‘z uloviga yoki birovdan ijaraga Oltan) uloviga yukni
yengilroq yuklagay. Iloji boricha yuki bor ulovga minmagay. Va ulov ustida
uxlamagay. Ertalab va oqshom biror soat piyoda yurgayki, oyog‘ida qon yurishib
yengil tortgay va ulovga ham yengillik bo‘lg‘ay.
Salaf rahmatillohi alayh safar vaqtida ulovni kiraga olur edilar bu shart birlaki,
gohi-gohida ulovdan tushib piyoda yurgay, toki bu ulovga rahm-shafqat va
sadaqa bo‘lg‘ay. Kishiki ulov hayvonni besabab ursa va yo yukni og‘ir yuklasa
qiyomat kuni ulov da’vo qilur.
Abu Dardo roziyallohu anhu (sahoba) tuyani kiraga oldilar va unga qarab aytdilarki:
«Ey, tuya, qiyomat kuni menga da’vogar bo‘lmag‘ilki, senga og‘ir yuk yuklamadim».
Yo‘lovchi yuklaydigan yukini ulov egasiga ko‘rsatgay. Ko‘rsatganidan tashqari yuk
ortmagay. Abdulloh ibnul Muborak rahmatillohi alayhsafarga borur edilar. Bir kishi (yuk)
va xat keltirdi va aytdiki: «Bu xatni (va yukni) falon kishiga bergaysiz». Ibnul Muborak ulov
egasiga bir nima (qo‘shimcha) olmoqni shart qilmab edim, deb yukni qabul qilmadilar.
Hazrati Oysha roziyallohu anho ayturlar: «Hazrati rasul a.s. xar gal safar qilsalar,
taroq, oyna va misvok, surmadon va mabraz hamroh qilur erdilar (mabraz-ustara va
sochiq). Yana bir rivoyatda noxuntarosh (tirnoqoladigan asbob) ham mazkur bo‘libdur.
So‘fiylar sog‘u va arg‘amchi ham lozim tutibdurlar (sog‘u-quduqdan suv oladigan mesh
bo‘lsa kerak). Salaf rahmatillohi alayh bu ikki narsani lozim tutmabdurlar.
Yettinchi odob ulki, vaqtiki rasul a.s. safardan qaytayotganlarida Madinai