www.ziyouz.com кутубхонаси
201
muborak kiftlariga qo‘yib anga nazzora qildim. Necha marotaba so‘radilar, ko‘rib
bo‘ldingmi? Aytdimki, hanuz ser bo‘lganim (to‘yganim) yo‘q. Bas, bu naql sahixdur, bu
naqldan besh ruxsat ma’lum bo‘lur.
Avvalg‘i ruxsat ulki, boziy va lahvkim, anga nazzora qilmoq kam-kam bo‘lsa harom
ermasdur. Hazrati Oysha raziyallohu anho rivoyat qilurlarkim, zangilarni
(habashlarni) o‘yinida usul va nag‘ma va g‘azal bor
Ikkinchi ruxsat ulki, o‘yinni masjidda qildilar. Uchinchi ruxsat ulki, xabarda kelibdurkim,
hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r. anhoni ko‘rsatgali borganda zangilarga dedilarkim,
o‘ying‘a mashg‘ul bo‘lg‘il. Bas, bu farmondur. Agar harom bo‘lsa edi, farmon qilmas erdilar.
To‘rtinchi ruxsat ulki, Oysha raziyallohu anhodan o‘yin ko‘rmakni xoxlarmusen deb
so‘radilar. Bas, bu taqozodur. Beshinchi ruxsat ulki, hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha
raziyallohu anho bilan uzoq muddat tomosha qilib turdilar. Bu dalolat qilurki, xotinlar va
go‘daklar ko‘nglining xushlig‘i uchun bu nav’ ishlarni qilmoq kamoli xushxo‘ylikdandur.
Sahih naqldurki, Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Go‘daklik vaqtimda nechand
qizlar bilan o‘yin yasab o‘ynar erdik. Rasuli alayhissalom kirsalar, qizlar har tarafga
qochar edilar. Onhazrat alayhissalom bolalarni qochmanglar deb mening qoshimda
qo‘yar edilar. Bir kuni bolalardin so‘radilar: «Bu o‘yinlar nimadur?» Ular aytdiki, bizlarning
qizlarimizdur. Yana so‘radilar: «Bularni orasida bog‘loqlik turgan nimadur?» Aytdilar:
Bularning otidir. So‘radilarki, bo‘ynidagi nimadur? Aytdilar: Qanoti va quyrug‘idur.
Aytdilar: «Otni qanoti, quyrug‘i bormu? Bolalar aytdilar: «Eshitmadilarmu, Sulaymon
alayhissalomni otlarini qanotlari, quyruqlari bor ekan». Rasuli alayhissalom oncha
tabassum qilib kuldilarki, muborak tishlarining hammasi ko‘rindi. Ammo bu xabar
surat chizmoqning joizlig‘ig‘a dalolat qilmaydur.
Oysha roziyallohu anqo rivoyat qilurlar: Bir kuni ikki kanizak mani xujramda daf (doira,
childirma) chalib va naqsh aytib o‘tirur edi, rasul alayhissalom kirib keldilar, man’ qilmadilar.
Yuzlarini yana bir tarafg‘a qilib yotdilar. Andin keyin Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kirib,
man’ qildilar. «Rasuli xudoni uylarida shaytonning fe’lini qilursen» dedilar! Hazrati rasul
alayhissalom aytdilarki, «Yo Abobakir, bulardin qo‘l yig‘qilki, bu iyd kunidur». Bas. bu
xabardin ma’lum bo‘ldiki, daf chalmoq va naqsh (kuy, ashula) aytmoq muboxdur. Va shak
yo‘qki, daf va surudning uni (ashulaning ovozi) rasul alayhissalomning muborak quloqlariga
yetti.
Hazrati Abu Bakir Siddiq roziyallohu anhu kuy va ashula aytishni man’ qilganlarida,
Rasululloh s.a.v.ning Abu Bakirga qarab qarshilik qilmagin deb aytishlarining o‘zi bu
ishlar uchun ruxsatligiga ochiq-oydin dalildir.
Ikkinchi qism ulki, ko‘nglida xiyonati bo‘lsa simo’ haromdur. Chunonchi, bir
nomahramning ishqi va muhabbatig‘a giriftor bo‘lsa ani huzurida va yo aning yodida simo’
qilmoq va surud aytmoq haromdur. Yigitlarning aksari bu jumladandurlar. Haromlig‘i
bu jihatdandurkim, botil o‘tni tez qilur. Bas, nafs va shahvat o‘tini o‘chirmak vojib edi.
Ammo bu ishq-muhabbat o‘zining xotini, kanizagiga bo‘lsa surud va simo’ muboxdur.
Uchinchi qism ulki, kishining ko‘nglida yaxshi sifat bo‘lsa simo’ ul sifatni kuchli va ziyoda
qilurki, bu to‘rt navdur: Avvalg‘i nav’ hojilarning surud va she’riki, Ka’bai muazzamaning
sifati va bodiyalar ta’rifidadur. Hajga bormoq niyati bor kishig‘a bu nav’ simo’ eshitmak
haloldurki, baytulloh ishtiyoqining o‘tini ziyoda qilur va Haqtaolo yo‘lida jon nisor qilmoq
orzusini ko‘ngulda paydo qilur. Bu nav’ surud va simo’ ham haloldur. Ikkinchi xil navhagarlar
(un tortib yig‘lovchilar) surudikim, yig‘lamoqni va anduhni ziyoda qilur. Bas, bu navhagarlik
musulmonchilikdataqsir (qusur) o‘tganidan, (bilib, bilmay qilgan kamchiliklariga) va qilg‘on
gunohlariga pushaymonlig‘idan, toat va ibodat qilolmaganidan bo‘lsa, haloldur.
Chunonchi, hazrati Dovud alayhissalom ovozi xush va lahni surud birla chandon navha qilur
erdiki, huzurlarida necha kishi jonini Alloh taologa taslim qilur edilar. Ammo mol, dunyo,