Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
204
 Mushkin zulfining uchi mvndan kulib, 
Bir tolasi unga o‘ralashib hisobdan adashtirdi. 
 Bas, bu zulfdan sil-sila shaklini maqsad qilur. Ya’ni asrori ilohiyning 
ajoyiblaridan qilchasini aql qiyos birla bilay desa. hamma fikr va andishasi g‘alat 
bo‘lib, akl hushsiz bo‘lur. 
Bayt: 
Chun berdi nim xanda bila tob zulfig‘a 
Mudhish bo‘ldi xush qilib nolai g‘uluv. 
Agarda she’rda may mazkur bo‘lsa, zohirini qasd qilmaslar. Balki boshqa 
ma’noni fahm qilurlar. Chunonchi, shoir aytur: 
Bayt: 
Gar may du hazor ratl paymoyi.
To may naxo‘ri naboshadat shaydoyi. 
 
Tarjimasi: 
Agar ikki ming ratl (qadah) may suzsang ham
 To may ichmaguningcha bo‘lmaysan shaydoyi. 
Ikkinchi misradagi maydan murod Alloh taologa zavq-shavq, muhabbatni ifoda 
qilibdurlar. Ikkinchi ma’no: 
Ikki ming botmon may ichgan birla hosil bo‘lmag‘ay. 
Do‘st vaslidur g‘azal zavqi, muhabbat hosil et. 
Agar she’rda xarobot lafzi mazkur bo‘lsa, o‘zga ma’no fahm qilurlar. 
 
She’r: 
Har ko‘ye ba xaroboti noshud, bedin ast, 
 Zeroki xaroboti usuli din ast. 
 
 Mazmuni: 
Har ko‘ngil xarobotlikka yuz tutmasa dinsizdur,
Zeroki xarobotlik dinning usulidandur. 
(Turg‘un Fayziev sharjimasi). 
Bu baytdagi xarobotdan maqsad sifoti bashariyni zoyil qilmoqdur. (Ya’ni 
insonga xos xavaslarni yo‘qotish). 
Bayt: 

Din naqdini jam’ qil gar ersang bashariy.
Salb aylabon o‘zlukni, sifoti bashariy. 
Bas, bu so‘zlarni keltirmakg‘a sabab shuki, bir guruh ablah va mubtadiylar (bid’atchi, 
dinda yangilik yaratuvchilar) gumon qilurlarki, so‘fiylar zulf, xol va may visol va xarobot 
so‘zini eshitib, simo’ va shodlik qilurlar deb ta’na va malomat og‘zin ochurlar va ularning 
maqsadi va irodasini anglamaslar. 
To‘rtinchi sabab ulki, eshituvchi yosh va navjuvon va Haq taolo do‘stligidin bexabar bo‘lsa. 
Vaqtiki zulf va xol, jamol so‘zini eshitsa, shayton oyog‘ini aning gardanig‘a qo‘yar, zavq 
va shahvat tomirini junbushga keltirur, dilrabolar ishqi birla orasta qilur. 
Bas, o‘zini oshiqlar jumlasidan tutar va ma’shuqa birla ayshu-ishrat va livotat 
(bachchabozlik) qilmoq va shu kabi buzuqliklarga berilib, o‘zlaricha bunga ishq-muhabbat 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
205
deb nom qo‘yarlar, bu tariqa simo’ ayni haromdur va fiskdur. Kimki, bu qabih ishlarni halol 
va ruxsat debdur, ani o‘ldirmak mubohdur. 
Ulug‘lardin hikoyat qilibdurlarki, go‘daklarga nazar qilibdurlar, bilgilki ul nazari 
shahvatdin munazzax (pok)dur. Agar nazar qilsa ham gulisurx (qizil gul) va olmag‘a zavq 
qilganga o‘xshashdur. 
Beshinchi sabab ulki, avomun-nos o‘yin va ishrat uchun simo’ni odat qilibdur. 
Mubohdur, bu shart birlaki, simo’ni hunar bilmasa va mudovamat qilmasa. 
Chunonchi gunohi sag‘ira (kichik gunoh)ni ko‘p qilsa, kabiralik martabasiga yetar. 
Munga o‘xshash muboh ishlarni ham ko‘p qilsa harom bo‘lur. Masalan zangiylar 
masjidda rosa o‘ynadilar, rasul alayhissalom man’ qilmadilar va agar ul masjidni 
boziygoh qilsalar, albatta man’ etur edilar. Hazil-mazax qilmoq ham goh-goq 
bo‘lsa mubohdur (ruxsatdur). Kishi hamisha hazil-mazoh qilsa ani masxaraboz 
derlar. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin