Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
202
shahvat uchun navha qilmoq haromdur. Chunonchi o‘lukka yig‘lamoq haromdur. Haq taolo 
xabar berur: 
Toki qo‘llaringizdan ketgan narsaga qayg‘urmangizlar (Hadis, 23). Bas, Haq taoloning 
hukmini karh (yomon) ko‘rmang, bunga anduhli bo‘lmoq haromdur. Shu sababdan 
navhagar uchun bir nima bermoq haromdur. (Qadimda vafot etganlarga maxsus 
yig‘laydigan odamlar bo‘lar ekan. Musibat ko‘rgan xonadon ularni taklif qilib, yig‘ini 
tashkil qilgani uchun pul berilar ekan). Ularga pul berguvchi va oluvchi va yig‘ini 
eshitguvchilar gunohkor bo‘lurlar. 
Uchinchi nav. Ko‘ngulda shodlik bo‘lsa simo’, ashula eshituv yo‘li bilan ko‘ngildagi 
shodlikni ziyoda qilsa va shariatda ham shodlik qilmog‘i joiz bo‘lsa, bu nav’ simo’ 
mubohdur. Chunonchi to‘y qilmoq va mehmondorlikda va farzand vujudg‘a kelganda va 
safardan kelganda ruxsatdur. Chunonchi rasul a.s. Makkai muazzamadan Madinai 
Munavvaraga keldilar. Madina xalqi peshvoz chiqib, doira chalib, shodlik qilib, she’r 
o‘qidilar. 
She’r: 
«Tala’abadru alayno min saniyyashil-vado’i,
vajaba-sh-shukru alayna, mada’a lillohi do’i». 
 
 Tarjimasi: 
Makka soridin pgulu’ eshgpi qamardek shal’apgi, 
 Shukri Haq vojibki, yetdi va’da qilg‘on ne’mati. 
Iyd kunlarida ham surud va simo’, shodlik qilmoq ravodur. Do‘stlar birlashib, 
ahil bo‘lib, muvofiqlik majlisini qurib, ziyofat asbobini tuzatganda bir-birlari bilan 
ko‘ngilni xushlash uchun simo’ va surud birla shodlik qilmoq ravodir. 
To‘rtinchi nav’. Haq taoloning do‘stligi kimning ko‘nglida g‘olib bo‘lsa, simo’ anga 
muhimdirki, simo’ va surudning asari (ta’siri) hayratdan ziyodadur. Bas, nimarsaki, 
Haq taoloning 
;; do‘stligini ziyoda qilur, aning muzdi va savobi ziyodaroqdur. So‘fiylar shu 
ma’noda simo’ qilibdurlar. Bu vaqtning so‘fiylarikim, zohirlarini ularg‘a 
o‘xshatibdurlar. Botinlarida ma’noda hech asar yo‘qtur. Ularg‘a simo’ qilmoq munosib 
ermas. 
Toifai so‘fiylarki, simo’ qilibdurlar, olami g‘aybdan ahvoli latif ro‘y berib, simo’ 
savobidan kashfu holat voqe’ bo‘libdurki, ani vajd (shavqu zavq holati) atarlar. 
Dillari simo’dan oncha sof bo‘lurki, kumushni o‘tg‘a solg‘ondek. Bu nav simo’ 
ko‘ngilda Haq taolo do‘stligini ziyoda qilur va hamma kuduratlarni zoyil aylar. Chandon 
riyozat va mashaqqatlar birla hosil bo‘lmagan fayzu futuhot bu nav’ simo’ birla hosil 
bo‘lur. Bas, simo’ning foyda va xosiyati bisyordur va lekin g‘alat, xatosi ham 
ko‘pdurki, simo’ning haq va botilini piri komil tanur. Muridg‘a ravo emasdurki, o‘z 
boshicha simo’ qilg‘ay. 
Shayx Abulqosim Gurgoniyning Ali Xamoj otlig‘ bir muridi simo’ qilmoqg‘a ruxsat 
so‘radi. Shayx aytdiki, uch kun och qolg‘il va hech taom yemagil, andin keyin laziz va 
pokiza taomlarni olding‘a keltirgil. Ul vaqtda taomning zavqidan, simo’ning zavqini 
ko‘nglingda ziyoda topsang, simo’ qilmoq ravodurki, simo’ning haqligi nishonasi 
ushbudir. Ammo murideki, dili tamom sof bo‘lmasa va olamning lazzat va shahvatidin 
ko‘ngil uzmasa, anga simo’ qilmoqning ziyoni bisyordur. 
Bilgilki, agar kishi simo’, vajd va so‘fyylar ahvolig‘a munkirdur, o‘zida ul holat 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin