Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
200
munavvaraning qorasi ko‘rinsa, bu duoni o‘qir edilar: «Ollohumma, aj’al-lano biho qaroran 
varzuqno hasanan». Ya’ni: «Ey, bor Xudoyo, bizga ul Madinada orom va qarorni va rizqi 
ro‘zni nasib qilg‘il va yaxshilikni ham». Va o‘shal yerdan xushxabar yetkazish uchun kishi 
yuborar edilar. 
Sakkizinchi odob - vaqtiki, safardan qaytib kelsa, kishi uydagilar bilan ko‘rishgach, 
masjidga chiqib, ikki rakaat namoz o‘qig‘ay. 
Mana shu sakkiz odob birla safarga borilsa. Haq taolo kishiga eson-omon, yaxshiliklar 
birla qaytishni nasib etgay. 
SAKKIZINCHI ASL 
 Simo’ bilan vajd odoblari 
Simo’ning hukmini ikki bobda bayon qilurman, inshoalloh taolo. Avvalg‘i bob 
simo’ning mubohligi (ruxsat etilganligi) bayonida. Ikkinchi bob simo’ning halol va 
haromlig‘i miqdori bayonida. 
Bilgilki, Haq taolo odamning ko‘nglida o‘z sirini pinhon qilibdurki, - tosh ichida olovni 
ping‘on qilg‘onga o‘xshash. Chunonchi temirni toshga ursa, o‘t oshkora bo‘lg‘ondek, simo’ 
va xush ovoz eshitmak birla odamiy dilining asrorini harakatg‘a keltirur va simo’ 
vaqtida insonda shuur va ixtiyor bo‘lmas. 
Bas, dil gavharining ruhlar olamiga munosabati qancha kuchli bo‘lsa zavqu-shavq 
shunchalik ziyodadurki, hamma husnu jamol ruhlar olamidagi husnu jamolning 
namunasidur (ko‘rinishi, tajalliysidur). Ul ko‘ngilki, ishq va muhabbatdan 
bahramand va biyno (uzoqni ko‘ruvchi) dur, simo’ning asari ta’siri ziyodaroqdur. 
Kimning ko‘nglida Xudoi taoloyyng do‘stlig‘i va muhabbati o‘ta g‘olibroq bo‘lsa, simo’ ul 
kishig‘a muhimroqdur, muhabbat o‘tini tez qilur. Va kishiki, aning ko‘nglida Haq taolo 
do‘stligi botildur, simo’ anga zahri qotildur. 
Bas, simo’ning halol va haromlig‘ida ulamolar ixtilof qilibdurlar. Axli zohir haromligiga 
hukm qilibdurlar. 
Ammo bilgilki, simo’ning halol va haromligi ko‘ngil xoliga qarab bo‘ladur. Kishi ko‘nglida 
shariatda halol nimarsaning muhabbati bo‘lib, simo’ ul muhabbatni ziyoda qilsa, savob va 
haloldur. Va agar shariatda harom nimarsanikg‘ muhabbati bo‘lib, simo’ o‘shaning zavqi va 
shavqini ziyoda qilsa, harom va azoblidir. Kishining ko‘ngli bu ikki muhabbatdan tashqari tab’i 
lazzat olmoq uchun eshitsa, muboh (ruxsat)dur. 
Bas, simo’ eshitur kishi uch qismdur: avvalkim, o‘yin va g‘aflat tariqi birla eshitur, bu 
ahli g‘aflatning ishidur. Dunyo va lahv (o‘yin-kulgi) va boziy birladur, munchalig‘ simo’ni 
harom deb bo‘lmas. Bu sabab birlaki, simo’ni ko‘ngil xushlar va ko‘ngil xushlaydurg‘on 
nimarsa harom emas. Masalan, ba’zi nimarsalarki, ko‘ngil xushlar va lekin haromdur. Bas, 
aning haromlig‘i ko‘ngil xushlagan jihatdan emas, balki aning zarari va fasodi sababdan 
haromdir. Chunonchi yoqimli ovozlarni ko‘ngil xushlar, harom emas. Go‘yoki ko‘k 
maysalarga va oqar suvga qaragandek xushdur, harom emas. Bas, xushovozni quloq 
eshitib badan bahramand bo‘lganidek, oqar suvga, ko‘m-ko‘k maysalarga boqib ko‘z 
manfaat Oltaniga o‘xshaydur. Mushki. anbardan burun hidlab bahramand bo‘lmoqg‘a va 
taomdan quvvati zoiqa lazzat topganga va hikmatli so‘zlardan aql surur va behjat 
(quvonch) hosil qilg‘onga o‘xshashdur. 
Haq taolo bu havoslarni anvoi lazzatlar birla sarafroz qilibdur. Bas, nima uchun simo’ 
harom bo‘lgay? O’yin qilmoq va anga qaramoqning harom emaslig‘ig‘a dalil 
ushbudurki, hazrati Oysha r.a.dan rivoyat qilurlar, iyd (hayit) kuni zangilar masjidda 
o‘ynadilar. Rasul alayhissalom aytdilarki: «Ko‘rmakni xohlarmusen?» Aytdimki, 
«Xohlarmen». On hazrat alayhissalom eshik yonida qo‘llarini tutib turdilar, men iyagimni 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin