www.ziyouz.com кутубхонаси
196
ko‘ngliga parokandalik yetar. Va bilg‘ilki, kiymak va yemakda qanoat birla bo‘lg‘ay.
Qo‘shnilarning‘ ranji va alamig‘a sabr qilg‘ay. Kishining yaxshi va yomon demog‘iga
quloq solmagay, chunki uzlatdan maqsud oxirat ishiga mustag‘raq (g‘arq)
bo‘lmoqdur.
YETTINCHI ASL Safar qilmoq odoblari Safari botin va zohir. Bas, safari botin dilning olami malakutiyg‘a safar qilmog‘idur,
osmon va zaminda Haq taoloning ajoyib sun’i-san’ati va g‘aroyib qudratlarini
mushohada qilmoq birla amalga oshur. Bu eranlar (mardlar)ning safaridurki, tanlari uyda
va ruhlari jannat ichra sayr qilur.
Kishikim, bunday safarga ojizlik qilsa, tan birla bu manzildan yana bir manzilga
manfaat uchun bormoqdur. Bu safarning misoli: kishiki qat’i manozil (manzillarni bosib
o‘tish) va sayri marohili tay (safarda ko‘p yurish) birla Ka’ba tavofig‘a musharraf
bo‘lg‘ay.
Avvalg‘i misolda Ka’ba bu kishining qoshig‘a kelgay. Bas, bu ikki safar orasida farq
bisyordur. Chunonchi Shayx Abu Sa’id rahmatullohi alayh aytur: «Nomardlar oyoqlarini
qabartururlar va mardlar jonlarini qabartururlar». Ya’ni eranlar jonlarig‘a riyozat ranjini
yetkurmoq birla Ka’bani o‘z qoshlarig‘a keltirurlar.
Bilgilki, zohiri safarning odobini ikki bobda sharh qilurman. Ammo safari botinning sharhi
nozik - daqikdurki, bul kitobga sharqi sig‘mas.
Avvalgi bob safarning niyati va odoblari va nav’lari bayonida. Bilgilki safar besh
qismdur.
Avvalg‘i safar - ilm talabida safar qilmoq. Bu safar farzdur. Chunonchi ilm o‘rganmak farz
va sunnatdur. Bas, ilm talabida safar qilmoq uch tariqadur. Avvalg‘i tariqa-ilm
o‘rganmakdur. Xabarda kelibdur, kishi uyidan ilm o‘rganmak talabida chiqsa to uyig‘a
kelguncha ilm talabida yurgan bo‘lur. Xabarda kelibdurki, tolibul-ilmning yo‘lig‘a farishtalar
qanotlarini yoyib turarlar.
Salaf rahmatullohi alayxdan ba’zilari bir xadis eshitmak uchun safarni ixtiyor
qilibdurlar. Sufyon Savriy rahmatullohi alayh aytur: «Agar kishi Shomdan Yamanga safar qilib,
shariat ilmidan bir so‘z eshitsa, ul safari zoye’ bo‘lmas». Va lekin ul ilm uchun safar qilg‘ayki.
zodi oxirat bo‘lg‘ay.
Har iyamki, insonni bu dunyodan oxiratga boshlamasa va hirsdin qanoatg‘a, riyodan ixlosg‘a qaytarmasa va xalqdan ko‘ra Xudodan ko‘p qo‘rqmoqni ziyoda qilmasa, ul ilm sababi halokat bo‘lg‘usidur. Ikkinchi tariqa - o‘zlukdan xalos bo‘lmoq, axloqi zamima va avsofi mazmumasidan
(yomon, nafratli xislatlaridan) xalos bo‘lmoq uchun safar qilmoqdur. Bu nav’ safar
muhimdurki, kishi uyida bo‘lsa ko‘ngli xohlag‘onini qilur. O’zini va hamma sifatlarini
yaxshi ko‘rur. Vaqtiki safarda bo‘lsa o‘zig‘a yomon fe’li ma’lum bo‘lur va safar ranjidan
o‘zining ojizligi, za’ifligi va badxo‘ylig‘ini bilib olur. Bas, safar yaxshi sifat hosil qilmoq va
salohga kelmakg‘a bois bo‘lur. Bishr Hofiy rahmatullohi alayh aytur: «Ey,
yaqinlarim, safar qilinglar, toki pok bo‘lg‘aysizlar. Chunonchi suv bir yerda uzoq tursa
ta’mi buzilar».
Uchinchi tariqa ulki, bahru bar (quruqlik va suv yo‘li) va ko‘hu biyobonlarni
(tog‘u-cho‘llarni) sayr qilmoq, Alloh azza va jallaning yaratish qudratlarini
mushohada qilmoqdur. Bu nav’ safar ham foydalidir. Ibodat uchun haj tavof qilmoq
va g‘azot qilmoq, anbiyo va avliyolar, sahoba va tobe’inlarning mazoratlarini
ziyorat qilmoq ham xayrli ishlardir. Balki ulamolar va ulug‘larning yuzlarini