www.ziyouz.com кутубхонаси
194
FASL Uzlatning ofatlari bayonida Ya’ni, go‘shanishinlik ofatlarining bayonida. Bilgilki, ancha dunyo va oxiratlik ishlardan
bordurki, to odamlarga aralashmaguncha hosil bo‘lmas va xilvatda bo‘lmoq birla bu ishlar
qo‘ldan kelmas. Bu olti ofatdur: Avvalg‘i ofat - ilm o‘rganmakdan mahrum qolur. Bilgilki,
kishi farz ilm o‘rganmokdan benasib bo‘lsa, go‘shanishin bo‘lmog‘i haromdur. Agar farz ilmini
o‘rganib, o‘zga ilmni o‘rganmagan bo‘lsa va fahm qilolmasa ul kishig‘a ibodat uchun xilvatda
bo‘lmog‘i ravodur. Agar ulumi shar’iyni tamom o‘rganmakka qudrati bo‘lib, ilm o‘rganmay,
xilvatnishin bo‘lsa, chandon gunoh va xarobliqg‘a sabab bo‘lg‘usidur. Chunonchi, kishi ilm o‘rganmay xilvatni ixtiyor qilsa, aksar vaqti uyquda va bekorlik va parokanda xayol birla zoye’ bo‘lur. Ilmda tamom va mukammal bo‘lmaguncha ibodatda g‘urur va makrdan xoli bo‘lmas.
Aqidada andishai botildan xoli bo‘lmas. Agar Haq taoloning zot va sifotlarida aqidai botil
qilsa, kufrg‘a yetkurur.
Hosili kalom, xilvatnishin bo‘lmoqg‘a ulamolar loyiqdir va avomg‘a munosib emas.
Hazrati Iso alayhissalom aytibdurlar: «Kishi ilm o‘rgansa, ul ilmga amal qilib, kishig‘a
o‘rgatsa, ul kishini olami malakutda farishtalar a’zam atarlar». Bas, xilvatnishin bo‘lg‘ondan dars bermoq yaxshiroqdur. Basharti, dars beruvchi va o‘qig‘uvchining maqsudi
din va uning ravnaqi uchun bo‘lsa, mansab va mol talabida bo‘lmasa, bas, ul ilmni
o‘rgatg‘aykim, mol-dunyodan ko‘ngil sovutg‘ay va oxiratliqg‘a targ‘ib qilg‘ay. Chunonchi,
ilmi qadis va ilmi tafsirki, hamma musulmonlarg‘a manfaati bisyordur. Bu tariqada ilm
o‘rganmak uzlatdan chandon ortiqroqdur.
Kishikim, ilmi hadis va ilmi tafsir o‘qimoq birla izzu joh talabi ko‘nglida g‘olib
bo‘lsa, tahsilni tark qilg‘ay. Bu vajhdanki, agarchi, xalqg‘a aning ilmidan
manfaatlar yetar, ammo o‘zining halokatig‘a sabab bo‘lg‘usidur.
Chunonchi, rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo azza va jalla aytur: dini islomga ul
toifa nusrat berurki, o‘zig‘a undan hech nasiba yo‘qtur. Ularning misoli sha’mg‘a
o‘xshashdurki, uningdan xonalar ravshan bo‘lur, ammo o‘zi kuyib o‘rtanur». Bishr Hofiy
rahmatullohi alayh hadis kitoblaridan yetti bob yod olib, rivoyat qilur edilar. Keyin ul
kitobni yerga ko‘mib, hadis rivoyat qilmadi. Aytdiki: «Ul sababdan rivoyat qilmasmanki,
rivoyat qilmoqning g‘ururini ko‘nglumda toparman va agar xomush bo‘lmoqning
zavqi g‘olib bo‘lsa edi, rivoyat qilur edim».
Hazrati Ali roziyallohu anhu o‘tib borur edilar, ko‘rdilarki, bir kishi kursi uzra
o‘tirib, va’z aytadur. Aytdilarki: «I’rifuniy» Hazrati Umar roziyallohu anhudan bir kishi
subhdan bomdodg‘acha va’z aytishga ijozat so‘radi. Hazrati Umar dastur (ruxsat)
bermadilar. Ul kishi aytdiki, xalqg‘a pand-nasihat qilmoqni man’ qilurmisiz? Aytdilar:
«Oriy, qo‘rqamanki, senda chandon takabburlik va mag‘rurlanish paydo
bo‘lg‘ay».
Robi’ai Adaviiya Sufyong‘a aytdi: «Yaxshi kishisan, agar ko‘nglingda dunyoni
muhabbati bo‘lmasa edi». Sufyon aytdi: «Nimani do‘st tutibman?» Robi’a aytdi:
«Hadis rivoyat qilmoqni do‘st tutarsan». (Bu o‘rinda Robi’aning so‘zi bahsli, chunki
roviylik savobdur).
Bilgilki, osiy va johillar olimlarni majlis va darsda ko‘rsalar, mol va joh talabida
bu ishlarni qilurlar deb gumoni bad qilg‘aylar. Balki, olimlar har amal qilsalar, ba-
rizoyi Xudo qilurlar deb aqida qilmoq vojibdur. Bu so‘zni aning uchun
kelturdimki, osiylarning hamoqati (ahmoqligi) kasofati tufaylidan allomalarg‘a
behurmatlik qilib halok bo‘lmagay erdilar.
Ikkinchi ofat ulki, manfaat olmoq va elga foyda yetkurmoqdan mahrum qolur.