Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
191
etgunlarig‘acha. 
Amirlardan biri Xotim Asam rahmatullox.i alayhg‘a aytdikim, «Xech hojating 
bormudir?» Aytdiki: «Bordur». Aytdiki: «Nima hojating bordur?» Xotim Asam aytdiki, 
«Minba’d msn sizni ko‘rmagayman va siz meni». 
Bilgilki, go‘shanishinlikda olti foyda bordur: 
Avvalg‘i foydasi - zikr va fikrni farog‘at birla qilmoqlikdurki, ibodatning ulug‘rog‘i Haq 
subhonahu va taoloning osmon va zamindagi ajoyib va g‘aroyib sun’i (san’ati) 
qudratlarini fikr qilmoq, dunyo va oxiratdagi asrorlarini tanimoqdur. Balki, hamma 
hikmatini Haq taolo zikrig‘a sarf qilmoq va Xudo azza va jalladan o‘zgadan g‘ofil bo‘lmoqtsur. 
Bas, bu ishlar uzlat va xonashinlikdan o‘zga birla rost (to‘g‘ri) kelmas. Alalxusus, kishiki, xalq 
orasida Xudoni yod etmoqg‘a qudrati yo‘qtur, ul kishi xilvatda bo‘lmog‘i yaxshirokdur. 
Anbiyo alayhimussalom bu tariqada edilar. Chunonchi, hazrati rasuli akram s.a.v. avval 
holda go‘shani ixtiyor qilib, xalqdan uzilib, Hirot tog‘iga borib, zikr va fikrg‘a mashg‘ul bo‘lgan 
edilar. To ul vaqtg‘achaki, nubuvvat nuri birla quvvati daraja topib, a’log‘a yetdilarki, 
tanlari xalq birla va ko‘ngillari xudo birla bo‘ldilar. 
Agar avliyolar ham bu darajag‘a yetsalar na ajab. Chunonchi, Sahl bin Tustariy 
rahmatullohi alayh aytur: «O’ttiz yildurki, Haq taolog‘a so‘zlarman. Xaloyiq gumon 
qilurki, xalqg‘a so‘zlar, deb». Bir bandaning ishqiga giriftor bo‘lish qiyin ish emas. Ishq-
muhabbat g‘alabasidan xalqni so‘zi qulog‘iga kirmas va g‘ayrini ko‘zi ko‘rmas. Va lekin xalqg‘a 
aralashmoq bilan asror saklamoq mushkuldir. Bir zohiddan so‘radilarki, «Tanholiqg‘a nechuk 
sabr qilursen?» Aytdi: «Tanho emasman. Menga hamnishin Alloh taolodur. Agar men anga 
roz aytmoqni xohlasam, namoz o‘qirman. Ul manga roz aytmog‘ini ixtiyor qilsam «Qur’on» 
o‘qirman». 
Ulug‘lardan so‘radilarki, bu toifaga xilvatdan nima manfaat yetar? Aytdiki, «Uns bo Haq 
taolo». 
Ya’ni, Alloh taolo birla uns-do‘st bo‘lmoq, dedi. Hasan Basriyg‘a aytdilarki, «Falon yerda 
bir kishi bordur, xamisha tanho o‘tiradur». Ersa shayx Hasan uning oldiga bordilar. 
Aytdilarki, «Hamisha yolg‘uz o‘turursan, xalqg‘a nima uchun aralashmassan?» Aytdi: 
«Menga bir holate ro‘y beribdurki, odamlarga aralashmoqg‘a mone’dur». So‘radilarki, 
«Ul nechuk holatdur?» Aytdi: «Hech vaqt yo‘qturki, 
Haq taolodan menga ne’mate yetmagay. Va hech vaqt yo‘qturki, mendan Xaq taolo 
dargohig‘a gunoh o‘tmag‘ay. Ul ne’matlarg‘a shukr qilurman. Ul gunohlarga istig‘for 
aylarman. Na xalqg‘a aralashmoqg‘a qudrat va na yoru do‘stlarg‘a aralashmoqg‘a fursat 
yetgay». 
Shayx Hasan aytdi: «Bu holatni yaxshi saqlagilki, Hasandin olimroqdursen. Harim 
Xubbon bir kuni Uvays Qaroniy qoshig‘a bordi. Uvays dedi: «Nima ishg‘a kelding?» Xarim 
aytdi: «Soate san birla osoyish olg‘ali keldim. Uvays aytdi: «Hargiz bilmasmanki, Xudo 
taoloni tanigan odam undan o‘zga birla osoyish topg‘ay». Fuzayl Ayoz aytur: «Vaqtiki, 
shom bo‘lsa shod bo‘lurman. Aning uchunki, tong otquncha xilvatda Xudo taolo yodi birla 
bo‘lurman va subh ravshanlikni ko‘rsam g‘amgin bo‘lurman. Bu vajhtsanki, xalq meni 
mashg‘ul qilurlar». 
Molik Dinor aytur: «Kishikim Xudo taolog‘a munojot qilmoqni xaloyiq birla 
so‘zlashmoqtsan xo‘broq bilmabdur, ul kishining umri zoye’ va ilmdan bebahra va dili 
nobinodir (qalbi ko‘rdur). 
Xukamolardan birlari aytur: «Kimki ko‘nglida xaloyiqning oldiga bormoq va 
o‘tirishmoqni istasa, dili haqiqat siridan xolidur». Aytibdurlar, kishi xaloyiqqa uns-ulfati 
bordur, muflislar jumlasidandur. 
Lvvalo foyda ulki, uzlat sababidan bisyor gunohlardan xalos bo‘lur va to‘rt gunohdurki, 
xalqg‘a aralashsa undan xalos bo‘lolmas. Avvalo, g‘iybat qilmoq dinni halok qilur. Ikkinchi, 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin