Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
188
azza va jalla anga rahmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Bilgilki, qo‘shnilar haqqidan ba’zisi buki, 
(devordan) ani uyig‘a qaramag‘il va ayb bo‘lg‘udek ishlarini yopg‘il va sening 
eshitishingni xoxdamagan so‘zlariga quloq solmagil. Haramidan ko‘zingni yumg‘il va 
kanizaklarig‘a nazar solmag‘il. Ushbudur musulmonchilik huquqi, rioya qilg‘aysen. 
Abu Zarr G’iforiy roziyallohu anhu aytur: «Menga rasul alayhissalom vasiyat qildilarki, 
har vaqtiki osh pishirur bo‘lsang, suvni ko‘proq solsinki, toki qo‘shnilarga ham 
bergaysan». 
FASL 
Qarindosh-urug‘lar, aqrabo (yaqinlar)ning haqlari 
Bilgilki, hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolo aytadur: Men 
rahmondurman. qarindoshlik rahimdur. Ular ismini o‘zimning ismimdan chiqarg‘ondurman. 
Kishi qarindosh-urug‘lariga yaqin bo‘lsa, men ham unga yaqindurman. Kishi o‘z 
qarindosh-urug‘laridan yiroq bo‘lsa, men ham undan yiroq bo‘lurman». 
Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Har kishi xohlasaki, umri uzun, hayoti farahli 
bo‘lsin desa, qarindoshlarig‘a yaxshiliq qilg‘ay. Va hech toat siylai rahim qilg‘on 
savobidan ziyoda emasdur. Agarchi ahli bayti fisqu-fujurga mashg‘ul bo‘lsa qam, anga 
siylai rahim qilsa, farzandi va davlati ziyoda, barakotli bo‘lur va hech sadaqa 
savobda qarindosh-urug‘lariga siylai rahim qilg‘ondan ziyoda emasdur». Bilgilki, 
siylai rahim uldurki, ular sendan yiroq bo‘lsalar, sen ularg‘a yaqiplik va yaxshilik 
qilg‘il. Agar seni mahrum tutsa (hech iltifot qilmasa), s e n ularga ato qilgil (mol-
dunyoyingdan ber). Agar ular senga zulm qilsalar, sen ularni maof (afv) qilg‘il. 
FASL 
Ota va onaning huquqlari bayonida 
Bilgilki, ota va onaning huquqini ado qilmoq ulug‘ toat-ibodatdur. Rasul 
alayhissalom aytibdurlar: «Jannatni xushbo‘ylig‘i besh yuz yillik yerga borur. Ammo 
ota, onasig‘a ozor berguvchilar, qat’i rahim qilg‘uvchilar (ota-onasidan yuz 
o‘giruvchilar) hattoki jannatning hididan xam bebahra qolurlar. Alloh taolo hazrati 
Muso alayhissalomga vaxiy yubordi: «Kishi ota-onasining farmonini tutsa va mani 
farmonimni tutmasa, ani itoat qiluvchilar xatig‘a biturman. Kishi mani farmonimni 
tutsa va ota-onasining farmonini tutmasa, ani nofarmonlar (osiylar) xatig‘a 
biturman». 
Bir kimsa hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Otam, onam vafot qildilar, qaysi 
amalni qilsam, ularning haqqi ado bo‘lg‘ay?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: 
«Ular uchun 
.. namoz o‘qib, gunohlarining kechirilishini tilagil. Vasiyatlarini bajo kelturg‘il 
va do‘stlarini aziz tutg‘il va qarindosh-urug‘lariga yaxshiliq qilg‘il». Onaning haqqi 
otaning, haqqidin ikki barobar ziyodadur. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin