Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
185
«Allohumma aslix ummati Muhammad. Allohumma irham ummati Muhammad. Allohumma faraj 
an ummati Muhammad» desa, ani otini abdollarning qatorida biturlar». 
Ya’ni: «Ey Allohimiz, Muhammad ummatiga sulh - tinchlik bergil, Muhammad ummatiga 
rahm qil, Muhammad ummatini shod qil». 
Aytibdurlarki, odamlar bir-birlari bilan uchrashsalar, salomdan ilgari so‘z qilsa, javob 
bermanglarki, avval salom qilg‘ay. Bir kimsa Rasul alayhissalomning oldilarig‘a kirdi, salom 
qilmadi. «Tashqarig‘a chiqib, salom qilib kirgil» dedilar. 
Anas roziyallohu anhu aytibdurlar: «Rasul alayhissalomning xizmatlarida sakkiz yil 
bo‘ldim. Aytdilarki, «Yo Anas, tahorat birla bo‘lg‘il, to umring uzun bo‘lg‘ay. Har kishig‘a muloqot 
bo‘lsang, ilgari salom qilg‘il. To nomai a’molingda hasanot (yaxshiliklar, savoblar) ko‘p bo‘lg‘ay 
va uyingga kirsang axli xonangga salom qilg‘il. To xayr-barakot ziyoda bo‘lg‘ay». 
Kimsa onhazrat alahissalom huzurlarig‘a kirib dediki, «Assalomu alayka, yo rasulalloh!». 
Aytdilar: «Nomai a’molingga o‘n savob bittilar». 
Yana biri kirib dediki: «Assalomu alaykum va rahmatulloh!» Ayttilarki, «Nomai 
a’molingga yigirma savob bittilar». Yana biri kirib dediki: «Assalomu alaykum va rahmatullohi 
va barakotuh». Onhazrat alayhissalom aytdilarkim: «Nomai a’molingga o‘ttuz savob bitdilar». 
Vaqtiki ikki musulmon bir-birini qo‘lini tutib sevinib ko‘rishsalar, bu qo‘l berib 
ko‘rishganlarning orasida yetmish rahmat taqsim qilinur. Shu rahmatdan oltmish 
to‘qqizi ochiq yuz va tabassum bilan ko‘rishgan kishiga bo‘lur. Vak^iki ikki musulmon 
bir-birlarig‘a salom qilsalar, yuz rahmat bu ikki kishi orasida taqsim bo‘lur. Ushbu yuz 
rahmatdan to‘qsontasi avval salom berguvchiga bo‘lur. O’n rahmat javob berguvchig‘a 
bo‘lur, ya’ni alik olg‘uvchiga. Abu Ubayda Jarroh bir kuni Umar ibn Xattob roziyallohu 
anhuning qo‘llarini bo‘sa qildi. Umarning jax^i chiqdi, bo‘sani man’ qildi. Anas ibn Molik 
roziyallohu anhu aytur: «Rasul alayhissalomdan so‘radiki: «Bir-birimizga muloqot 
bo‘lsak, salom qilmoqda qaddimizni egamizmi? Aytdilarki «Yo‘q, egilmagil». 
So‘radiki, «Bo‘sa qilmoq nechukdur?» Aytdilar: «Qilmag‘il». So‘radiki, «Musofaha 
nechukdur?» Aytdilarki: «Xo‘bdir» (qo‘l berib so‘rashish yaxshidir). 
Ammo safardin kelgan kishini bo‘sa olmoq va muonaqa (bir-birlarining yelkalariga 
qo‘lin qo‘yib, quchokdashib, o‘pib ko‘rishish) joizdur. Ammo kishining oldida qo‘l 
bog‘lab turmoq mazmum (yomon)dur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishikim, o‘zi 
o‘tirib, xalq uning oldida qo‘l qovushtirib turmoqini yaxshi ko‘rsa, do‘zaxda 
bo‘lmoqni do‘st tutibdur». 
O’n to‘qqizinchi haq ulki, agar musulmon odam aksirsa aytg‘aykim, «Alhamdulilloh 
ala kulli hol» degil va eshitguvchi «Yarhamaka rabbuka» («Robbim senga rahm qilsin») 
degay. Yana aksa kelturguvchi «Ag‘firallohi va lakum» degay. Va agar aksa 
keltirguvchi «Alhamdulilloh» demasa, javob lozim emas. Rasul alayhissalom 
aksirsalar, ovozlarini past qilib, muborak yuzlarini qo‘l bilan to‘sib aksirur edilar. 
Va agar kishi qazoyi hojat vaqtida aksa keltursa, «alhamdulilloq»ni ko‘nglida 
aytg‘ay. Ibrohim Naxa’iy aytur, agar tilida aytsa ham zarari yo‘qdur. 
Ka’bul-Ahbordan rivoyat qilibdurlar, Muso alayhissalom aytdi: «Yo rab, yaqinmusan, 
sani ohista yod qilaymu yo yiroqmusanki, baland ovoz birla yod qilaymu?» 
Haq taolo aytdi: «Har kishi mani yod qilsa, ani birla hamnishindurman», Muso 
alayhissalom aytdi: «Ey, bor Xudoyo. men turli joylarda, turli ahvollarda bo‘lurman. 
chunonchi, 
qazoyi hojat va junubat (g‘usl qilishga lozim bo‘lgan hol), bu nav’ holatlarda ulug‘ 
ismingni yod qilmokdan uyalarmen». Xaq taolo aytdi: «Har holda bo‘lsang ham mani 
yod qilg‘il». 
Yigirmanchi haq ulki, musulmonlar kasal bo‘lsalar, borib ko‘rgaysan. Agarchi 
oshno va do‘st bo‘lmasa ham. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi kasal 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin