www.ziyouz.com кутубхонаси
187
vafot qilganingdan keyin seni go‘rdan bu dunyoga hargiz chiqarmaslar».
Hazrati Umar roziyallohu anhu aytur: «Hazrati rasul alayhissalom qabristong‘a bordilar.
Kechasi bir go‘r uzasida o‘tirib bisyor yig‘ladilar. Yaqin borib so‘radimki, nima uchun
muncha yig‘laysiz?» Payg‘ambar alayhissalom aytdilarki, «Bu go‘r onamning
go‘ridur. Xudo taolodin dastur tiladim ani ziyorat qilmoqg‘a va gunohini tilamakka.
Ziyorat qilmoqg‘a ijozat berdi. Gunohini tilamakka ijozat berdi. Farzandlik shafqati
ko‘nglimda jo‘shg‘a keldi. Aning uchun yig‘ladim», dedilar. Ushbudur
musulmonchilik huquqining jumlasi.
FASL Qo‘shnilarning haqlari va ularning rioyasi Qo‘shnilarning huquqini rioya qilmoqning bayoni va xosiyati ziyodadur. Hazrati
rasul alayhissalom aytibdurlar: «Hamsoya bordurki, uning dinidan begona dinda
bo‘lsa, bir qaqqi bor. ya’ni faqat qo‘shnichilik haqqi. Hamsoya bordurki, aning ikki
haqqi bordur, ul musulmon hamsoyadur.
Endi hamsoyalar bordurki, aning bir-birlarida uch haqqi bordur: birinchisi -
qo‘shnichilik, ikkinchisi - musulmonchilik, uchinchisi esa - qarindosh qo‘shni bo‘lgani
uchun.
Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Jabroil alayhissalom hamisha menga
qo‘shnilar haqqini ado qilmoqg‘a vasiyyat qilur erdi, gumon qildimki, qo‘shnilar
mendan meros Oltaylar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, Xudo
taolog‘a va qiyomatning haqlig‘iga iymoni bo‘lsa, qo‘shnisini aziz va muhtaram
tutg‘ay». Aytibdurlar, mo‘‘min uldurki, qo‘shnilari undan ozor topmasinlar». Va
aytibdurlar: «Kishi qo‘shnisiga tosh otsa, qo‘shniga ozor berganidur».
Hazrati rasul alayhissalomg‘a aytdilarkim, «Falon xotin kunduzi ro‘za tutar, kechasi
namoz o‘taydur. Lekin qo‘shnisiga ozor beradur». Hazrati rasul alayhissalom
aytdilarkim, «U xotinning joyi do‘zaxdur».
Hazrati rasul s.a.v. aytibdurlar: «Qirquy - qo‘shnidur». Hazrati Fotimai zahro
roziyallohu anho aytibdurlarki, «Qirq uy o‘ng tarafdan va qirq uy chap tarafidan va
qirq uy oldi tarafidan va qirq uy orqa tarafidan qo‘shnidur».
Bilgilki, qo‘shnichilik faqat ozor bermaslikkina emasdur, balki hamma ishlarda
yaxshiliq qilmokdur. Xabarda kelibdurki, qiyomat kuni kambag‘al qo‘shnilar boy
qo‘shnilarni tuturlar va ayturlar, «Ey, bor Xudoyo, bulardan so‘rag‘ilki, nima uchun
bizlarga yaxshiliq qilmadi va nima uchun yuzimizg‘a eshikni yopti?!»
Ulug‘lardan birining uyida sichqon ko‘p bo‘lib, zarar yetkurdi. Aytdilar: «Nima uchun
mushuk saqlamassanki, sichqon yo‘qbo‘lg‘ay edi». U dediki: «Qo‘rqarmenkim,
sichqonlar mushuk ovozini eshitib, qo‘shnilarimning uyiga tarqagay. O’zimga ravo
ko‘rmagan ishni qo‘shnimg‘a ham ravo ko‘rmagaymen».
Rasul alayhissalom aytdilar: «Qo‘shnilar haqqi ushbudurki, agar sendan yordam so‘rasa,
yordam bergil. Agar qarz so‘rasa, qarz bergil. Agar kambag‘al bo‘lsalar, madad qilg‘il.
Agar kasal bo‘lsa, chiqib ko‘rgil. Agar vafot qidsa, janoza orqasidan borg‘il. Agar shod
bo‘lsalar, muborakbod qilg‘il. Agar g‘amgin bo‘lsalar, ko‘ngil so‘rab, dalda bergil. Uying
tomini ularning uyidan baland qilmag‘ilki, shamolg‘a mone’ bo‘lmag‘ay. Har nimarsa
yesang, qo‘shnig‘a ham chiqarg‘il. Agar chiqara olmasang, pinhon yegil. Ravo
ko‘rmagilki, farzandlaring qo‘lig‘a non tutib chiqib, qo‘shnilar farzandig‘a ozor yetkurgay.
Qo‘shnilarga oshxonang tutuni birla ozor bermagil. Tutuni ko‘rinsa ul oshdan qo‘shnig‘a
bergaysan. Qasam qilurman Alloh taoloning azimatig‘aki, mening hayotim aning qudrati
qo‘lidadur, qo‘shnilar haq-huquqini hech bir kishi ado qilolmas, magar ul kishiki, Xudo