Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL Xizmatkorlar huquqi bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL
Xizmatkorlar huquqi bayonida 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudo taolodan qo‘rqinglar. Qullar haqini ado 
qilinglarki, o‘zinglar yegan taomdan ularga yediringlar. Va o‘zinglar kiygan libosdan 
ularga kiydiringlar. Toqatlari yetmaydigan ishg‘a ularni buyurmanglar. 
Agar loyiq xizmat qilsalar, munosib taqdirlanglar va qadrlanglar. Agar ularning 
xizmati sizga ma’qul kelmasa, sotinglar. Xudo taoloning qullarig‘a azob qilmanglar. 
Xaqtaolo ularni sizlarga qul qilibdur. Sizlarni ularg‘a qul qilmag‘unig‘a shukr qilinglar». 
Sahobalardan biri aytdiki, «Yo rasulalloh! Har kuni qulni necha marotaba qilg‘on 
gunohini afu qilg‘aymiz?» Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Har kuni yetmish 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
190
marotaba qilg‘on gunohini afu qilinglar». 
Ahnaf bin Qaysdan (bir odam) so‘radi: «Kishining og‘irini muncha ko‘tarmakni 
kimdan o‘rgangansiz? Aytdi: «Qays bin Omirdanki, kanizagi qizdirilgan temirni 
yog‘ochda qisib ko‘tarib kelur erdi. Nogahon temir qo‘lidin tushib Qays bin Omirning 
farzandining ustiga tushib, bola halok bo‘ldi.-Kanizak azbaroyi qo‘rqqanidan behush 
bo‘lib yiqildi. Qays qichqirdiki, «Ey kanizak, qo‘rqmag‘ilki, sanda aslo gunoh 
yo‘kdur. Man sani azbaroyi (xudo uchun) ozod qildim», - dedi. 
Ulug‘lardan birlari har doim xizmatkorlari nofarmonlik qilsa aytur ediki, «Xojangni 
odatini qildingki, xojang ham xojasiga senga o‘xshash osiy bo‘ladur». 
Abu Mas’ud ansoriy roziyallohu anhu g‘ulomini (xizmatkorini) so‘kib (urib) turar 
edi, ovoz eshitdiki, «Yo Abu.Mas’ud!» deb. Qaradi, hazrati rasul alayhissalomni 
ko‘rdy. Ul zot: 
«Sen bu qulg‘a azob bermog‘ing‘din ko‘ra ham kuchliroq azoo berishga Alloh 
taolo qodirroqdir,» - dedilar. 
Bas, xojalikni haqqi ulki, qulig‘a kiyim, non va boshqa ovqatlarni o‘z vaqtida 
bergay. Va haqorat ko‘zi birla qaramagay. Bilgayki, qul ham xuddi o‘zig‘a o‘xshash 
odamdur. Agar xato qilsa, Haq taolo oldida o‘zi javob bergay. Ammo xojaning o‘zi 
xato qilmokdan chuqur andisha qilg‘ay. Agar g‘azabi kelsa, Haq taoloning 
g‘azabidin qo‘rqg‘ay. 
Rasul alayhissalom aytdilar: «Kishining xizmatkori xojasiga taom pishirsa, ul 
taomni xizmatkori bilan birga o‘tirib yegay. Va goho o‘z qo‘li bilan luqma olib, 
xizmatkorning og‘zig‘a solib, undan keyin o‘zi yegay. (Agar xizmatkor yeyishga 
tortinsa)». 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin