Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Farzandlar huquqlari bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Farzandlar huquqlari bayonida 
Bir kishi hazrati Rasul alayhissalomdan so‘radi: «Kimga yaxshilik qilg‘aymen?» 
Aytdilarki, «Ota va onangga». Aytdi: «Ota, onam vafot qilgandur». Aytdilar: 
«Farzandlaringg‘a yaxshiliq , qilgilki, ularning haqqi ham ota, onaning haqqig‘a 
o‘xshashdur». Farzandlar haqqidan biri buki, o‘zingni yomon xulqdan va 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
189
farzandlaringni yomon xulqdan saqlab, gunohkor qilmag‘aysan. Rasul 
alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi taolo rahmat qilg‘ay ul otag‘aki, o‘g‘li 
nofarmonliq qilsa, anga ozor bermay yo‘lga solg‘ay». 
Anas ibn Molik roziyallohu anhu rasul alayhissalomdan rivoyat qiladilar: «Vaqtiki 
farzand yetg‘i kunlik bo‘lsa, aqiqa qilinglar va yaxsh ot qo‘yinglar. Aqiqa ulki, o‘g‘il 
farzand bo‘lsa ikki qo‘y, qiz farzand bo‘lsa bir qo‘y so‘yib, nazir osh qilib, go‘shtiTsh 
yeb, ustixonini sindirmay, yerga ko‘mgay. Vaqtiki, olti yoshg‘a kirganda maktabg‘a 
bergay. To‘qqiz yoshga -
:
kirganda bo‘lak o‘rinda yotqizg‘ay. O’n uch yoshga 
kirganda namoz o‘tamasa, urg‘ay... o‘n olti yoshga kirganda xotin olib bergay. Undan 
keyin farzandining qo‘lini ushlab turib, aytg‘ayki, «Ilm va adab o‘rgatdim va xotin 
olib berdim. Xudo taologa sig‘indim, , bu olamda Aploh taoloning g‘azabig‘a va oxirat 
azobig‘a giriftor bo‘lmokdan saklandim», degay. 
Farzandlar huquqidan biri bukim, bir nima bermakda va marhamat qilmokda 
barchasini barobar ko‘rgay. Farzandg‘a navozish qilmoq (mehribonlik, erkalash) 
va bo‘sa qilmoq sunnatdur. Hazrati rasul alayhissalom hazrati imom Hasan 
roziyallohu anhuni bo‘sa qildilar. Sahobalardan biri aytdiki, «Mani o‘n farzandim bor, 
hech qaysini bo‘sa qilg‘onim yo‘qtsur». Onhazrat alayhissalom aytdilar: «Xudo taolo 
rahmat qilmas ul kishig‘aki, farzandlarig‘a marhamat qilmabdur». 
Hazrati rasul alayhissalom namozda edilar. Sajdaga borgan vaqtlarida imom 
Hasan roziyallohu anhu bo‘yinlarig‘a minib o‘tirdi. Onhazrat alayhissalom sajdada 
ancha uzoq turdilarki, sahobalar vahiy keldi, deb o‘yladilar. Ersa, hazrati imom 
Hasan bo‘yinlaridan tushdi. Onhazrat alayhissalom namozdan forig‘ bo‘ldilar. 
Sahobalar arz qildilarki, «Yo rasulalloh, sajdada vahiy keldimu?» Onhazrat 
alayhissalom aytdilar: «Vahiy kelmadi. Meni Hasan teva qilib minib erdi, men aning 
xotirini qilib, sajdada uzoq turdim». 
Bilgilki, farzand haqqidan ota-onaning haqqi ziyodadurkim, ota va onani 
hurmatlash farzandg‘a vojibdur. (Ota, ona) har nav’ ishg‘a buyursa, farmonini tutmoq 
vojibdur (agar yomon ishlarga buyurmasa). Hech safarg‘a ota, ona ruxsat bermaguncha 
chiqish joiz emas. Agar hajg‘a bormoqdan man’ qilsa, bormaslik muboxdur (mumkin). 
Ammo ilm o‘rganmak uchui beijozat safar qilsa joizdur. 
Bir kishi g‘azotg‘a bormoqga onxazrat alayhissalomdan ruxsat tiladi. Aytdilar: 
«Onang bormu?» Aytdikim: «Oriy (ha), bordur». Aytdilar: «Onangni xizmatida 
bo‘lgilki, (jannat) onangni qadami ostidadur». 
Yana bir sahoba ruxsat so‘radi g‘azotg‘a bormoq uchun. Aytdilarkim, «Ota va 
onang bormu?» Ul aytdikim, «Bordur». Aytdilarki, ruxsat so‘ragil, qanday farmon 
qilishsa, ularning farmonini tutg‘ilki, Xudo taoloning farmonidan keyin ota, onaning 
(shar’iy) farmonini tutmoqdan ziyoda toat yo‘qtur». 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin