Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
184
«Vallaziyna sabra va btag‘o vajhi rabbihim». (Ra’d, 22). 
Ma’nosi: «Yomong‘a rahm va tahammul bila muqobila bo‘lg‘aylar». 
Hazrati Oysha roziyallohu anho aytibdurlarki: «Bir kimsa ruxsat tiladi rasul alayhissalom 
qoshlarig‘a kirmak uchun». Aytdilar: «Ruxsat bergil ul kimsag‘a, aslida u o‘z qavmining 
orasida yomon odamdur». Ul kishi kirgandan keyin, chandon rioya va odamiyat ul kishiga 
qildilarki, men gumon qildim ul qavmning orasida bu kishi hurmatlik kishidur (deb). 
Vaqtiki, ul kishi tashqari chiqdi, men aytdimki, «Yo rasulalloh, aytdingizki, bu qavmning‘ 
orasida yomon odamdur deb, ani hurmat qildingiz?» 
Rasululloh alayhissalom aytdilar: «Yo Oysha, odamlarning yomonrog‘i qiyomat kuni Xudoning 
nazdida ul kishidurki, aning sharridin (yomonligidin) qo‘rqib, odamlar anga rioya qilgay. Yo 
Oysha, odamlarning yaxshirog‘i qiyomat kuni Xudoning nazdida ul kishidurki. yana bir 
kishini yomonlig‘i jihatidan rioya bila e’tiborga olib, muomala qilsa». 

Xabarda kelibdur, «Har kim yomon kishilar bilan muomalada vazmin bo‘lsa, ul ish 
sadaqadur». Abu Dardo roziyallohu anhu aytibdurlar: «Aksariyat odamlar bor, o‘z 
obro‘yini yomonlarning tilidan saqlaydilar. Men ham alarning yuzig‘a kulib qarayman. 
Ammo mening dilim ul kishig‘a . la’nat aytadur». 
O’n yettinchi haq ulki, yurish-turishda doimo darveshlar va kambag‘allar bilan do‘stlik 
qilg‘ay. Boylar bilan birga o‘ltirishdan hazar qilg‘ay. 
Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «O’liklar bilan o‘lturmanglar». Sahobalar aytdilar, 
«O’liklar kimdur?» Aytdilar: «Ag‘niyo - boylardur». 
Sulaymon payg‘ambar o‘z mamlakatlarida har yerda bir miskinni ko‘rsalar, u bilan o‘tirib 
suhbat qilur edilar va aytur edilarki, «Miskin miskin bilan o‘tiradur». Hazrati Iso 
alayhissalom o‘zlariga Miskin degan nomdan o‘zga nomni do‘st tutmas erdilar. Rasul 
alayhissalom aytibdurlar: «Ey, bor Xudoyo, modomiki mani tirik saqlasang, miskin qilg‘il. 
Vaqtiki o‘ltursang (o‘ldirsang) miskinligimda o‘ltirgil (o‘ldirgin). Vaqtiki, mahsharda miskin 
bo‘lib tirilga,ymen. Muso alayhissalom aytdilar, «Ey, bor Xudoyo, sani na yerdan tilarman 
(toparman)? Haq taolo aytdi: «Dili shikastalar qoshidan topursan». 
O’n sakkizinchi haq ulki, jahd - harakat qilg‘ayki, musulmonlar dilig‘a shodlig‘ 
yetkurgay va hojatini ravo qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Har kishi 
bir musulmonning hojatini ravo qilsa, andog‘ bo‘lg‘ayki, hamma umrida Xudo taologa 
xizmat qilg‘on bo‘lg‘ay». Va yana aytibdurlar: «Har kishiki, musulmonning hojati uchun 
bir soat yursa, xoh kecha, xoh kunduz, agarchi ul hojat ravo bo‘lmasa ham ul kishig‘a 
ikki oy bir masjidda e’tikof o‘tirgandan yaxshiroqdur». Va aytdilar: «Xar kishiki, bir 
g‘amginni shod qilsa va yo bir zulm yetgan kishini qutqarsa, Xudo taolo ul kishig‘a 
yetmish uch mag‘firat karomat qilg‘ay». Va yana marhamat qilib aytdilarki, «O’z 
birodarlaringga yordam beringlar agar zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam 
beringlar». 
Sahobalar «Zolim bo‘lsa nechuk yordam berurmiz?» - deb so‘radilar. Aytdilar: «Ani zulm 
qilmoqlikdan to‘xtatsanglar, unga yordam bergan bo‘lursizlar». Aytibdurlar: «Xudo taoloning 
nazdida musulmonning dilig‘a shodlik yetkazishdan ziyoda toat-ibodat yo‘qdur». Va 
aytdilar: «Ikki xislatdurki, hamma xislatlarning yomonrog‘idur: Xudog‘a shirk kelturmak va 
xalqqa ranj yetkurmoq. Va ikki xislat borki, hech ibodat andin yaxshi emasdur. Iymon 
kelturmak va odamlarg‘a rohat yetkurmoq». 
Fuzayl rahmatullohi alayhni ko‘rdilarki, yig‘laydur. Aytdilar: «Andog‘ musulmonning 
g‘amidanki, manga zulm qildi, qiyomat kuni ul musulmondan savol qiladur va rasvo qiladur 
va qech uzrini qabul qilmaydur». 
Ma’ruf Karxiy rahmatullohi alayh aytadurki, «Har kimsa har kuni uch marotaba 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin