Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Simo’ maqomlari bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Simo’ maqomlari bayonida 
Bilgilki, simo’da uch maqom bordur: avval fahm qilmoq, andin keyin vajdi hol 
(shavqu zavq holati) undan keyin harakat qilmoq. Bas, bu uch maqomdan har birining 
tafsili bordur. Avvalgi maqom-fahmdur. Kishi simo’ni sahv (yanglish) va g‘alat birla eshitsa 
va yo maxluqning fikr-andishasi birla eshitsa, andin xasisroq (past) ish bo‘lmas. Ammo ul 
kishiki fikru zikrida dini islom va Haqtaoloning do‘stlug‘i bo‘lsa savobdur. Va bu ikki darajadur. 
Avvalg‘i daraja muridki, uning talabi va suluki, ahvoli turlicha bo‘lsa, chunonchi niyati 
xursandchilik yoki osonliq va dushvorlik, rad va qabul, hajr, vasl, qurb (yaqinlik) va 
bundan so‘ng rizo, g‘azab va munga o‘xshash so‘zlarni anglasa, o‘z ahvolig‘a munosib 
ko‘rar va botin ahvoli jo‘sh urar va ahvoli muxtalif ro‘y berur. Bu nav’ simo’ joizdur. Agar 
ilmda e’tiqodi mahkam bo‘lmasa, Haq taolo zoti va sifatida oliy nimarsaning andishasi 
(shubhasi) ro‘y berurkim, kufrdur. 
Bayt: 
Zi avval ba minnat mayl bad on mayl kujost,
Va imro‘z malul gashtan az bahri charost? 
 
 Mazmuni: 
Avvalda minnatga mayl bo‘lgan yomon mayl qani,.
Va bugun g‘amgin yurishning sababi nedur? 
(Turg‘un Fayziev tarjimasi). 
Har muridki, bidoyati (avvali) sulukda ba’zi vaqtda qabz (tanglik) va ba’zi vaqtda bast 
(xursandchilik) ro‘y berib, bu baytni eshitsa fahm qilurki, Haq taoloning anga ilgari mayl va 
inoyati bo‘lg‘ay. Keyin tag‘ayyur (o‘zgarish) topgay. Bas, tag‘ayyurni Xaq taoloda fahm 
qilur, bu sababdan kufrdur. Balki bu tariqa e’tiqod qilg‘ayki, Haq taoloning zoti va sifotig‘a 
tag‘ayyur va tabdil yo‘l topmas. Balki o‘zga mavjudotlarni o‘zgartirguvchidur. 
Bayt: 
Lutfu ehsoning edi avvaldin-o‘q man xastag‘a.
Bilmon ayo ne sababdin san bugun mendin malul. 
Bilgilki, Haq taoloning dargohi kushodadur (ochiq), hech kim unga mone’ va 
hijob bo‘lolmas. Chunonchi oftob nuriga o‘xshashki, hammaga barobardur. Magar 
kishi devor to‘siq ichida bo‘lsa, ul nur unga yetmas. Bas, tag‘ayyur o‘zidadur, 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin