Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
213
Mamlakat rahbariga vojibdurki, xalq yo‘liga to‘sqinlik bo‘luvchi ishlardin xalqni
man’ qilmog‘i va yo‘llarni pok va toza tutmog‘i lozimdir. Yana qaytarilgan ishlardan
ulki, hammomda tizzadan yuqorini yopg‘ay. Hammomning tepasiga hayvonot
suratini solmoq ham haromdur. Nopok qo‘lni va nopok pichoqni suvg‘a tiqmoq
haromdir va suvni ko‘p to‘kmok, va isrof qilmoq xaromdur Va o‘zga munkarotni
«Kitobi tahorat»da bayon qildim.
Yana man’ qilingan ishlardan: mehmonga ipaklik kiyim kiygizmoq, oltin va
kumushdan yasalgan pichoq ishlatmoq va suratli parda tortmoq haromdur. Ammo
yostiq, ko‘rpa, ko‘rpachani suratlik mato’dan qilmoq joizdur. Ammo nag‘ma, raqs-
simo’ qilmog‘i, yosh xotunlar birla bir-birig‘a shahvat nazari birla qarasa, bu ma’raka
xalqig‘a ihtisob vojibdur. Agar ihtisobg‘a qudrati yetmasa, u yerdan chiqib ketgay.
Dostları ilə paylaş: