Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
220
berur. Bilg‘ilki, hech kishi mundan ziyonkor va bosiqliroq bo‘lmaski, o‘zining dini va 
oxiratini mol, dunyo uchun sotg‘an. Bas, hamma amaldor va chokarlar (xizmatchilar) 
dunyolik tama’ida xizmat qilurlar va oxiratda ularning qilgan zulm va fasodlarini 
podshohva amirlarning gardaniga qo‘yib, do‘zaxga yuborurlar. Va qaysi dushman 
bundan ulug‘roqki, o‘ziga anda dunyolikni ko‘zlab, seni halok qilishga uring‘ay. Bas, 
podshoh va umaroga lozimdurki, hamma ra’iyat ahvolida adolatga rioya qilg‘ay, 
amaldor va xizmatchilariga adolat qilishni buyurgaylar. Avvalo, o‘z badaniga adolat 
qilg‘ay (ya’ni, badanini do‘zax o‘tida kuyishiga yo‘l bermagay), akli va dilni shahvat va 
g‘azabining zulmidan asragay. Balki, shahvat va g‘azabini aqli va dilining askari 
qilg‘ayki, sof aql farishtalar javharidan va Haq taoloning lashkaridandur. Shahvat va 
g‘azab Iblisning lashkaridandur. Kimki Xudoi taoloning lashkarini bilsa, Iblis alayhi 
la’naning lashkariga asir bo‘lsa, xalqka qanday adolat qilg‘ay? Vaqtiki, adolat oftobi 
senda zuxur qilsa (balqib chiqsa), aning nuri avvalo axli baytingga (oilangg‘a) ta’sir 
qilur, so‘ng shu’oyi partavi (shu’lasi) raiyatni yoritay. Bas, oftob bo‘lmasa, shu’lasiga 
ko‘z tutmoq maholdir (mumkin emas). Kamoli aql uldurki, hamma ishlarning 
haqiqatini bilgaysan, haqni botildan farq qilg‘aysan. Mol-dunyodan maqsad ko‘p va 
lazzatli taomlarni yeyish-ichish emasdur. Ko‘p yeyish va ichish qayvonlarning ishidur. 
Yangi kiyimlar kiyib bezanish esa xotinlarga yarashur. Agar bir odam desaki, iqbolu 
davlatdan maqsad xalqqa qahr va g‘azab qilmoq va dushmandin o‘ch olmokdur, bu fikr 
xatodirki, o‘zgalarga ozor bermoqdarrandalar - vahshiy hayvonlarning sifatidur. Va 
aytsalarki davlat va iqboldan murod - xalqni senga xizmat qildirmokdur, bu gap 
axmoqlikdurki, o‘zlarini dono deb o‘ylovchi xizmatchi. mansabdorlar o‘z manfaatlari 
uchun xizmat qilurlar. Agar bir mansabdordan baxt-iqbol yuz o‘girib. boshqa bir 
mansabdorga kulib boqsa, avvalgining qo‘l ostidagi barcha xizmatchilar yangi boshliqqa 
yaxshi ko‘rinishga uriiib. sobiqboshlig‘ini unutarlar. 
Bas, oqil boshliq uldurki, barcha ishlarini adodat va xaqiqat bilan, oqibatini o‘ylab qilur. 
Oqibatini o‘ylamaydigan mansabdorni oqil va odil deb bo‘lmas, sababi - bularning borur 
joyi do‘zaxdur. Shu sababli, barcha yaxshiliklarning manbai aql-insof, adolatdur. 
O’ninchi qoida ulki, boshliqlarning ko‘pchiligi mutakabbir bo‘lur. Vaqtiki, qahr-
g‘azabi oshsa, xayrli ishlari ham zoe’ bo‘lur. Buning odatlari va ilojlarini «Muxlikot» 
ruknida bayon qilurman, inshoolloh. Agar boshliqda takabburlik g‘olib bo‘lsa. u 
hamma xolatlarda sal xato qilgan xizmatchilariga afv va karam qilmoqni, bag‘rikenglikni 
odat va pesha qilg‘ay. Agar afv va karam, bag‘rikenglik qilsa, o‘zini anbiyolar, 
sahobalar va avliyolarga o‘xshatganidur. Agar takabburlik, qaho va g‘azab qilsa, 
darranda va chahorpolar (xayvonlar) qatoriga kirganidur. 
Hikoyatda kelibdurki, xalifa Abu Ja’far bir kishini o‘ldirmoqqa buyurdi, ul olam 
xalifa xaqida xiyonat qilib erdi. Muborak Fuzola rahmatillohi alayh h o z i r erdi aytdiki: 
« Y o amir al-mo‘miniyn. avval rasululloxning‘ so‘zlarini eshitgil, andin so‘ng o‘ltirgil». 
Xalifa so‘radi: «Nechuk so‘zlardur?» Muborak ibi Fuzola aytdi: «Hasan Basriy rahmatilloxi 
alayh rasululloxdan rivoyat qilibdur: Ul xazrat aytibdurki: qiyomat kuni xamma 
xalqni bir sahroda jam’ qilgandan keyin nido keldiki, «Xudoi taolo dargoxida kimning 
quvvati bo‘lsa o‘rnidan tursin!» Hech kim o‘rnidan qo‘zg‘alolmadi. Faqat bir kishi 
chiqdiki. dunyoda boshliq, rahbar eli unga xizmatchisi xiyonat va g‘iybat 
(zabondarozlik) qilgan edi. ul kishi uni afv qilgan edi, o‘sha odam o‘rnidan turdi» Bu 
so‘zlarni eshitib, Abu Ja’far haligi aybdorni o‘ltirmay, afv qildi. 
Iso alayhissalom aytdilarki, agar bir odam sendan shikoyat qilsa. rost aytgan bo‘lsa. 
shukr qilgil, chunki u odam seni yomon fe’lingdan qaytaribdur. Va agar yolg‘on aytgan 
bo‘lsa. uiing xayrli ikplarini uchirib. seiipg nomai a’molingga yozurlar. 
Rasul alayxissalom huzurida bir olamni tavsif qildilarki. «Bisyor quvvatli kishidur har 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin