www.ziyouz.com кутубхонаси
221
kim birla kushitgirlik qilsa (kurashga tushsa) g‘olib kelur va hech kim anga teng kelolmas».
Rasul alayhissalom aytdi: «Eng zo‘r mardonalik ulki, kishi o‘zining qahru g‘azabiga va
nafsiga g‘olib kelgay, birovni yiqitgan birla kuchli va mardona bo‘lmas». Yana aytibdurlar:
«Uch xislat kimda bo‘lsa. iymoni butun va komil insondur: G’azabi kelgan vaqtida yomonlik
qilmasa, shodlik mahalida g‘amginligini unutmasa va (mehnatga) xakdor bo‘lganida o‘z
haqqidai ziyodani olmasa».
Hazrat Umar r . a . aytibdurlar: «Hech kishining xushxo‘rligi va badxo‘rligiga e’timod
qilmagil to lo-g‘azab ko‘rmaguncha (g‘azabini tiygan vaqtida ko‘rmaguicha) va hech
kishiga ishonmag‘il to ani tama’ vaqtida azmoyish (nazar) qilmaguncha». Hazrat imom
Husayn masjidda erdilar, bir kishi kelib ul yutga dashnom berdi (g‘azab qildi). G’ulomlari
anga adab bermoqchi bo‘ldilar. Hazrat imom Husayn aytdilarki: <qo‘lingizni torting. Ul kishiga aytdilar: «Bu deganing mening po‘ishda (berkitib yurgan)
ahvolimiing‘ mingidan biri emasdur. Rost aytursan hech hojating bormuki, ravo
qilg‘aymai». Ersa, ul kishi xijolat bo‘lib. jim qoldi.
: Hazrat Ali karamallohu vajhaxudan qOltan jomasi (choponi) eginlarida edi, yechib
berdilar va yana ming diram buyurdilar. Ul kishi aytdiki. «Guvohliq berurman, bu
payg‘ambardan o‘zga kishining farzandi emasdur. Va yana rivoyat qilibdurlar. hazrat imom
Husayn raziyilloxu anhudanki bir g‘ulomlarini ikki navbat chaqirdilar. G’ulom javob
bermadi. Aytdilarki: «Eshitmadingizmi? G’ulom aytdi: «Eshitdim, lekin xushfe’lligingizga
ishonib bari bir menga ozor bermassiz, deb indamadim. Hazrat imom Husayi Allohga
shukru sano aytib dedilarki: «Xudovandlo, mening bandam g‘azabimdan emindur. Sen
xam meni qahru g‘azabingdan emin qilg‘il. Yana bir g‘ulomlari bir qulning oyog‘iga urdi.
Imom Husayn undan “Nima uchun bunday qilding? Deb so‘radi. G’ulom aytdiki. Sizning
g‘azabingizni kechirmak uchun qasddan urdim».
Imom Husayn aytdi: «Ul kishining g‘azabini keltirayki, senga ishni o‘rgatibdur
(ya’ni, Iblis alayhi-la’naning). Ul g‘ulomni ozod qildilar.
Hazrat rasululloh aytibdurlar: «Do‘zaxning bir eshigi bordur, bisyor uqubatnok,
bu eshikdan ul toifadagi odamlar kirarki, shariatga xilof qahru g‘azab qilg‘aylar. Va
rivoyatdurki, Iblis alayhila’na Muso alayhissalom huzuriga keldi va dedi: «Men sizga
uch narsani o‘rgatay, toki siz mening hojatimni Xudoi taolodan talab qilg‘aysiz».
Muso alayhissalom so‘radilar: «Ul uch narsa qaysidur?» Iblis dedi: «Yatqaluka
va g‘azabnoka li yaqudin, hazar qilg‘il, kishi tezkordur (tez jahli chiquvchi), men
uni kichik bolalar go‘y o‘ynagan misllik o‘ynarman va xotinlardan hazar qilg‘ilki, xalqni
gumroh qilmoqg‘a xotunlardan yaxshirog‘ini topmadim. Va baxilliqdan hazar
qilg‘ilki, kim baxil bo‘lsa, men ani bu dunyo va oxiratda ziyonkorlardan qilurman».
Hazrat rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi g‘azabi kelgan vaqtida achchig‘ini
yutsa, Haq taolo aning ko‘nglini iymon nuri birlan purnur qilur. Agar kishi birovga jahl
qilgan vaqtida sabr va tayammum qilsa (shoshmay, o‘ylab ko‘rsa) Xudoi taolo uni
aziz qilur». Rasululloh yana aytibdurlar: «Voy u kishining holigaki, g‘azabi kelgay va
Haq taoloning g‘azabini unutgay». Bir kishi onhazratga aytdiki: «Menga bir amal -
ishni o‘rgatingki, aning sababidan behishtga kirgayman». Rasululloh aytdilarki:
«G’azabingni yutg‘il, behisht senikidur. Hech kishidan hech nima tama’ qilmag‘il,
behisht senikidur. Va namozi digardan keyin yetmish marta istig‘for aytgil
(«Astag‘furilloh!» deb) Xudoi taolo yetmish yillik gunohingni afv qilur».
Ul kishi aytdi: «Mening yetmish yillik gunohim .yo‘qtsur» Rasululloh aytdi: «Ota,
onaning gunohlarini afv qilur». Ul kishi aytdi: «Ota, onamning onchalik gunohi yo‘kdur.
Rasululloh aytdi: «Birodarlaringning gunohlarini afv qilur».
Abdulloh ibn Mas’ud ayturki, «Hazrat rasululloh bir kuni moli g‘animat (jangda
o‘ljaga tushgan mollarni) taqsim qildilar. Bir kishi aytdi: «Bu taqsimot insof bilan