www.ziyouz.com кутубхонаси
218
bo‘lurki, podshoh va amirlardan va o‘zgalardan hech nima tama’ qilmas, va ularga pand-
nasihat bermoqdin to‘xtamas. Chunonchi, Shaqiq Balhiy rag‘matillohi alayh Xorun al
Rashidg‘a muloqot bo‘ldi. Xorun aytdi: «Zohidmusan?» Ulamo aytdi, «Men Zohid emas,
Shaqiqman». Xalifa aytdi: «Menga nasihat bergil». Shaqiq aytdi: «Seni Haq taolo Abu Bakr
Siddiqning o‘rnida qo‘yibdur va Ali al-Murtazo o‘rnida qo‘yibdur. Sendan ilm va shijoatdan
so‘rarlar. Haq va botil aro farq qilganingni so‘rarlar. Va Usmon Zun-nurayn o‘rnida
o‘tirg‘izibdurki, sendan karam va futuvvat, muruvvat va saxovat izlaydilar».
Xalifa so‘radi: «Tag‘i nasihatni ziyodaroq qilg‘il». Aytdi: «Haq taolo saroyni bino
qilibdur, do‘zax otliq va seni shu saroyga nigohbon qilibdur va senga uch nimarsa
beribdur: Baytul-mol boyliklari, shamshir va toziyona (tanbeh) birla xaloyiqg‘a odob
bergil va nohaq xun (qon) to‘kkanlarni shamshir birla o‘ltirgil. Bas, bu ishlarni taqsir qilsang
(xato, qusur qilsang) avvalo do‘zaxga o‘zing kirarsan, ondin so‘ng o‘zgalar kirar».
Xalifa aytdi: «Yana ham nasihatni ziyoda qilg‘il». Shaqiq aytdi: «Sen chashma mislliksan.
Va o‘zgalar sipohiy va a’yonlaring ostingdagi ariqg‘a o‘xshashdur. Agar chashma suvi sof
va ravshan bo‘lsa ariqlarning suvi ham loyqa va iflos bo‘lmas. Agar chashma suvi tiyra va
loyqa bo‘lsa, ariqlardagi suvlarning ham soflig‘i va e’tibori bo‘lmas».
Horun-ar-Rashid xoslari birla Fuzayl Iyoz ziyoratiga bordi. Eshigiga yetib angladiki,
Qur’on tilovat qilib, bu oyatga yetibdur: «Uxsib allazina ijtara livo sayyota inna naj’alahu».
Xalifa aytdi: «Agar nasihat talab qilsam, rozi bo‘lurmusan? Fuzayl aytdi: «Ushbu oyat
kifoyatdur».
Oyatning tafsiri ulki, «Oyo, ul toifalar, Alloh taolo gunoh va ma’siyatga
mashg‘ul bo‘lganlarni toat va ibodat qilgan bandalariga barobar qilur, deb
gumon qilurlarmi?» Ya’ni bu ikki toifani Haq taolo hargiz barobar qilmas.
Xorun ar-Rashid aytdi: «Eshik qoqg‘il». Vazir Abbos eshik qokdi va qichqirdiki: «Amir ul-
mo‘‘miniynga eshik ochg‘il!»
Fuzayl aytdi: «Amirul-mo‘‘miniynning men birla nima ishi bo‘lur?» Abbos aytdi: «Amirul
mo‘‘miniyn farmoniga itoat qil, eshik ochg‘il!»
Ersa Fuzayl Iyoz eshik ochdi va chirog‘ni o‘chirdi. Xorun ar-Rashid ko‘rishishga
qo‘l uzatdi. Fuzayl xalifaning qo‘lini tutib, aytdiki: «Oh, bu yumshoq qo‘ldan kim
ushlasa do‘zax azobidan najot topmas». So‘ngra aytdi: «Ey, amirul-mo‘‘miniyn,
Xudoi taoloning so‘rog‘iga tayyor bo‘lg‘ilki, qiyomat kuni seni turg‘izib,
musulmonlarni bir-bir keltirib, sendan savol qilurlar.» Xorun ar-Rashid bu so‘zni
eshitib, vahshatdan, (qiyomat qo‘rquvidan) yig‘lab, yiqildi. Abbos aytdi: «Ey, Fuzayl,
xomush (jim) bo‘lingki, amiral-mo‘‘miniynni o‘ldirdingiz». Fuzayl aytdi: «Ey, Homon
(fir’avnning yovuz vaziriga o‘xshatmokda), amiral-mo‘‘miniynni sen va sening qavming
halok qildi».
Xorun ar-Rashid (o‘ziga kelib) aytdi: «Ey, Abbos, bildingmu, seni Homon demagi
meni fir’avnga teng qilganidur. Bas, ming dinor keltirib qo‘ydi va dedi: «Bu haloldandur.
Onamning mahridan meros qolib erdi».
Fuzayl aytdi: «Senga deb edimki, har nimarsaki olibsan, hisobi bor, egasiga bergil», -
deb sovg‘ani qabul qilmadi.
Umar ibn Abdulaziz bir kuni Muhammad ibn Ka’b Qurayziyga aytdiki: «Adl (adolat)
nimadur? Sifatini bayon qilg‘il!» Ibn Ka’b aytdi: «Musulmonlardan yoshi kichiklariga ota
bo‘lg‘il va yoshi ulug‘larga o‘g‘il bo‘lg‘il, o‘z tengdoshlaringga : birodar bo‘lg‘il va har
kishiga o‘z gunohidan ziyoda uqubat qilmag‘il. Zinhor birovni o‘z g‘azabing birla
toziyona urmag‘ilki, joying do‘zax bo‘lur».
Zohidlardan biri o‘z zamonidagi xalifa bilan muloqot qilib (so‘zlashib) qoldi. Xalifa aytdi:
«Menga nasihat qilg‘il». Zohid aytdi: «Chinga, bir shaharga borib edim, ul yurtning podshohi
qulog‘i kar ekan, bisyor yig‘laydur. Aytadurki: «Karlig‘imga yig‘lamasman, arzgo‘y va