Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
215
nojoiz ish angladingmu?» Salmon Forsiy r.a. aytdilar: «Angladimki, nonni ikki nonxurush 
birla yersiz, ikki egin sakdarsiz. Birini kechasi kiyarsiz, birini kunduzi kiyarsiz. Hazrati 
Umar r.a. yana so‘radilar: «Mundin boshqa yana so‘z angladingmu? Salmon aytdi: 
«Anglamadim». Hazrati Umar r.a. aytdilar: «Bu ikki ishni bundan keyin qilmag‘ayman». 
To‘rtinchi qoida ulki, qudrati yetganicha hamma ishlarni yumshoqlik va muloyimlik bilan 
qilg‘ay va qahr-g‘azabda ehtiyot bo‘lg‘ay. Rasuli akram aytibdurlarki: «Har bir 
mutasaddiy (boshliq) ra’iyatga rahm va shafqat qilibdur, Parvardigoro, sen anga lutfu 
marhamat qilg‘il. Va zulm, sitam qilg‘uvchilarni qahru g‘azabingga giriftor qilg‘il». Va yana 
aytibdurlar: «Mutasaddiylik yaxshi ishdur, agar shariat qonunlariga, ahkomlariga amal 
qilsa va yomon ishdur shariatning xilofiga ish qilsa». 
Xishom ibn Abdul Malik xulafo (xalifalar) jumlasidandur, Abu Xozim rahmatillohi 
alayxdan ul zot ulamo zubdasi (qaymog‘idur) so‘radi: «Yo, Abu Xozim, najot topmoqning 
sababi (yo‘llari) nadur?» 
Abu Xozim r.a. aytdi: «Najot topmoqning tadbiri ulki, har diram olursan, halol joyidan 
olg‘il va halol joyga sarflag‘ilki, savob bo‘lg‘ay». Abdul-Malik aytdi: «Bu ishni ul kishi bajo 
keltirg‘ayki, do‘zax o‘tiga va azobiga toqati bo‘lmag‘ay va behishtga kirmoqni do‘st tutg‘ay 
(istar)». 
Beshinchi qoida ulki, mutasaddiy hamma ishida shariatga rioya qilgani uchun 
xaloyiq shod, xushnud bo‘lg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Podshohning behrog‘i 
(yaxshirog‘i) uldurki, avvalo ra’iyatni (xalqni) do‘st tutg‘ay (hurmat qilg‘ay). Ul 
odamlardan bezor bo‘lg‘ayki, ularning maqtov va ta’rif-tavsiflarini tinglab, ra’iyat 
ahvolidan g‘aflatda qolg‘usidur. Balki mu’tamid (ishongan) xos odamlarini xalqning 
ahvolidan maxfiy xabar olmoqni buyurgayki, ularning maqtovu shikoyatiga qarab, o‘z 
holidan g‘ofil bo‘lmag‘ay. 
Oltinchi qoida ulki, odamlar shariatga xilof ishlar bilan ba’zi boshliqlarni 
xursand qilmoqchi bo‘lsa, Haq taoloning xushnudligidan mahrum qolur. Hazrati 
Umar r.a. aytur: «Har kuni ko‘rurmanki, guruhe (ba’zi guruhlar) ishimdan 
xursanddurlar, ba’zilari xursand emaslar. Ammo, axmoqlar va johillarni 
xushnud qilam an degan odam Haq taoloning rizoligidan mahrum qolur». 
Hazrati Umar Oysha roziyallahu anhog‘a noma bitdilarki, nasihat qiling deb. 
Hazrati Oysha xatida yozdilarki, rasul alayhissalom bir kuni aytib erdilar: «Kishi 
xalqning noroziligidan va Haq taoloning noroziligidan qo‘rqsa yaxshi bo‘lur. Bunday 
kishidan Haq taolo xursand bo‘lur va xalqni ham undan rozi qilur. Ammo, kim Haq 
taoloning noroziligidan qo‘rqmay, ba’zi odamlarning xushnudligini istasa, Xudoi 
azza va jalla ul kishidan norozi bo‘lur va xalqni ham undan norozi qilur». 
Yettinchi qoida ulki, mutasaddiy bo‘lg‘ayki, mamlakatdorlig‘ ishida xaloyiq 
mushkullarini Haq taoloning farmoniga muvofiq saranjom qilsa, nihoyati ulug‘ ishdur, 
kishiga tavfiq (insof, adolat) yor bo‘lib, hukumat ishini shariatga muvofiq qilsa, 
saodatdurki, hech nihoyasi yo‘qtsur. 
Abbos r.a. aytur: «Bir kuni rasululloh s.a.v. xonai Ka’ba halqasini tutibdurlar. Quraysh 
qavmidan odamlar hozir erdi. Aytdilarki: «Podshoh va imom qurayshdan bo‘lg‘ay va 
uch ishni bajo keltirg‘aylar: Xaloyiqg‘a rahm-shafqat qilg‘ay va dodxohga (mazlumga) 
adolat qilg‘aylar va shariatga xilof ish qilmagaylar. Bu uch ishga xilof ish qilg‘an 
odamlarni Haq taolo la’nat qilur, farishtalarning la’natiga sazovor bo‘lurlar va xudo 
ulardan hech bir farz va sunnatni qabul qilmas». 
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Agar bir odam ikki odamning shikoyatini tinglab, 
hukmida zulm qilsa, Haq taoloning la’nati zolimlarga bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Uch 
toifa odamlar borki, qiyomat kuni Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qaramas: 
podshohki, yolg‘onchi bo‘lsa. Ikkinchi - Pir, qariyaki, zinodan qaytmasa, uchinchi - 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin