www.ziyouz.com кутубхонаси
214
yerni don bilan to‘ldirsalar, bir qushni ul donlarni yemakka tayin qilsalar, va qush har
ming yilda bir dona don yesa, donlar tamom bo‘lganida ham, abadiylikdan zarra
kamaymas. Bas, odam harchand uzoq yashasa ham, yuz yildan o‘tish qiyin. Agar ro‘yi
zamin (er yuzi) mamlakatlari, mag‘rib va mashriq bir odamga musallam (qaram) bo‘lsa
ham, oxiratning nihoyasiz kunlari azobu uqubatiga arzimas.
Agar dunyoning ma’lum vaqtlar podshohligi muyassar bo‘lsa ham g‘am, tashvish va
meqnatdan xoli bo‘lmas. Bisyor xasis va nokaslarki, dunyoning mansab va johiga
(hashamatiga) mag‘rur bo‘lib, oxiratning abadul-abad davlati, ne’matlarini bu dunyoning
foniy, o‘tkinchi davlatiga sotarlar.
Bas, podshoxlar va amirlarga lozimdurki, oxiratning boqiy ne’matlarini va bu dunyoning
foniy ne’matlarini mulohaza qilib, ra’iyatga (el, yurtga) shafqat va muruvvat ko‘rguzmoq
birla Haq taoloning xalifasi ekanligini bajo keltirg‘ay.
Bilg‘ilki, Haq taolo dargohida hech ibodat adolatdan ziyoda etmasdur. Rasul a. s.
aytibdurlarki, sultoni odilning bir kunlik adolati yigirma yil hamisha toat, ibodat qilg‘andan
afzalroqdur. Xabarda (hadisda) kelibdurki, yetti toifa odamlar qiyomatda Haq taoloning
rahmati soyasida bo‘lurlar:
Avvalgi toifa odil sulton va amirlardur. Va hammadan yomonrog‘i va Xudoga dushmanrog‘i
zolim podshoh va amirlardur. Rasul a. s. aytibdurlarki, odil podshohga har kuni yetmish
mujtahidi siddiqning savobini yetkizurlar. Yana aytibdurlar: «Qasam qilurman Xudo azza va
jallaning muborak ismi birlaki, Muhammadning joni Uning qudrati tasarrufidadur, odil
podshohning otig‘a farishtalar har kuni shu qadar ko‘p savob yetkizurlarki, qo‘l ostidagi
tobe’larining amali ikdoricha bo‘lg‘ay. Va odil rahbarning har namoziga yetmish ming
namozning savobi bitilg‘ay.
Adolatning savobi va samarasin g‘animat bilib, ra’iyatga rahm va shafqat ko‘rgazgay va
nafs xohishiga qarab, fuqarolarga zulm va jafo qilmasa, tongla do‘zax o‘tida kuymagay. Bas,
podshoh. bu o‘n qoidani bilmaguncha, adl (adolat) ne’matlaridan bahoamand bo‘lolmas.
Avvalgi qoida ulki, podshoh va amirlar o‘ziga ravo ko‘rmagan (yomon) ishni hech
musulmonga ravo ko‘rmag‘ay. Agar o‘ziga ravo ko‘rmagan yomonlikni ra’iyatga ravo
ko‘rsa, Haq taolo dargohida xiyonatkor bo‘lur. Hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni soyada
o‘tirur edilar. Jabroil alayhissalom keldi va aytdiki: «Yo, rasululloh, o‘zingiz soyada o‘tirib,
sahobalar oftobda o‘tirmog‘ini ravo ko‘rurmusiz?» Hazrat rasulalloh (shundan so‘ng
sahobalarni soyaga o‘tqazib) aytdilarki:
«Kim do‘zax o‘tidan xalos bo‘lmoqni va behishtga kirmoqni istasa va o‘lar vaqtida kalimai
tayiba («Lo iloha illalloh, Muhammadun rasululloh») tiliga kelmog‘ini xohlasa o‘ziga ravo
ko‘rmagan ishni hech musulmonga ravo ko‘rmag‘ay.
Ikkinchi qoida ulki, dodxoh (muhtoj) va hojatmandlarni haqir ko‘rmagayki, xatari
azimdur. Agar hojatmandning hojatini ravo qilmoq mushkul bo‘lsa ham vojib va
savoblidur. Va barcha nafl ibodatdan hrjat ravo qilmoq afzalroqdur. Umar ibn Abdulaziz
(Umaviylarning uchinchi xalifasi - red.) r.a. xaloyiq ishig‘a mashg‘ul erdilar. To namozi
peshingacha. Ersa malol bo‘lib (charchab) biror soat orom olishga uyiga kirdi. O’g‘ullari
dedilar: «Ey, padari buzrukvor, o‘limdan emin (erkin) bo‘ldingizmuki, bir guruh
hojatmandlar sizni intizor kutib turibdilar va siz esa rohat va ayshingizg‘a mashg‘ul
bo‘lg‘aysizki, (agar o‘sha hojatmandlarning hojatlari ravo bo‘lmay, bu olamdan ketib
qolsangiz) Haq taolog‘a nima deb javob berursiz?»
Umar ibn Abdulaziz bu so‘zning ta’siridan beixtiyor sakrab turib, xalq oldiga chiqdilar.
Uchinchi qoida ulki, nafsini dunyoviy lazzatlarga odat qildirmag‘ay. Chunonchi, yaxshi
(chiroyli, qimmatbaho) egin kiymoq va lazzatli taom yemoqni odat etmagayki, qanoatsiz
odam adl (adolat) qilishi mumkin emas. ,
Hazrati Umar (Foruq) r.a. hazrat Salmon Forsiy r.a.dan so‘radilar: «Mening holimdan hech