www.ziyouz.com кутубхонаси
217
qildik». Haq taolo aytur: «Sizlar mendan rahmliroq bo‘ldinglarmuki, farmonimga
bo‘ysunmadinglar».
Huzayfa r.a. ayturlar: «Hech mutasaddiyni yaxshi, yomon demasmanki, agarchi yaxshi
bo‘lsa ham». Aytdilar: «Nima uchun yaxshi demassan?» Aytdilar: «Hazrati rasul
alayhissalomdan eshitibdurman: «Qiyomat kuni hamma mutasaddaylarni Sirot ko‘prigidan
o‘tkizurlar; Pulisirotga farmon bo‘lurki, javru sitam birla hukm qilg‘uvchini va rishva (pora)
oluvchini, ikki da’vogardan faqat birining so‘ziga quloq sOltuvchini (ustingdan) tashlagil!
«Sirot qo‘prigi bularni silkib, (chohga) tashlar». Yetmish yildan so‘ngdo‘zax
qa’rigatushganlarningovozi va sharpasi eshitilur.
Xabarda kelibdurki, Dovud alayhissalom xaloyiqning xushnudligi va noxushnudligini
anglamoquchun ba’zi vaqtlarda liboslarini o‘zgartirib, bozor va ko‘chalarda yurib, xaloyiqtsan
so‘rar edilarki, «Dovud nechuk kishidur?» Bir kuni shu tariqa so‘rab yurgan edilar, Jabroil
alayhissalom odam suratida bo‘lib, yuzma-yuz keldilar. Podshohso‘radi «Dovud qanday
odam?» deb. Jabroil alayhissalom aytdilar: «Xo‘b odamdur, agar Baytul-moldan yemay
(davlat hisobidan yemay), o‘z kasb-hunari bilan topgan halol luqmasini yesa».
Dovud alayhissalom ibodatxona mehrobiga kirib, yig‘lab, duo qildiki,
«Parvardigoro, menga hunar o‘rgatgilki, o‘z meqnatim va kasbimdan topganimni
yegayman». Ersa, Haq taolo unga Zirhgarlik (temir, po‘latdan sovut, dubulg‘a kabi jang
kiyimlarini yasash)dan ta’lim berdi.
Hazrati Umar r.a. kechalarda podshohi shabdek shaharni aylanur edilar, toki mazlum va
miskinlar holiga yetgaylar. Aytur edilarki, agar biyobonda qo‘yni bo‘ri yesa, qo‘rqarmanki,
qiyomat kuni oni mendan so‘rog‘ qilurlar. Abdulloh ibn Umar aytur: «Hazrati Umar
vafotlaridan keyin duo qilur edimki, tushimda ko‘rgayman. Ersa o‘n ikki yildan so‘ngtush
ko‘rdimki, Umar r.a. alhol g‘usldan forig‘ bo‘lib chiqqandek ko‘rindilar. Aytdimki, «Ey,
amiral-mo‘‘miniyn, Haq taolo sizga ne qildi?» Aytdiki, «Yo, Abdulloh, men sizlarning
qoshingizdan ketg‘animga necha yil bo‘ldi?» Aytdilar: «Un ikki yil bo‘ldi». Hazrati Umar
aytdilar: «To shu vaqtacha hisob oldilar, qo‘rqdimki, holim xarob bo‘lg‘ay: Haq
taoloning rahmliq sifatidan najot topdim».
Bilgilki, hazrati Umarni dunyolig‘ jihatidan bir daraxtdan o‘zga hech nimarsalari yo‘q
erdi. Bas, ul podshohi oliyning holi mundog‘ bo‘lsa, o‘zgalarning‘ holi nechuk
bo‘lg‘usidur?
Xoja Munzir Jumhur elchi ila yubordiki, hazrat Umar r.a. holini bilib kelg‘ay. Elchi
Madinaga borib so‘radiki, «Podshohinglar qaydadur?» Aytdilarki: «Bizning
podshohimiz yo‘qtur. Xalifamiz borki, darvozaning tashqarisiga chiqibdur». Ersa, elchi
izlab topdiki, daraxtni boshiga qo‘yib yotibdur, peshonalaridan ter oqib, yerni ho‘l qilibdur.
Elchi bu holni ko‘rib, ko‘ngliga bisyor asar qildi. Dilida aytdiki: «Ro‘yi zamin podshohlari bu
kishidan tarson va xaybatidan larzon bo‘lg‘ay, bu kishining holi bu bo‘lg‘ay. Haqiqatan
odildurki, mundog‘ emin-erkin va osudalig‘ birla uyqulabdur. Bizning podshohlarimiz zolim
va jobirdur, kechalari xilvatxonalarida vahshat-qo‘rquvdan orom bilan uxlay olmaslar.
Guvohlik berurmanki, bu kishining dini barhaqva rostdur. Agar elchilikka kelmagan bo‘lsam
edi darhol islomga iymon keltirur edim. Bu voqeani Abu Munzir Jumhurga yetkizib,
qaytib kelib, iymon keltirgayman».
Bas, mutasaddiylik ishi bisyor xatarnokdur. Va amirlar ul vaqt salomat bo‘lurki, olimlar
xizmatida bo‘lg‘ay, toki olimlar unga shariatni o‘rgatgay. Amirlik va voliylik (viloyat
hokimligi) xatarlaridan ogoq qilg‘ay.
Sakkizinchi qoida ulki, ulamo suhbatini mutasaddiyn suhbatidan g‘animat bilgay. Ul
olimki, dunyoga xarisdur, oning suhbatidan hazar qilg‘ayki, ta’rif va sitoyish qilmoq
(ziyoda maqtamoq) birla amirlik podshohlikdan foyda izlar va yo ularning qo‘lidagi
harom mol, dunyodan makr va hiyla bilan olmoqni maqsad qilur. Va olimi dindor ul