www.ziyouz.com кутубхонаси
216
gadoki, mutakabbir va lofgo‘y (yolg‘onchi) bo‘lsa.
Sahobalarga aytdilarki, «Yaqin orada mashriq va mag‘rib taraflar fath bo‘lib, dini islom muzaffar bo‘lur. Ammo aksar podshoh va amirlar do‘zaxga kirar, magar ul toifaki, Xudoi taolodan qo‘rqsa va taqvo tariqini tutsa va mazlumlarni zolimlardan himoya qilsa, do‘zaxdan xalos bo‘lurlar». Yana aytibdurlar: «Podshoheki, Haqtaolo anga ra’iyatni topshiribdur, agar ul
ra’iyatga g‘amxo‘rlik qilmasa, rahm-shafqatni bajo keltirmasa, Haq taolo anga
behishtni harom qilur». Yana aytibdurlar: «Haqtaolo kimni xalqg‘a mutasaddiy
(rahbar) qilibdur, ul mazlumlarning ahli ayoliga (oilasiga) qaraganday nigoqbonlik,
g‘amxo‘rlik qilmasa, aytg‘ilki, o‘ziga do‘zaxdan joy hozirlabdur». Yana aytibdurlar:
«Ummatlarimdan ikki toifa qiyomatda mening shafoatimdan mahrumdurlar. Biri -
zolim podshohlar, yana biri - mubtadiyki. aning bid’atidan (yangi qonun-qoidalaridan)
islom diniga xalal yetgay». Va aytibdurlar: «Qiyomat kunining qattiqazobi zolim
podshoh va zolim amirlargadur».
Besh toifadurki, Xudoning g‘azabiga giriftor bo‘lurlar. Haq taolo agar xoxlasa, bu
olamda jazo va sazo berur; xohlasa do‘zaxga solur: Avval (1) qavmki, begunoh qul va
xizmatkorlariga zulm va ta’addi (g‘azab, do‘q-po‘pisa) qilurlar. Ikkinchi, ul hokimki,
ra’iat aning hukmi va farmonini tutg‘ay, ammo rahbar ularga adolat va g‘amxo‘rlik
qilmag‘ay. Uchinchi, kishi (boshliq bo‘lganidan kibrlanib) ahli ayolini toat-
ibodatga (musulmonchilik odoblariga) targ‘ib qilmag‘ay, shariat ilmini halol va
haromni ajratishni, farqlashni o‘rgatmagay (buni o‘zi ham bilmaydi). To‘rtinchi,
kiraga mardikor olsa, xizmatini tamom qilganidan keyin haqini to‘liq bermas. Beshinchi,
rahbar xotinining va farzandlarining haqqini bermay zulm qilsa.
Hazrati Umar r.a.ga janoza namozini o‘tamakga turib edilar, kimdir kelib, hazrati
Umarning oddilariga o‘tib, namozga turdi. Namozdan forig‘ bo‘lib, o‘likni dafn qildilar, ul
kishi go‘rga qo‘lini qo‘yib, aytdiki, «Ey, bori Xudoyo, agar bu odam senga osiy bo‘lgan
bo‘lsa, azob qilmoqg‘a qodirsan va agar rahm qilsang, bu odam rahmatingga mux^ojdur.
Saodatmandsan, ey murda, hargiz podshoh va amir emas eding, g‘avg‘ochi (ig‘vogar)
va navisanda (birovlarning ustidan yozg‘uvchi) emassan, - deb g‘oyib bo‘ldi. Uni
izladilar, topmadilar. Hazrati Umar r.a. aytdilarki, bu odam hazrati Iso alayhissalom
edilar».
Rasul alayhissalom aytdilarki, «Voy podshoh va amirlarning holiga, voy a’moli
navisandalar holigaki, qiyomat kuni ularning gisulari - sochlaridan osib, azob qilurlarki,
hech xayrli amallari bo‘lmas. Va yana aytibdurlar: «Mutasaddiy (boshliq) bo‘lishdan
ehtiyot bo‘linglarki; ularni qiyomatda g‘ul-zanjirlar bilan bog‘lab keltirarlar. Agar amali
xayr qilgan bo‘lsa, xalos bo‘lur, yo‘q esa qo‘l-oyokdariga zanjir solurlar».
Hazrati Umar r.a. aytdilarki: «Voy, ro‘yi zamin mutasaddiylarigaki, osmon va
zamin podshohidan (Haq taolodan) na uqubatlar ko‘rgusidurlar. Va agar elga
adolat qilgan bo‘lsa, va shariat hukmlarini pas tutgan (buzmagan) bo‘lsa, nafs
xohishiga qaramagan bo‘lsa, xushomadlarga uchmagan bo‘lsa, rahbardan qo‘rqib va
yoki sovg‘a umidi bilan hukm qilmagan bo‘lsa, oyatlar va hadislarning mazmuniga
qarab hukm qilgan bo‘lsa, najot topg‘usidur».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Qiyomat kuni podshoh, amir va mutasaddiylarni
keltirurlar. Haq taolo aytur: «Sizlar, qo‘ylarimning qo‘ychisi (cho‘poni) va zamin
mamlakatlarining xazinachisi edingizlar, nima uchun bandalarimga ranju uqubat
yetkazdinglar? Ayturlar: «Ey, Xudovando, g‘azabingdan qo‘rqutdikki, agar biz ularga siyosat
va uqubat qilmasak, senga nofarmonliq qilur edilar». Haq taolo aytur: «Nima uchun sizlarning
g‘azabinglar mening g‘azabimdan ilgari bo‘ladur? Va bir guruh odamlarga xitob bo‘lurki, «Nima
uchun azob-uqubatni nisabiga yetkurmasdan qildinglar?» Ayturlarki: «Parvardigoro, rahm