Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

O’NINCHI ASL 
Podshohning raiyat ahvolidan xabar olmog‘i va mutasaddilar tariqati 
Bilg‘ilki, (xalqg‘a yo‘lboshchi) mutasaddi bo‘lmoq ulug‘ ishdir. (Podshoh) 
Xudoi taoloning yerdagi xalifasidur, o‘z o‘rnida Yer yuzida bandalariga adl va 
ehson qilmoqg‘a ta’yin qilgan kishidur. Va gar podshoh adl va shafqatdan xoli bo‘lsa, 
u Alloh taoloning Yerdagi xalifasi ekailigini bilmaydi va hech sababsiz fisq va fasod 
bilan shug‘ullansa, undan ulug‘roq zolim yo‘kdur. Bas, mutasaddi bo‘lmoqning asli 
ilm va amaldurki, mutasaddilik ilmi daroz-katta ilmdur. Oncha kerakligini 
muxtasar bayon qilurman. 
Bas, mutasaddi bilg‘ayki, Haq taolo uni bu olamg‘a nima uchun yuboribdur va 
qarorgohi na yerdadur? Va dunyo unga manzilgohdir, qarorgoh emas. U ham bu 
dunyoda musofirdurki, onasining rahmi (bachadoni) uning avvalgi manzilidur va lahad 
(go‘r) uning oxirgi manzilidur. Vatani o‘zgadurki, behisht yo do‘zax ekanini Xudoi 
taolodan o‘zga hech kim bilmas. 
Va har yil, har oy va har kun o‘tadur, bu marhala va manzildan o‘tib, oxiratga 
yaqinlashadur. Dunyo bir ko‘prikka o‘xshashdur, hamma kelganlarning o‘tar yo‘lidur. Kishi 
ko‘prik ustida imorat qilib, yashamoqni xohlasa, kamoli aqlsizlikdur. Balki oqil 
uldurki, dunyo manzilgohida oxirat uchun zodi roq (yo‘l ozig‘i) topishdan o‘zga 
ishga mashg‘ul bo‘lmag‘ay. 
Dunyolikning qojatidan ziyodasini istamagay va to‘plamag‘ayki, ziyodasi zahri 
qotildur. Harchand mol-dunyo jam’ qilgan bilan hojatidan ziyodasini o‘lar vaqtida zarrasini 
ham u dunyoga olib ketolmas. Mol-dunyoning ko‘pligi o‘lar vaqtda qasrat va nadomatga sabab 
bo‘lur va jon bermakni qiyin qilur. Mabodo, bu mol, dunyo halol bo‘lsa. Ammo, haromdan 
jam’ qilgan bo‘lsa oxiratda azobining poyoni yo‘kdur. 
Bas, inson dunyo huzur-qalovatidan o‘zini tiymog‘i mushkuldur. Ammo, kim bu besh 
kunlik dunyoning ranju mashaqqati bilan topiladigan ne’mat omonatligini va oxirat 
ne’matlari bitmas-tuganmas ekanligini aniq bilsa, bu foniy olamning ranj va 
mashaqqatiga sabr qilmog‘i osondur. Chunonchi, kishi ma’shuqaning ishqiga giriftor 
bo‘lsa, aning visoliga bir kecha muyassar bo‘lmog‘i muqarrar bo‘lsa, ul oshiqqa 
desalarki, agar bu kecha ma’shuqa vaslidan o‘zingni tiyib, bu hijron firoqiga sabr 
qilsang, bir necha yildan so‘ng ul ma’shuqani bir yo‘la senga topshirurlarki, na raqib 
chashmi zahridan asar, na xayru begona sharru-shuuridan jabr bo‘lg‘ay, diling 
xohlag‘ancha ayshu ishratga mashg‘ul bo‘lg‘aysan. Bas, bu ishq yuz ming kecha 
ayshu ishratning umidida bir kechaning ranju firoqig‘a sabr qilmog‘i osondur. 
Bas, dunyoning ming kecha, kunduzi oxiratning bir soatiga teng bo‘lmaski, oxirat 
soati muddatining poyoni yo‘qtsur. Agar faraz qilsangki, yetti qavat osmon va yetti qavat 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin