www.ziyouz.com кутубхонаси
225
Chun va chiguna? - qanday, nima uchun?
Chunu chandiyat - qanday qilib, nima uchun shunday, degan savollar moddiy va
o‘tkinchi narsalar haqida aytiladi. Abadiy mavjud Haqtaolo haqida bunday savollar berish
ahmoqlik va kufr hisoblanadi.
Kavn, koinot - Yer, Quyo, yulduzlar, olamlar. Vojibul-vujud - abadiy mavjud Haq
taolo.
Muqtado - boshlovchi.
Ma’mur - boshqaruvchi.
Tiyra - xira, qorong‘u.
Aloyish, loyish - bulg‘anish, ifloslanish.
Asfalasofilin - tubanlik, rasvolik, do‘zahga ketish.
A’loi illiyin - Haq dargohiga yaqinlik.
Chahorpoy va bahoyim - to‘rt oyoqli va boshqa hayvonlar.
Maliki subhon - Poklik egasi, Haq taolo.
Mujohada - g‘ayrat, shijoat.
Riyozat - mashaqqat chekish.
Ihsosiyat - xissiyotlar.
An’voi - nav’lari turli-tuman.
Avsofi hamida - maqtovli sifatlar.
Sifoti zamima - yomon, aybli sifatlar.
Bekiyna - musaffo.
Buhil - bahillik.
Maloika - farishtalar.
O’moli zohiriy - tashqi, moddiy xatti-harakatlar.
Zohiriyat - yuzada ko‘ringan sifatlar, xususiyatlar.
Muxlikot - insonni oxaratda do‘zahga eltib, xalok etuvchi, aybli, illat-li, gunoh ishlar, aldov,
dag‘allik, jabr-zulm, munofiklik, ochko‘zlik va h. k.
Munjiyyot - insonni oxiratda jannatga eltuvchi, hayrli ishlar - meho-muruvvat, rahm-
shafqat, sofdillik, bag‘ri kenglik, vafo, sadoqat, sahovat, kamtarinlik va h. k.
Batahqiq - haqiqatda.
Yovuq - yaqin.
G’alat - xato.
Izzo, izo - birovga g‘azab qilish.
G’arib - g‘alati, g‘aroyib yoki za’if.
Jamoli bezavol - abadiy go‘zallik.
Avsof - sifatlar.
Saodat tuhmi - yaxshilik urug‘lari.
G’izo - yemish.
Xoslar - Haqqa yetishganlar va yaqinlikka intilib pokiza yashovchilar.
Behishti jovidon - abadiy jannat. Olami shahodat - ko‘zga ko‘ringan olam. Azza va jalla
- eng aziz va buyuk.
Dargohi Ahadiyat - yakka, yagona Alloh dargohi. Foniy - yo‘qoluvchi, o‘tkinchi.
Hoja olam - Haq taolo.
Ofarida - yaratmoq, paydo qilmoq.
Araz - o‘zgaruvchi sifat.
Javhar - (substantsiya) har xil mavjudot va hodisaning asli.
Masnu’ot - yasalgan, paydo qilingan moddiy narsalar. Idrokot - anglanuvchi narsalar.
Qattiq va tundho‘y - qo‘pol, dilozor, takkabur. Havos - xislar, tuyg‘ular.
Markab - ulov, ot, arava.