www.ziyouz.com кутубхонаси
228
haq deb bilsalar-da, ba’zi aklan va ruhan ko‘r odamlar o‘zlarini shu payg‘ambarlardan
aqlliroq deb o‘ylaydi.
Mulhid, lahad, holidun so‘zlari arabchada yaxshilar jannatda, yomonlar do‘zaxda abadiy
qolishlarini anglatadi. Bu yerda mulhid - do‘zaxda abadiy qoluvchi ma’nosida.
«Ajziga rasuling o‘lsa iqror ...» - ya’ni, Haq taoloning cheksiz ulug‘ligini xatto
payg‘ambarlarham madhetishga ojizligini tan Oltanlar.
«Lutfing qo‘li tutmasa qo‘limni, shayton la’in ozdirur yo‘limni» -
ya’ni, shayton
yo‘ldan ozdirgan zolim, yovuz, poraxo‘r, raxmsiz,takabbur odamlar Xudoning lutfu
marhamatidan ayrilgandir.
«O’zlik yukidin xalos aylab» - bu yerda o‘zlik nafsoniyat, shaxsiyatparastlik, o‘zim
bo‘lay deb yashovchi xudbinlik ma’nosida kelgan.
Masqal - sayqallovchi asbob. Bu yerda ruhni sayqallash. poklash haqida.
Xarimi ma’man - iymonning muqaddas saroyi.
«Mayi jigarxun» - jigar qoniday mayni nush etmoq -jigar bag‘ri ezilgan, mashaqqat
chekkan odamlarning yuksak maqomini anglatadi.
Savti bulbul - sayroqi qush honishi, nola-fig‘oni.
Ahdi nikoh - oila qurish uchun nikoh «arqoni» bilan bog‘lanish, shartnoma.
Mutasaddiylar - turli darajadagi rahbarlar.
Til ofati - odamning boshiga yomon so‘zlari va shunga muvofiq yomon ishlaridan
do‘zahga yetaklovchi ofat yog‘iladi.
Xavf va rajo (umid) - har bir inson gunoh, yomon ishlari uchun do‘zahga tushishdan
havfsirab, yaxshi ishlari uchun Xudoning marhamatiga umid qilib yashashi-go‘zal
xislatdir.
Ahli sunna val jamoa - musulmon dinida sahobalar va tobe’inlardan iborat hurmatli
ulamolar e’tirof etgan to‘rt mazxab (molikiya, xanbaliya, shofeiya, xanafiya)dan iborat
shariat ahkomlariga amal qiluvchi mo‘min musulmonlar.
Kalom ilmi - falsafaning eng muhim masalalarida (tavhid- Allohning birligi, sherigi
yo‘qligi), tanzih –pokligi, muqaddasligi, Qodirligi, Olim va Fozil, Jabbor, Sattor, G’affor
va G’afur. Aziz va Jalil (jaloliyat - buyuklik egasi), Rahmon va Rahim ekanligini, borliq
olamni va ma’rifat, dialektik (mujodala) baxs, munozara yo‘li bilan ravshan bilish
mumkinligini talqin etuvchi ilmiy-falsafiy oqimi. Kalom ilmining mu’tazila oqimi Xorun
ar-Rashid, al-Ma’mun, al-Mu’tasim, al-Vosiq davrlarida keng shuhrat qozongan
(800-847). Xalifa al-Mutavakkil (847-861) davrida mu’tazila oqimi ta’qibga uchradi
(Qur’onning mazmuni yoki abadiy, azaliyligi, degan masalada).
Abul Hasan al-Ash’ariy va Abu Mansur al-Moturudiy kachom ilmi shariatga
muvofiqekanligini ilmiy dalillar bilan isbotladilar. Al-ash’ariya bilan mu’tazila o‘rtasida
baxs-munozara borsa ham, aslida har ikkisi falsafa ilmiga yaqin edi. Forobiy, Ibn Sino,
Abdul Karim Shahristoniy, Fahriddin Roziy, Umar Xayyom, G’azzoliy, Nasriddin Tusiy -
sharh arastuchilari davrida kalom ilmi sof falsafaga yanada yaqinlashdi. Bunga ayniqsa
inson va olam, jamiyat va ahloq, ma’rifat va ma’naviyat sohalarini chuqur tadqiq etgan
Abu Homid Zayniddin G’azzoliyning asarlari juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Kalom ilmi al-
Bayzaviy (vaf. 1286), Mas’ud Taftazoniy (vaf. 1390), Sayyid Sharif Jurjoniy (vaf. 1413),
Jaloliddin Davvoniy (vaf. 1501) va boshqalar tomonidan yanada rivojlantirildi.
Vojibul vujud - azaliy va abdiy mavjudligi vojib, zaruriy, birligi. yakkaligi barcha
olamlarga egaligi, barcha mavjudotlarga yaxshilik tilashi, yomonlik qiluvchilarni
jazolashi, yaratguvchi, Sone’ (sanatkor), Mudabbir (barcha mushkulotlarga tadbir
topuvchi) ekanligi.
Muhyi - hayot beruvchi.
Mumiyt - jonni oluvchi. o‘ldiruvchi.