www.ziyouz.com кутубхонаси
229
Hayy - abadiy tirik.
Lo yamut - hech qachon o‘lmaydigan.
Yaqzon - mangu uygoqzot ekanligi barhaq, mangu mavjudligi uchun sababchi bo‘lgan
zotdir. (Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri»).
«Holiq maxluqning sifatida emasdir» - ya’ni, Haq taolo o‘zi yaratgan jonli va jonsiz,
aqlli va aqlsiz mavjudotlar kabi: kamayish, o‘zgarish, rangi, shakli, hajmi o‘zgarish,
yemirilish, ifloslanish yoki yo‘qolish kabi xususiyatlardan holi, pokdir.
Munazzax - musaffo.
Tag‘yir va tabdil - o‘tkinchi mavjudotlarga xos bo‘lgan o‘zgarish, o‘rin almashuv
xususiyatlari.
Ilmning farzligi - islomiy shariatda musulmonlar uchun ilm olish taot-ibodat kabi
farzdir.
Amr va nahiy - tangri buyurgan yaxshi fe’llar va qilma deb,
man’ etgan yomon ishlar.
Ma’siyat - yomon fe’llar, gunohlar.
Shaqovat - jabr-zulm, poraxo‘rlik, sudxo‘rlik (pul qarz berib, foyda olish), o‘g‘rilik
kabi gunoh ishlar.
Mubosharat - eru xotin qo‘shiluvi. Mazluma - ko‘chma ma’noda: muloyim, yuvosh.
jabrdiyda ayol.
Parhiz (parhez) - ziyon keltiruvchi taomlardan, kufrga. do‘zahga eltuvchi yomon
fe’llardan saqlanish.
Muttaqiylar - Haq yo‘lda, sof vijdon, pok iymon bilan doimo halol yashovchilar.
Mujtahidlar - ilm, ma’rifatda kuchli, shijoatli olimlar.
Zikr - Haq taoloning go‘zal va ulug‘vor sifatlarini yod etish shariatda ham, tariqatda
ham yaxshi ibodat, fazilat hisoblanadi.
«Yaxshi amallar tahoratda ehtiyotdan muhimroqdir» - tahorat mukammaligini ko‘p
o‘ylashdan ko‘ra yaxshi savob ishlarni qilish muhimdir.
Ruhsat, muboh - ilojsizlikdan bajarish mumkin, lekin maqtovli. mustahab bo‘lmagan
ba’zi ishlar. Masalan, ko‘p o‘qishga qiziqib, tahoratni chala qoldirish, ochlikda ba’zi
narsalarni yeyish, suv yo‘qligida tayammum - qo‘lni qum, tuproq bilan artish kabi.
Makruh - nojoiz, nopok ishlar.
Riyo - tilda boshqa. dilda boshqa o‘ylash, munofiqlik, yomon ishlarni yashirib, o‘zini
yaxshi ko‘rsatish, vatan, millat, xalq uchun deb turib, faqat o‘z ma’nfatini o‘ylash.
Tahorat ehtiyotlari - namoz tahoratsiz, pokiza yuvinmay turib, o‘qilmaydi. Bu yerda
ehtiyotlar deganda tahoratni eng kichik shartlarigacha bajarish tushuniladi. Lekin,
sahobalar iymoni pok bo‘lgani holda ba’zi ehtiyotlarga rioya qilmaganlar. Chunki,
musulmonning halol tirikchilik uchun qilayotgan mehnati, yaxshi, savob amallari
ehtiyotdan muhimroqdir.
Junubat - eru xotin aloqasi sababli g‘usl - cho‘milish namoz shartlaridan biridir.
Qiyomatda hisob berishda farishtalar bandaning qilgan ishlari (amal) yozilgan daftarni
o‘ng tomondan uzatsa - jannatiylik alomati, chap tarafdan uzatsa - do‘zahiylik alomati
hisoblanadi.
Badan tahoratidin dil tahorati - tozalanishi muhimroq, boisi - dilga Haq taolo nazari
tushadi.
Tayammum - suv yo‘q joylarda tuproq bilan taqorat qilish ilojsizlikda mumkin
hisoblanadi.
«Namoz behishtning kalididir» - ko‘ngli toza, birovga yomonlik qilmaydigan
odamlarning namozi jannatga yo‘l ochadi.
«Sami’allahu li man hamida» - «Xudoga hamdu sano aytganlarni xudoyim eshitadi va