www.ziyouz.com кутубхонаси
230
undan rozi bo‘ladi (agar gunohi ko‘p bo‘lmasa).
Hasan Basriy - sahobalarning tarbiyasini Oltan aziz avliyolardan biri, uning va’zini ming-
ming musulmonlar eshitgan. (F. Attor «Tazkiratul-avliyo»).
«Ro‘yi dil» - qalban yuzni Ka’baga qaratish.
Xushu’ - namoz o‘qiyotganidan quvonish.
Gunohning kafforati - bilmasdan xato qilgan odam buning jarimasiga yaxshi, savob
ishni bajarishi.
Nafl namozi - farz va sunnatga qo‘shimcha istalgan vaqtda o‘qiladigan ixtiyoriy
namoz - ibodat.
Iqtido qilmoq - muqtado imomga ergashib ibodat qilmoq.
Tasbih - «Subhonalloh» (Alloh pokdir).
Tamjid - «Innaka hamidu-m-majid» (Albatta, u (Alloh) bukjdir) demoq.
Zakot - har bir musulmon shaxsiy boyligi - yer-suvi, dala, bog‘i. chorvasi va hakazo
daromadlaridan qirkdan bir qismini bir yilda bir marta umum qavmdoshlari uchun hayr
ehson, saxovat tarzida berib turish farz hisoblanadi.
Fitr zakoti - besh xil zakotning biri, odatda muqaddas ramazon oyida va hayit (iyd)
kunlari ilm ahliga va muxtojlarga hayr-ehson, sadaqa tarzida beriladi.
Soyil - so‘rovchi, tilanchi, gado, darvesh.
Daqiq. ko‘pligi laqoyiq - nozik ma’nolar.
G’aniy - boy. badavlat odam.
«Ehson qiluvchi darvesh ...» - boyning sadaqasini olishga rozi bo‘lgani uchun darvesh
boyga jannat yo‘lini ochgan hisoblanadi. Shu bois darveshlar boylardan hurmatlirokdir.
«Xabarda kelibdurki ...» - forsiygo‘y xalqlar payg‘ambar hadisi - so‘zlarini axbor, xabar
deydilar.
Po‘shida - yashirin, yopiq.
Riyo - munofiqlik, yomonlikni yaxshi ko‘rsatmoqqa urunish.
Ahli bayt - rasullohning oila a’zolari.
Ro‘zaning sunnatlari - farzdan so‘ng keladigan odat, ishlar.
E’tikof - Xudo yo‘liga mashaqqat tortib, uyi, oilasini vaqtincha tark etib, masjid,
qabriston yoki boshqa joyda bir necha kun yashab turish.
«Tashnalik va ochlikdan o‘zga nasiba bo‘lmas» - birovlarga yomonlik qiluvchilarning
ro‘zasi qabul bo‘lmaydi ma’nosida aytilgan.
Qazo va kafforat - namoz vaqtida o‘qilmasa yo zakot, sadaqa vaqtida berilmasa yo
ro‘za biror kun tutilmay qolsa (ya’ni qazo qilinsa) evaziga, uzri uchun qilish zarur,
vojib bo‘lgan savob ishlar: bir qulni ozod qilish, kambag‘al, muhtojning qarzini
to‘lab yuborish va yo bechora, miskinlarga taom berish, o‘z aybini yuvish.
Imsok - namoz yoki ro‘zani qazo qilgani, bajarmay qOltani uchun kafforati, ya’ni aybni
yuvish uchun savob ishlar qilib, yomonlikdan saqlanish.
«Bir kun ro‘za tutib, bir kun yemak» - rasululloh boshqa sahobalarga ibrat bo‘lsin
deb, ba’zi kunlari ro‘za tutmay. qazosiga miskinlarga iftorlik qilib berar ekanlar.
«Kishikim, bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga jazo yo‘qtur» - bu yerda sahobalar
kabi sofdil, kamtarin. sahovatli, iymoni kuchli odamlarning haj ziyorati haqida so‘z
boradi. 600 ming ziyoratchidan faqat 6 kishining haji qabul qilingani voqeasini eslang.
Hojiyi haramayni - Makkai mukarrama va Madinai munavvara hojilari. Hazrati
musannif, ya’ni Muhammad Abu Homid G’azzoliy. Tavfiq - yomon ishlardan o‘zini
tiyish. insofli, sof vijdonli bo‘lish.
Ahmad r.a. - imom Ahmad Hanbal
«Munofiq Kur’onxon» - Qur’on o‘qib. Haq taoloniig amr-farmonlariga, muqaddas
so‘zlariga amal qilmay. yomon fe’l, ishlarini davom ettiruvchilar.