Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
227
tuxmat, hasadgo‘ylik, chaqimchilik, xaromxo‘rlik va h. k. 
Gunohi sag‘ira - kichik, yengilroq gunohlar: dangasalik, yalqovlik, beg‘amlik, 
dag‘allik, hasislik, sabr-toqat kamligi, do‘stlarga, qarindoshlarga beparvolik va h. k. 
Zodi roh- oxirat yo‘lining ozig‘i, ya’ni, savob, hayrli, olijanob ishlar, go‘zal xulqlar. 
Fasod-aynish, ruhan chirish yemirilish, odatda ba’zi amirlar, xokimlar va boshqalar, yana 
ba’zi boy badavlat odamlarga xos illatlar. 
G’aflat - yaxshi, savob ishlardan xabarsizlik g‘aflat ahli og‘ir gunohlarga botadi. 
Dil g‘izosi (taomi) - go‘zal xulqlar, savobli ishlar, ilm-ma’rifat. 
Xorut va Morut - Qur’onda tilga olingan ikki farishta. Bular go‘zal Zuhrani zinokorlikka 
majbur qilmoqchi bo‘lganlar. Zuxra Xudoga iltijo qilganida, u osmonga parvoz qilib, 
yulduzga aylangan. Xorut va Morut og‘ir gunohlari uchun Bobildagi chuqur choqga oyog‘i 
osmondan qilib osib qo‘yilgan. 
Malakul-mavt - Azroil, o‘lim farishtasi. 
Ruhi insoniy - modda, shakl, hajm, rang yoki vaznga muhtoj bo‘lmagan, abadiy 
yashaydigan, sira o‘lmaydigan ruh. Vujud, badan o‘lganida insoniy ruh qafasdan qutilib. 
ozodlikka chiqadi. 
Vahiy - payg‘ambarlarga Alloh tomonidan yetkaziladigan amr-farmon, Qonun-Qoida, 
pand-nasihatlar. 
Bovar qilmoq - ishonmoq. 
O’zligini tanimoq- insonlar aslida o‘zini farishtalarga yaqin, Allohga sevimli, barchaga 
yaxshilik tilaydigan, hech kimga yomonlik tilamaydigan, gunoh ishlar qilmaydigan 
sofdil xilqat ekanligini, ya’ni asl o‘zligini bilmaydi. Komil insonlar bundan mustasno. 
Baxllik, zinokorlik, munofiklik, aldov, qotillik, o‘g‘rilik kabi gunoh ishlar aslida devlar va 
shaytonlarning odatidir. Ba’zilaro‘zining insonligini unutib, devlar va shaytonlar kabi 
yovuzlik qiladilar. 
Fuqaho - faqihlar, musulmon xuquqshunoslari. Mutakallim - kalom ilmi sohibi. Ahli 
basirat - qalb ko‘zi ochiq insonlar. 
Ahli taqlid - tushunmasdan yomonlarga taqlid qilib yashovchilar. 
Xashr - mahshargoh. 
Ba’as - qiyomatda tirilmoq. 
Maod - ruhning o‘z joyiga qaytishi. 
O’lmak birla botil bo‘lmas - inson vujudi o‘lgach, ruhi erkin parvoz qiladi va 
fazilatlarini yo‘qotmaydi. 
«Bu dunyo - mo‘minlarning do‘zahi va kofirlarning jannatidur» - hadisning ma’nosi: bu 
dunyoda birovlarni aldab, jabr-zulm qilib, qiynab, mol-mulk, boylik topuvchilar, ya’ni 
do‘zahiy odamlar jannatda yashaganday rohatlanadilar, lekin abadiy hayot, oxiratda 
do‘zah azoblarini tortadilar. 
Ruhiy (ruhoniy) do‘zax,- jismoniy azob ham og‘ir, lekin ruhazobi jonni o‘rtaydi, ya’ni, 
undan omonlik yo‘q. 
«Qiyomat kuni suvrat ma’noga tobe’ bo‘lg‘usidur» - ya’ni, qiyomatda har qanday ayyor, 
makkor odam o‘zining yomonligini, do‘zahiyligini yashirolmas. 
Ahli ma’rifat va ahli toat - ma’noga ko‘ra, ma’rifat hosil . qilish taot-ibodat qilish 
bilan barobardir. X,am ma’rifat, ham ibodat bo‘lsa - nur ustiga a’lo nurdir. 
«Rux insonning x.aqiqatidur» - ya’ni, odam tilida ming chandon ajoyib so‘zlar aytib, 
xalqni aldasa ham. ruh yomonligi, majruxligini, Alloxdan va sofdil odamlardan 
yashirolmaydi. 
Ma’qulot - aqliy bilim, tushunchalar. Asl aql - ayyorlik va yovuzlikda emas, balki 
Xaq taologa xush keladigan savob ishlarda ko‘rinadi. 
«Bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar...» - shunchalik dono insonlar Alloh, oxiratni 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin