|
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat
www.ziyouz.com кутубхонаси
223
jonlashtirish») asarida «Kimyoi saodat» kitobida muhokama qilingan diniy, ahloqiy,
falsafiy, tarixiy, fiqhiy masalalar, muammolar yanada mufassal va teranroq
yoritib berilgan. Aslida «Kimyoi saodat» ana shu «Ihya’»ning muhtasar shaklidir.
Vohid - yakka-yagona.
Qahhor - yomonlarga qahrli.
Rahim - mehribon, rahmdil.
Sattor - kichik ayblar va gunohlarni yopuvchi va katta gunohlardan to‘suvchi.
Zul-jalol val-ikrom - buyuklik, ulug‘liq, izzat-ikrom egasi.
Xon - dasturxon.
Bahshish - hadya.
Komronlar - yaxshi maqsadga, murodiga yetganlar.
Sahob - bulut, suv beruvchi.
Nayson - bahor yomg‘iri.
Kufri islom - dinsizlar yoki mushrik - «ko‘p xudolilar».
Od qavmi - Qur’oni karimda aytilgan, kibru-havoga berilgan, o‘zini ulug‘lovchi xalq.
Bi-n-nabiyi olihil-imjod - nabiy va oilasi hurmati uchun ijodiy ilhom so‘rash.
Salavat va tahiyyoti benihoyat ... - payg‘ambarga, oilasiga, sahobalar hurmatiga
o‘qiladigan duo.
Rusul - rasullar.
«Kuntu nabiyan...» - payg‘ambar bo‘lding, degan ilohiy hitob.
Qurbi ilohiy - Haqqa yaqinlik.
Bahri fasohat - shirin so‘zli, go‘zal so‘zlar dengizi.
«Jilvagaridur bu to‘qqiz osmon...» va keyingi so‘zlar - Muhammad payg‘ambarning
me’roj kechasi barcha osmonlardan o‘tib, birinchi osmon - Arshi A’loga ko‘tarilgani
haqida.
Fuzalo - fozillar, fazilatli insonlar.
Zurafo - zarif, nozik ma’nolarni aytuvchilar.
Imoshunoslar - nozik ma’nolarni ochiq aytmay, go‘zal imo-ishoralar bilan
bildiruvchilar.
Zehni mustaqim - Xotirasi ravshan va mustahkam.
Fuzalolar sulukida bulfuzullik ila ma’yub - so‘z o‘yini: fazilatli insonlar orasida
tentakligi bilan aybdor.
Xitobi mustatob - ravshan va haqiqiy murojaat.
Amali solih xusulin jam’ qilmoq - yaxshi, hayrli, savob ishlarning hosilini yig‘moq.
Jamoli barkamol - eng mukammal go‘zallik - Xudoning jamoli.
Haqoyiq - haqiqatlar.
Daqoyiq - daqiq, nozik, nafis, chuqur ma’noli so‘zlar.
Bodiya - cho‘l.
Zoviya - jarlik.
Rohi rost - haq yo‘l.
Zillat, zalolat - xatolar, yanglishuvlar.
Talab dashti - azizlarning tariqati - hayot yo‘lida ma’rifat va haqiqatga yetishning
mashaqqatli yo‘li.
Ta’b zulmati - ichqoralik, dilhirali
Mag‘firat - G’afur (kechiruvchi, Alloh) tomonidan gunoh - kechiril ishi.
Da’voi botil - yolg‘on da’vo.
Zalolat zillati - xato, yanglishuvlar og‘irligi.
Lama’ot anvari - ma’rifat yog‘dusining nurlari.
Sahih - chin, haqiqiy.
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |
|
|