Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
222
bo‘lmadi.» Abdulloh ibn Mas’ud bu kishining noroziligini rasulullohga yetkazdi. Rasul 
alayhissalom g‘azabnok bo‘lib, chehralari qizardi. Aytdilarki: «Haq taolo birodarim 
Muso alayhissalomga rahm qilsunki, bundan ilgari qavmlari anga chunon ranj, ozor 
yetkurdilar, ul sabr qildi», - dedilar. 
Bas, podshoq va amirlarga pand-nasihatlardan muncha axbor (hadis) va hikoyatlar 
kifoyatdurki, agar iymonlari bo‘lsa, ta’sir qilur. Va agar (shuncha pand-nasihatlar) ta’sir 
qilmasa, ularda iymon yo‘kligining alomatidur. Bas, so‘zda mo‘‘min va ko‘ngilda iymondan 
judo, dunyoga mag‘rur mutasaddiylar har yili necha ming dirham haromdan olurlar va ani 
boshqalarga berurlar, o‘zlariga zomin bo‘lurpar va qiyomat kuni barcha ishlarining javobini 
talab qilurlar va oxiratda manfaatni o‘zgalar (ra’iyatparvar, kamtarin, adolatli 
mutasaddiylar) ko‘rurlar. Va bu mutakabbirlarning qilmishi nihoyati beaqllikdur. Vallohi 
a’lam. 
LUG’AT, IZOH VA SHARHLAR 
Tahsil - ilm, ma’rifat hosil qilish.
Takmil ilmini kamolga yetkazish. 
Zuhdu inqito tariqi - Alisher Navoiy tilida ma’nosi: Dunyoning o‘tkinchi tashvishlarini, 
mol-dunyo, mansab, hashamatni tark etib, odamlardan uzoqlashib, hilvatda yashash. 
Ismoiliya - islom dinidagi shia mazhablaridan biri, hazrat Ali avlodlaridan Ja’far 
Sodiqning o‘g‘li Muso al-Kozimni (799 yil vafot etgan), ba’zi guruhlar Ja’far Sodiqning 
boshqa o‘g‘li Ismoilni butun dunyo musulmonlarining yettinchi imomi deb, ont ichib. 
qo‘l berganlar. Imom Ismoil otasi Ja’far Sodiq hayotligida vafot etgach (762 yil), 
shialar Ismoilning o‘g‘li Muhammadni yettinchi imom (ya’ni, Muhammad ibn Ismoil) 
yashirin ravishda qaytib, yana o‘rnini oladi, al-Qoim bo‘ladi, degan g‘oyani ilgari 
suradilar. Ismoiliya tarafdorlari siyosiy va harbiy jihatdan kuchayib, botiniylar, 
fotimiylar, qaromita-qarmatiylar degan nomlar bilan Misr fotimiylar xalifaligi 
davlatini tuzdilar va Janubiy Iroq, Xuroson, Xuziston, Bahoayn, Yaman, Suriya va 
Mag‘ribda (Marokash va boshqa) kuchli ta’sir doirasiga ega bo‘ldilar. XP-XSh asrlarda 
Misrda axli sunna val-jamoa tarafdor bo‘lgan mamluklar (Najmiddin va Salohiddin Ayyub 
va avlodilari) davlati tuzilgach, ismokliya qavmlari Erondagi Olamo‘t (Alamavt) tog‘ida 
yashirin davlat tuzib (boshlig‘i imom Hasan Sabboh), halqaro terror bilan 
shug‘ullandklar. 
Abu Homid Muhammad G’azzoliy bularga qarshi «Fazoyihi botiniya» asarini yozib, 
ularning qarashlarini keskin tanqid qilgan. 
Moddiyunlar - ilohiylikni, ruhoniyat, ruhiy olam qudrati va ajoyibotlarini, ruhning 
abadiyligini, oxiratni, qiyomatni, do‘zah va jannatni inkor etib, faqat moddiy hayot bor, 
jonzotlar o‘lgandan so‘ng ruh yo‘qoladi deb, faqat moddani tan oluvchilar (lotincha 
materialistlar). 
Ulum - turli ilmlar. 
Furu’ - asl, butun, yahlitning ayrim juz’lari, qismlari. 
Al-Misoq (aniqrog‘i Yavm al-Misoq) - Tangri Odam ato va Momo Havoni yaratgach 
kelgusida, to qiyomatgacha tug‘ilib - yashaydigan odamlarning ruhlarini bir joyga 
yig‘ib, ularning halol, pok yashash haqida axdlarini va’dalarini Oltach, ularga jismoniy 
jon ato qilgan. (Nosiruddin Rabg‘uziy «Qisas-ul anbiyo»). 
«Muztazhiriyya» - Abu Homid Muhammad G’azzoliyning «Fazoyihi botiniya» 
(«Botiniylarning rasvoliklari») asari xalifa al-Muztazhir taklifi, iltimosi bilan yozilgani 
uchun shunday nom bilan ham ataladi. 
Abu Homid Muhammad G’azzoliyning «Ihya’ al-ulum ad-din» («Diniy ilmlarni 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin