Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
209
Oysha roziyallohu anho rivoyat qilurlar: «Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Xudoi 
taolo bir shaharning xalqini hammasiga azob yubordiki, ul shaharda o‘n sakkiz min! 
kishi bor edi. Ularning toat va ibodati payg‘ambarlar toat va ibodatlaridek edi. Sahobalar 
aytdilarki: «Yo rasululloh, solihlarg‘a nima uchun azob bo‘ldi?!» Rasul alayhissalom 
aytdilarki, «Fosiqlarga ihtisob (hisob so‘roq) qilmadilar, va ularni Xudo yo‘lida 
dushman tutmadilar». Abu Ubaydai Jarroh roziyallohu anhu aytur, hazrati rasuli 
alayhissalomdan so‘radilarki, shaqidlardan fozilroq kimdur? Rasul alayhissalom aytdilar: 
«Kim zolim podshohni qilur zulmidin man’ qilsa va podshohani o‘ldirsa hamma shuhadodan 
(shahidlardan) ul fozilroqdur va agar o‘ldirmasa, harchand uzoq-uzoq umr ko‘rsa, 
nomai a’molig‘a gunoh bitilmas. Xabarda kelibdurki, Haq taolo Yusha’ bin Nuh 
alayhissalomg‘a vahiy yubordikim: «Sening qavmingdan yuz ming kishini halok 
qilurmanki, sakson minggi nekukor (yaxshi, solih ishlar qiluvchilar)lardan va yigirma 
minggi badkorlardan. Yusha’ alayhissalom aytdiki: «Ey, bor Xudoyo, solihlarni nima uchun 
halok qilursen? Haq taolo aytdi: «Bu jihatdanki, fosiklarni tergamadilar. Ular birla yemak 
ichmak va muomala qilmoqdin xazar qilmadilar». 
FASL
Ihtisob bermak shartlari 
Bilgilki, ihtisob (hisob, so‘roq qilmoq) hamma musulmonlarga vojibdur. Bas, 
ixtisob ilmini va shartlarini bilmak vsjibdurki, inson buning ham farzini, shartlarini yaxshi 
bilmasa, tanimasa, uni ado qilmoq mumkin emasdur. Ihtisobning to‘rt rukni bordur. Biri 
- muhtasib (shariatga xilof ishlarni tekshiruvchi). Ikkinchi - qaysi kishig‘a ixtisob 
bermak. Uchinchi - qandog‘ gunohga ixtisob lozim. To‘rtinchi - na tariqada ihtisob 
qilmoq kerak. Avvalgi rukn - Muhtasib kim? Muhtasiblikning sharti musulmonlarga vakil 
(mas’ul) bo‘lmoqdur, islom haqqini ado qilmoqdur. Bas, har kishi ahli islomdur, 
muhtasibga o‘xshashdur. Ulamolar ixtilof qilibdurlarki, muhtasib bo‘lmoqg‘a podshohning 
ruxsati va adolatli bo‘lmog‘i shartdur. Mani nazdimda durustrog‘i uldurki, bu ikkisi shart 
emas. Ammo adolat va porsoliq nechuk shartdurki, gunoh qilmagan hech kishi yo‘qdur. 
Sa’id bin Jubayr roziyallohu anhu ayturki, agar muhtasib bo‘lmoqg‘a porsoliq shart 
bo‘lsa, muhtasib bo‘lmoqg‘a hech kishi yaramas, gunoh qilmag‘on kishi yo‘qtur. Bas, bu 
mas’alada insof, adolat shu bo‘lurki, ihtisob ikki tariqadur: biri pand va nasihat qilmoq. Bu 
ishni fosiq dadamga topshirib bo‘lmaski, xalq ani masxara tutib kularlar, va’zning ravnaqi va 
sha’ri sharif hashamatlari botil bo‘lur. Ushbu sababdin fosiq olimlarning nasihati xalqga 
ziyon qilur, gunohkor bo‘lurlar. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ul kechaki, 
mani me’rojga eltgilar, qavmni ko‘rdumki, lablarini tirnoutri birla (yulib) tashlarlar. 
So‘radimki, «Sizlar nechuk toifasizlar? Aytdilarki: bizlar xalqni toat va ibodatga chaqirib, 
o‘zimiz ibodat qilmag‘on va xalqni gunohdin man’ qilg‘on, o‘zimiz gunoxdin qo‘l 
yig‘magandurmiz». 
Iso alayhissalomga vahiy keldikim, «Ey, Maryamning o‘g‘li, avval o‘zingga pand bergil! 
Nasihatni o‘z nafsing qabul qilsa, andin keyin o‘zgalarga pand bergil va mendin sharm 
tutg‘il?» 
Va ihtisobning yana bir nav’i so‘z birla va qahr birla ihtisob qilmoqdur. Chunonchi chag‘irni 
ko‘rsa to‘kmak va fisqu-fasodni qasd qilg‘uvchini qahr birla man’ qilmoq - fosiqlarni bu 
nav’ ixtisob qilmoq ravodurki, har kishig‘a ikki vojibdur. Biri o‘zi gunoh qilmaslik, yana 
biri, o‘zgalarni ham gunoh qilgani qo‘ymaslik. Ammo ikkinchi shart, sultonning 
ijozatnoma bermoqligi shart emasdurki, buzurglar podshoxlar va xalifalarg‘a ihtisob 
qilibdurlarki, hikoyati uzoqdur. Bu mas’alalarning haqiqati ihtisob darajalarini tanimoq 
birla bo‘lurki, to‘rt darajadur: 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin