www.ziyouz.com кутубхонаси
82
FASL Tahoratning tabaqalari bayonida Bu tahorat zohiran to‘rt qism tahoratning so‘nggi martabasidur, ammo fazl darajagi
bisyor ulug‘dur.Va lekin tahoratning shartlarini bajo keltirishda odam vasvasa va isrofga
yetsa makruhdurki,gunohkor bo‘lg‘usidur. Ul ehtiyotlarki, tahorat olmoqda
so‘fiylarning odatidur. Andog‘ki, egni va oyoqlarig‘a tahorat suvi sachratmoqdan ehtiyot
bo‘lmoq va mubolag‘a birla pok suv talab qilmoq, oftobani bo‘lak kishiga tahorat Oltali
bermaslik,bu ehtiyotlar hammasi xo‘bdir. Ulamolar, bu ehtiyotlarni qilmaslar.
Ulamolar so‘fiylarga e’tiroz qilmog‘i, so‘fiylarning ulamolarg‘a e’tiroz qilmog‘i joiz
emasdur. Bu ehtiyotlar xo‘bdur. Va lekin olti shart lozimdur:
Avvalgi shart ulki, masalan, odam ehtiyotga mashg‘ul bo‘lg‘on sababli undin afzal
va xo‘broq yana bir ishdan mahrum qolsa, chunonchi kimdir ilm o‘rganmakka
mashg‘ul bo‘lsa va yo Haq taoloning zikrig‘a mashg‘ul bo‘lub,andin kashf hosil qilsa
va yo kasbig‘a mashg‘ul bo‘lsaki, o‘zining vaqti oson kechib,xalqdan hojat tilamakdin
mustag‘niy (ehtiyojsiz) bo‘lsa, bu tariqa kishilarga ehtiyot lozim ermasdur,chunki
qilur amallari tahoratda ehtiyotdan muhimroqdur. Ushbu sababli sahoba
roziyollohu anhum ajma’iyn hargiz tahorat olmoqda bu nav’ ehtiyotlarg‘a mashg‘ul
bo‘lmas edilar.Chunki sahobalar jihodga yo ilm talab qilmoqg‘a va yo kasbu hunarg‘a
mashg‘ul bo‘lur edilarkim, tahorat ehtiyotlaridin bu muhimroqdur.
Bas,sahobalar gohi oyoq yalang yo‘l yurur edilar. Va tufroq uzra o‘lturar edilar. Va
taom yeb o‘turgan holatda oyoqlarini ushlar edilar. Va chahorpolar - to‘rt oyoqli
hayvonlar terisidin hazar qilmas edilar. Badan va jomani pok tutmakdan ko‘ra jihodlari
ziyoda erdi. Agar kishi bu sifat birla bo‘lsa,so‘fiylar bu tariqag‘a e’tiroz qilmaslar.Va agar
dangasalik, tanballikdan bu ehtiyotni qo‘ldan bersalar e’tiroz qilish o‘rinliki, aslida
ehtiyot qilmoq qilmaslikdan fozilrokdur.
Ikkinchi shart: O’zini riyo va ruunatlik (nodondan) saqlagay. Har kishi tahoratda
bu mazkur bo‘lg‘on ehtiyotlarni bajo keltirubdur, boshidin ayog‘i munodiy qilurki,
men porsodurmen, o‘zumni bu tariqa pok tutarmen deb shuhrat topmog‘ini xohish
qilur. Agar yalangoyoq yursa va yo bo‘lak kishining oftobasida tahorat qilsa,
shuhratimga shikast bo‘lurmikin deb qo‘rqar. Bu ishlardan o‘zini azmoyish qilib,
yalangoyog‘ yurgay. Va o‘zga ehtiyotlarni ham ba’zida tark qilg‘ay. Agar xalq orasida bu
ehtiyotlarni qilmakni nafsi xohish qilsa, bilg‘aykim, riyo ofati ul kishig‘a yo‘l topibdur.
Bas, bu kishig‘a vojibdurkim, ehtiyotlarini tark qilib, ruxsat tariqini lozim tutg‘aykim, riyo
haromdur. Va ehtiyot sunnatdur. Bas, haromdan parhez uchun sunnatni farz bilmoq
vojibdur.
Uchinchi shart. Goh-goh ruxsat tariqini o‘zig‘a lozim tugg‘ay. Va o‘ziga farz qilmag‘ay.
Chunonchi hazrati rasuli akram(s.a.v.) bir kofirning oftobasida tahorat qildilar. Umar
raziyallohu anhu bir bevaning ko‘zasidin suv olib tahorat qildilar. Va sahobalar aksar holda
tufroq uzra namoz o‘qur edilar. Tufroq uza uxlamoqni yaxshi ko‘rar edilar. Bas, sahoba
roziyallohu anhum noshoyista ishlarni hargiz qilmasdilar. Va bu ehtiyotlarni qilmoqdan nafs
o‘zini sharofatlig‘ ko‘rsa, lozimdurki, ul ehtiyotlarni tark qilg‘ay.
To‘rtinchi shart. Har ehtiyotki, andin bir musulmonning ko‘ngliga ozor yetsa, ul
ehtiyotni tark qilgayki, xalqning ko‘nglini og‘ritmoq gunohdur. Ehtiyotni tark qilmoq
gunoh emas. Chunonchi birov qo‘l berib va quchoqlashib ko‘rishishni xohlasa, ul
kishining qo‘li va yuzi terlik bo‘lsa, terdin ehtiyot qilmoq uchun o‘zini yiroq qilmoq
haromdur. Balki shikastalik, kamtarinlik bilan o‘zini yaqin tutib, bir musulmonning
ko‘nglini xush qilmoq yuz ming ehtiyotdin muborak va afzaldur. Chunonchi agar kimdir
ehtiyot qilg‘uvchining sajjodasiga (joynamozig‘a) ayog‘ qo‘ysa va yo oftobasida tahorat qilsa