www.ziyouz.com кутубхонаси
80
yo musulmonning saxovatidin yetar. Harom izlamakka va yo podshohi zolimdin bir
nimarsa izlamakka hojat bo‘lmas. Bu toifaga ilm talab qilmoq dunyo va oxiratning
hamma ishlaridin yaxshiroqdur.
To‘rtinchi bir odati ilm talab qilur, ammo kifoyat qilg‘uncha dunyoligi yo‘q. Va ilm talab
qilmokdan maqsadi dunyo topmoq bo‘lur. Bas, podshohlar va zolimlar eshigida xorlik va
mazallat birla dunyo talabida yurur. Va har kishikim, ilm o‘rganmakdin maqsudi molu joh
topmoq bo‘lsa, ul kishiga avloroq bukim, farzi aynni o‘rgangandan keyin kasb va
hunarga mashg‘ul bo‘lsin. Bu tariqa kishi olimning shaytoni hisoblanur. Va bisyor (ko‘p)
xalq bularning orqasidan ergashib gumroh bo‘lurlar. Olimki, ilmi fasoddin kamroqdur,
kamroq bo‘lg‘oni behroq(yaxshiroq)dur. Bas, dunyoni ilm birla emas, dunyo ishi birla
talab qilg‘aysen. Va agar kishi aytsakim, ilm dunyodan yondurub (qaytarib) Haq taolo
tarafig‘a tortadur desa rost aytadur.
Ya’ni: «Ilmni xudo yo‘lida o‘rganmaduk. Va lekin ilm bizlarni Xudo tarafig‘a tortdi».
Javob uldurki, bu ilmdan murod: kitobi sunnat, oyat va ahodisdurkim, asrori rohi
oxirat va xozini (qo‘riqchi, posbon) shariatdurkim, ul toifani Xudo tarafig‘a jazb
qilur (tortur). Ammo ul ilmki, ba’zilar bu zamonda o‘qurlar, xilofi mazhab va
muxolifi qisasdur (mazhab va qissalarga ziddur),
Va ba’zi muallimlarkim, bu zamonda bordur, ilmlardan dom (tuzoq) qilurlar. Bular birla
aralashmaslik va ilm O’rganmak dunyodin ko‘ngilni sovutmas. Ammo olim salox va taqvo
birla orasta bo‘lub, ulamo salaf (ilgari o‘tgan olimlar) rahimahumullohning tariqalarini
mahkam tutub, dars aytmoqqa mashg‘ul bo‘lsa va xalqni mag‘rur bo‘lmoqdin saqlasa, bu
nav’ olimlar suhbatida bo‘lmoq va jamolini ko‘rmoq foydalidur, toki ulardan ilm o‘rganmak
mislsiz daraja foydadi va yaxshidur. Bu n a v ’ ulamolardin ilm o‘rganmak hamma
amallardin xo‘broqdur. Ilmning sudmandi(foyda ko‘ruvchisi) uldurki dunyoni
haqirlig‘ini (arzimasligini) bildurgay. Va oxiratning azob va rohatini ham
anglatg‘ay. Oxiratdan yuz o‘gurub, dunyog‘a mag‘rur bo‘lg‘onlarning jahl va
hamoqatini (ahmoqligini) oshkora qilg‘ay. Kibr va hasad, ujb (manmanlik,
xudbinlik, shuhratparastlik) va riyo va hirs va havasning ofati va shumlig‘ini
bildirg‘ay. Bas, bu nav’ ilm dunyoi hirsdin xalos bo‘lmoqg‘a, tashnag‘a suv
misllik, bemorg‘a doru bermoqqa o‘xshashdur.
Ammo ilmi fiqxdan va ilmi kalom va ilmi odob va sunnatdan o‘zgaga mashg‘ul bo‘lganlar
bemorg‘a o‘xshashdurkim, sog‘ligi uchun foydali taomlarni yemasdan, o‘zi havas qilgan
taomlarni yeyishga qiziqar. Holbuki, iymonni sof, toza saqlash uchun zarur bo‘lgan
ilmlarni bilish barcha insonlarga baxt-saodat keltiradi. Vallohu a’lam.