www.ziyouz.com кутубхонаси
77
martabasi bo‘lib, Haq taolo bandalarini ul martabada xalq qilmasa yo ojizlik lozim kelur
va yo baxillik lozim kelur.Bu ikki sifat Haq taoloda bo‘lmag‘aydur. Bas, Haq taolo bor
bandalarig‘a har nimarsaiki-ranj, bemorlik, darveshlig‘, jaxl va ojizliqni xalq qilibdur
(beribdur), hammasi adldur. Va Haq taolodin zulm mumkin ermasdur. Zulm ul bo‘lurkim,
g‘ayrning mamlakatig‘a nohaq tasarruf qilsa. Hamma olam Xudoi taoloning mulkidur.
Va har nimarsaiki, bordur, bo‘lg‘usidur, hammasi Haq taoloning maxluqidur va
bandasidur. Va Haq taolo podshohi beandoza va behamtodur.
Bilgilki, olam ikki jinsdan iboratdur.Olami ajsom (jismlar) va olami arvoh
(ruhlar). Olami ajsom ushbu olamdurkim, ruhi odamiyning manzilgohi
qilibdurlar.
Va har kishig‘a bu olamda bo‘lmoqg‘a muddate ta’yin qilibdurlar. Vaqtiki, ajal yetib, hayot
muddati tamom bo‘lsa, ruhni olib hisob berishga elturlar.
Qiyomatkim, hisob va mukofot kunidur, jonni badang‘a omoda qilib, hamma
mavjudotni hashrgohg‘a keltirurlar. Va har kishining qilg‘on amalini nomai a’molida
ko‘rarlar. Va
hamma qilmishlarini yodig‘a keltirurlar. Toat va ma’siyat miqdorini tarozuga solib,
bildirurlar. Andin keyin hamma xaloyiqni sirot ko‘prigiga haydarlar. Ul ko‘pruk
qildin ingichka va qilichdin tezdur (o‘tkirroqdir). Har kishikim bu olamda rohi
shariatda (shariat yo‘lida) sobit va rosih (mustahkam) bo‘libdur, sirot ko‘prigidan
osonlik birla o‘tar. Ul kishikim, Xudo va rasulning yorlig‘in tutmabdur, do‘zax qa’riga
ketar. Va hamma qilmishlaridan so‘rarlar. Sodiqlardin haqiqat (to‘g‘rilig‘ini)
so‘rarlar. Munofiq va riyokorlarga azob uqubatlar qilarlar.Ba’zi guruhni so‘roq qilmay
behisob behishtga yuborurlar, bir guruhni osonliq birla hisob qilurlar. Va hamma
kofirlarni do‘zaxga yuborurlarkim, hargiz xalos bo‘lmaslar. Va musulmonlarni
behishtga (jannatga) va osiylarni do‘zaxga yuborurlar. Va har kishiki, anbiyo va avliyo
va buzurgon (ulug‘lar) - rahimaxullohning shafoatlariga yetibdurlar, ularning gunohini afv
qilurlar. Ul osiylarkim, shafoat topmabdur, alarni do‘zaxga solurlar. Gunohi miqdoricha azob
tortib, oxir behishtga borurlar.