Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

BIRINCHI RUKN IBODAT 
Bu rukn o‘n asldan iborat: 
1. Musulmonchilik e’tiqodini durust qilmoq
2. Ilm talab qilmoq; 
3. Tahorat qilmoq; 
4. Namoz o‘tamoq; 
5. Zakot bermoq; 
6. Ro‘za tutmoq; 
7. Haj qilmoq


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
74
8. Qur’on tilovat qilmoq; 
9. Zikrqilmoq; 
10.Duolar tartibini bilmoq bayonidadur. 
Vaqtiki, musulmonchilik unvonin tanimoqdan forig‘ bo‘lding, o‘z nafsingni, Haq 
taoloning zoti, vojibul vujudini, dunyo va oxiratni taniding, keyin musulmonchilik 
muomalasi ruknlariga mashg‘ul bo‘lg‘il. Shu jumladan, ma’lum bo‘ldiki, odamning 
saodati Haq taoloni tanimoq va anga bandachilik qilmoqdadur. Bas,asli ma’rifat bu 
to‘rt unvon, to‘rt rukn birla hosil bo‘lg‘usidur. 
Avvalgi rukn: o‘zingni Haq taologa ibodat birla orasta tutg‘aysan. Bu ruknni Ibodat 
atarlar. 
Ikkinchi rukn: tirikchilik, xalqchilik, harakat va sukunat, balki hamma ahvolingni odob 
va sunnatg‘a muvofiq tutg‘aysen. Bu ruknni Muomalot atarlar. 
Uchinchi rukn: o‘zingni yomon xulkugardan pok qilg‘aysen. Bu ruknni Muxlikot (halok 
etuvchi fe’llar) deb atarlar. 
To‘rtinchi rukn: o‘zingni sifoti maxmuda (yaxshi,ma’qul sifat, fe’llar) birla orasta 
qilg‘aysan. Bu ruknni munjiyot (najotga eltuvchi, go‘zal xislatlar) deb atarlar, bu rukn birla 
dil imoratini ta’mir qilg‘aysan. 
Avvalgi asl.
Ahli sunna val jamoa e’tiqodlari 
Bilg‘ilki, har kishi musulmon bo‘libdur, eng avval kalimai tayyiba: «Lo iloha ilallohu 
Muhammadu -r-rasululloh» kalimasin tilida aytgay va dilida ham ma’nosini fahmlab, 
Haq taolodan o‘zga hech topinishga loyiq ma’bud yo‘q ekaniga va hazrati 
Muhammad Mustafo s.a.v. Haq taoloning payg‘ambari ekaniga ko‘nglida tasdiq qilg‘ay. 
Hech shak va shubhaga yo‘l bermag‘ay.Asli musulmonchilikda bu tariqa iqror va 
tasdiq kifoyadir. Xudoi taoloning yagonaligini va hazrati Mustafo s.a.v.ning barhaq 
payg‘ambarligini dalil va burxon birla bilmak hamma musulmonlarga farzi ayn 
emasdur. Negaki on hazrat s.a.v. arab xalqini iymonga da’vat qildilar, (ularni) Haq 
taoloning yagonaligini dalil, hujjat va daf’i shubhatga (shubhani dalil bilan yo‘qotishga) 
farmon qilmadilar. Balki, iqrori bilisoni (til birla) va tasdiqi bil-qalbga kifoya qilur 
edilar. Musulmonlar darajasi mundin ziyoda emasdur (ularga shuning o‘zi yetarlikdur). 
Ammo lozimdurki, musulmonlar orasida toifai ulamolar bo‘lg‘ayki, ilmi aqoidani dalillari 
birla bilg‘ay. Toki omiylar e’tiqodida shubha voqe’ bo‘lsa, shubhani dalil birla daf’ 
qilg‘aylar.Va buni ilmi kalom atarlar. Bu ilmi kalomni bilmak farzi kifoyadurkim, har 
shaharda ilmi kalom biladurg‘on olimlardan ikki-uch kishi bo‘lg‘ay. Bas, ilmi kalom 
ulamolari mazhab va millatning podshohi misllikdurki, musulmonlar vujudi shahristonidagi 
aqida muxoliflarini badarg‘a qilib quvarlar. 
Ammo ma’rifat haqiqati boshqacha yo‘ldurki,bu ikki maqomdan o‘zgadur va aning 
muqaddimasi riyozat (mashaqqat chekish)dur. To kishi riyozat va mujohadani kamoliga 
yetkazmaguncha, bu darajaga yetolmas. Va ma’rifat da’vosini qilmoqpigi bilan muslim 
bo‘lmas. 
Muning misoli ul kishining holiga o‘xsharkim, parhez tutmay doru ichgay. Bunday 
kishi xavfu-halokdadur. Bu dorularning me’da xiltlariga aralashuvi birla (dori ham) 
xiltlar sifatida bo‘lur. (Bunday dorudin) shifolik bo‘lmas, balki kasali ziyoda bo‘lur. 
Bas, har (qanday) kishi ma’rifat haqiqatini talab qilolmas, magar ul kishikim, 
dunyoning hech aloyiqi (bordi-keldisi) bo‘lmasa, Haq subhonahu va taoloning 
talabi va amri farmoniga amal qilishdan o‘zga hech narsaga mashg‘ul bo‘lmasa 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin